Azizaxon Rasulova


-ga , chegara bildiruvchi  -gacha



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Azizaxon Rasulova

-ga
, chegara bildiruvchi 
-gacha,
ravishdosh shaklini yasovchi 
-gach, -guncha, -gani, -gudek
, sifatdosh 
shaklini yasovchi 
-gan
, buyruq maylining ikkinchi shaxs ko‘rsatkichi


87 
-gin
, shuningdek 
-gina
qo‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday 
yoziladi: 
a) 
k
undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu 
qo‘shimchalarning bosh tovushi 
k
aytiladi va shunday yoziladi: 
tokka, 
yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, 
ekkin, kichikkina 
kabi; 
6) 
q
undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu 
qo‘shimchalarning bosh tovushi 
q
aytiladi va shunday yoziladi: 
chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, 
achchiqqina
kabi; 
v) qolgan barcha hollarda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va 
bu qo‘shimchalarning bosh tovushi 
k
yoki 
q
aytilishidan qat’i nazar, 

yoziladi: 
bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha
kabi. 
Qo‘shib yozish 
38. 
Xona, nota, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, 
mijoz, sifat, talab
kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va 
qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: 
qabulxona, tabriknoma, taklifnoma
bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, 
bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab
kabi. 
39. 
-(a)r
(inkor shakli 
-mas
) qo‘shimchasi bilan tugaydigan 
qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: 
o‘rinbosar, otboqar, 
cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas 
kabi. 
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va 
fe’llar qo‘shib yoziladi: 
pirpirak
(
pir-pir+ak
), 
bizbizak
(
biz-biz+ak
), 
hayhayla
(
hay-hay+la
), 
gijgijla
(
gij-gij+la
) kabi. 
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), 
o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib 
yoziladi: 
karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, 
bodomqovoq, qirg‘iyko‘z
kabi. 


88 
42. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi 
belgilari asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
olaqarg‘a, 
qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq
kabi. 
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini 
bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
kirsovun, qiymataxta, 
tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq, ko‘zoynak
kabi. 
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar 
qo‘shib yoziladi: 
tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul
kabi. 
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib 
yoziladi: 
kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon
kabi. 
46. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga 
kelgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi
kabi. 
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki 
obod
so‘zi bilan 
ifodalangan joy nomlari qo‘shib yoziladi: 
Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, 
Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod
kabi. Lekin 
ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: 
O‘rta 
Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq
kabi. 
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish 
yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
kinoteatr, 
radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika; teleko‘rsatuv, yarimavtomat, 
bayramoldi, suvosti 
kabi. 
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalar qo‘shib yoziladi: 
SamDU, ToshDUning
kabi. Lekin 
yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: 
O‘zXDP MK 
(O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi)
kabi. 
50. Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday 
holat harfni takror yozish bilan ko‘rsatiladi: 
yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff
kabi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə