Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Azizaxon Rasulova

Bosh harflar imlosi 
66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti 
bosh harf bilan boshlanadi: 
Dilbar, O‘rinova, Muhabbat Majidovna
Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, 
Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov
kabi. 
67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: 
Andijon, Yangiyo‘l 
(shaharlar),
Naymancha, Buloqboshi 
(qishloqlar),
Bodomzor, Chig‘atoy 
(mahallalar),
 Zavraq 
(dara),
 Yarqoq 
(yaylov),
 Qoratog‘, Pomir 
(tog‘lar),
 
Oqtepa, Uchtepa 
(tepalar),
Zarafshon, Sirdaryo 
(daryolar),
Yoyilma
(kanal);
Turkiya, Hindiston 
(mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot 
tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: 
Shimoliy Kavkaz, 
Markaziy Qizilqum 
kabi. 
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti 
bosh harf bilan boshlanadi: 
Hulkar, Qavs, Mirrix 
(yulduz va sayyoralar 
nomi),
Tinchlik dengizi 
(Oydagi relyef nomi) kabi. 
Yer, quyosh, oy
turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib kelgandagina bosh harf bilan 
yoziladi: 
Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi

69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at 
asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport 
vositalari, sport inshootlariga qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan 
boshlanadi: 
“Tong”
(mehmonxona), 
“Saodat”
(firma), 
“Navro‘z”
(xayriya jamg‘armasi), 
“Kamalak”
(matbaa birlashmasi), 
“G‘uncha”
(bog‘cha), 
“Botanika”
(sanatoriy), 
“Paxtakor”
(stadion), 
“Qutlug‘ 


92 
qon” 
(roman), 
“Dilorom”
(opera), 
“Tanovar”
(kuy), 
“Ozodlik”
(haykal), 
“Jasorat”
(yodgorlik), 
“Sino”
(sovutgich) kabi. 
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi 
birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: 
Mustaqillik kuni, Xotira kuni, 
Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami 
kabi. 
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, 
xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan 
boshlanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab 
Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik 
Kengashi
kabi. 
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi 
so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: 
Bosh vazirning o‘rinbosari, 
Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish 
demokratik partiyasi
kabi. 
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi 
birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: 
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan 
va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti
kabi. 
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z 
bosh harf bilan boshlanadi: 
“O‘zbekiston Qahramoni”
(unvon), 
“Oltin 
Yulduz”
(medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar 
nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: 
“Sog‘lom avlod 
uchun”
(orden), 
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” 
(faxriy 
unvon), 
“Matbaa a’lochisi”
(nishon) kabi. 
73. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi. 
Yer tagidan 
Muqaddasga bir qarab oldim 
(O. Yoqubov). 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə