Mavzu: Regulyar ifodalar Mashg’ulot rejasi



Yüklə 485,86 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü485,86 Kb.
#128598
12-ma\'ruza

  1. mavzu: Regulyar ifodalar Mashg’ulot rejasi:


1.Oddiy(regulyar) ifoda sintaksisi. 2.Qolip(shablon)ning birinchi mosligini topish 3.Qolip(shablon) bilan barcha mosliklarni toppish. 4.Satrda almashtirish
Satr turida aniqlangan format() metodi satrlarni formatlash imkonini beradi.

Formatlashda satrda aniqlangan to’ldiruvchilar o’rniga ularning qiymatlarini qo’yish mumkin. Satrda to’ldiruvchilar maxsus “{}” figurali qavslar ichida aniqlanadi.


Parametrlarni nomlash

Formatlanayotgan satrda partametrlarni aniqlash mumkin va ularga format()


metodi ichida qiymat beriladi:

4.3.1-rasm


Bundan tashqari, format() metodida argumentlar satrdagi parametrlar bilan bir xil nom bilan aniqlanishi shart. Shunday qilib, agar parametr birinchi holatda bo'lgani kabi first_name deb ataladigan bo'lsa, unda qiymati tayinlangan argument ham first_name deb nomlanadi.


O’rinlar bo’yicha parametrlar

Parametrlarni nomlashdan tashqari noldan boshlab raqamlash ham mumkin, bu holda format() metodiga parametrlarning faqat qiymatlari uzatiladi va parametrlar kelish tartibi bo’yicha satrga joylashtiriladi:


4.3.2-rasm


Bunday holda parametni satrda bir necha bor foydalanish mumkin:

4.3.3-rasm


O’rin almashtirish


O’rin almashtirish va maxsus to’ldiruvchilar satrga formatli qiymalarni berishning yana bir usuli hisoblanadi. Formatlash uchun quyidagi maxsus to’ldiruvchilardan foydalanishimiz mumkin:



  • s – satr qo’yish uchun;




  • d – butun son qo’yish uchun;




  • f – haqiqiy son qo’yish uchun. Bu tur uchun kasr qismidagi xonalar sonini nutqa orqali berish mumkin.

  • % – 100 ga ko’paytiradi va foiz belgisini qo’shadi; ko’rinishda chiqaradi.

Maxsus to’ldiruvchining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
4.3.4-rasm
sonni eksponentsial

To’diruvchilarga bog’liq ravishda qo’shimcha parametrlar qo’shish mumkin. Masalan, float turidagi son uchun quyidagicha:




4.3.5-rasm




format() metodi chaqirilganda, unga argument sifatida to’ldiruvchi o’rniga yoziladigan qiymatlar beriladi:

4.3.6-rasm




format() natijasi sifatida formatlangan yangi satr qaytadi.


Butun sonlarni formatlash:


4.3.7-rasm


Agar formatlanayotgan son 999 dan katta bo'lsa, sonning raqamlarni guruhlarga ajratish uchun verguldan foydalanamiz:

4.3.8-rasm


Haqiqiy son, yani, float turidagi sonlarning kasr qismidagi xonalar sonini aniq qilib belgilash uchun to’ldiruvchi oldidan, nuqtadan so’ng ularning sonini qo’yishimiz mumkin:


4.3.9-rasm


Yana bir parametr harflardagi formatlangan qiymatning minimal kengligini belgilash imkonini beradi:


4.3.10-rasm


Foizini ko'rsatish uchun "%" kodini ishlatish yaxshiroq:


4.3.11-rasm


Eksponentsial belgilarda raqamni ko'rsatish uchun "e" to’ldirgichi ishlatiladi:

4.3.12-rasm


format() metodisiz formatlash


Umuman olganda, format() metodidan foydalanmasdan ham satrlarni formatlash mumkin:


satr%(paratmetr1, paratmetr 2, paratmetrN)
bu erda formatlarnishi kerak bo’lgan satrda barcha to’ldiruvchilar (% belgili to’ldiruvchi bundan mustasno) figurali qavslarga olinmasdan yoziladi va satrdan keyin % belgisi qo’yiladi, undan so’ng qavs ichida mos argumentlar ketma-ketligi yoziladi. Foiz belgisi to’diruvchilar old qismida ko'rsatiladi:

4.3.13-rasm


Formatlanayotgan satr va argumentlar ro’yxati orasidagi % belgisi – operator vazifasini bajaradi va natija sifatida formatlangan yangi sartni qaytaradi.


Bundan tashqari, raqamlarni formatlash usullari ham qo'llaniladi:

4.3.14-rasm




Nazorat savollari





  1. Pythonda format metodini tushuntiring.

  2. Pythonda format metodisiz qanday qilib matnlarni chop etish mumkinligini tushuntiring.



Adabiyotlar:


  1. Python 3. Самое необходимое / Н. А. Прохоренок, В. А. Дронов. -2-е изд., перераб. и доп. — СПб.: БХВ-Петербург, 2019. — 608 с.: ил. -(Самое необходимое)

  2. Изучаем Python, том 1, 5-е изд.: Пер. с англ. — СПб.: ООО “Диалектика”, 2019. — 832 с. : ил. — Парад, тит. англ.

  3. Изучаем Python, том 2, 5-е изд. : Пер. с англ. — СПб. : ООО “Диалектика”, 2020. — 720 с. : ил. — Парал. тит. англ.

Yüklə 485,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə