Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Azizaxon Rasulova

n
tovushi ba’zan 
m
aytilsa ham, 
n
yoziladi. 
23. 
G g
harfi: 
gul, go‘zal; ega, gugurt; teg, eg
kabi so‘zlarda til oldi 
jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
24. 
K k
harfi 
ko‘l, ko‘ylak; uka, moki; tok, bilak
kabi so‘zlarda til 
orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
25. 
Y y
harfi 
yo‘l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, 
tayyor; soy, tuy 
kabi so‘zlarda til o‘rta sirg‘aluvchi undoshni ifodalash 
uchun yoziladi. 
26. 
Ng ng
harflar birikmasi 
yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, 
bordingiz; tong, ming, teng
kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun 
tovushini ifodalash uchun yoziladi. 
27. 
Q q
harfi 
qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql
kabi so‘zlarda chuqur til 
orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi 
28. 
G‘ g‘
harfi 
g‘oz, bag‘ir, tog‘
kabi so‘zlarda chuqur til orqa 
jarangli sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
29. 
X x
harfi 
xabar, xo‘roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix
kabi 
so‘zlarda chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun 
yoziladi. 
30. 
H h
harfi 
hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh
kabi so‘zlarda 
jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshini ifodalash uchun yoziladi. 
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi: 
1)
baland, Samarqand, poyezd; do‘st, past, artist, g‘isht
kabi 
so‘zlarda 
d, t
tovushi ba’zan aytilmasa ham, yoziladi; 
2)
metall, kilogramm, kilovatt, kongress
kabi o‘zlashma so‘zlar 
oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so‘zga 
xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qo‘shilsa, so‘z oxiridagi bir 


84 
harf yozilmaydi: 
metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi
kabi. 
32. 

— tutuq belgisi: 
1) 
a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, 
me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la
kabi o‘zlashma so‘zlarda 
unlidan keyin shu unli tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun 
qo‘yiladi; 
mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar
kabi so‘zlarda 
o‘
unlisi 
cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi; 
2) 
in’om, san’at, qat’iy, mas’ul
kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan 
oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash 
uchun qo‘yiladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə