Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Azizaxon Rasulova

Eslatma: 
1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi 
(agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi: 
“Bu men”, — 
qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga 
(O.Yoqubov); 


93 
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday 
qismlar oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: 
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash 
vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni: 
— mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-
kirmasligini; 
— ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid 
boshqa materiallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, 
bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi: 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba 
negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘zlar, 2) o‘zbekcha so‘zlar, 3) 
tojik tilidan kirgan so‘zlar, 4) arab tilidan kirgan so‘zlar, 5) rus tilidan 
kirgan so‘zlar 
(“O‘zbek tili” darsligidan) 
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot 
bo‘lmagan ba’zi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: 
AQSh (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi)
kabi. Qisqartma tarkibida 
bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan 
yoziladi: 
ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti)
kabi. 
Ko‘chirish qoidalari 
75. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi 
keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi 
to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-
takor, paxta-kor
kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi. 
va’-
da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om
kabi. 
76. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular 
quyidagicha ko‘chiriladi: 
1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi 
satrda qoldirilmaydi: 
a-badiy 
emas,
 aba-diy, e-shikdan 
emas,
 eshik-dan
kabi; 


94 
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi 
satrga ko‘chirilmaydi: 
mudofa-a
emas, 
mudo-faa, matba-a
emas, 
mat-
baa 
kabi 
77. O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki 
undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi: 
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi 
dia-
gramma, mono-grafiya
kabi; 
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib
qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: 
silin-drik
kabi. 
78. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə