B a yonnomasi



Yüklə 0,98 Mb.
tarix31.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#114704
2-maktab kasblar oyligi doirasidan bayonnoma


Yangiobod tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida yuqori sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan yig’ilish
B A YO N N O M A S I .
29.10.2020- yil Puchug’oy qishlog’i.

Yig’ilish raisi M.Yo’ldoshev maktab direktori


Kotib: V.Eshonqulov-maktab amaliyoch psixologi.
Qtnashdilar: Maktabning 9-10-11 sinf o’quvchi qizlari, maktab xotin qizlar qo’mitasi raisi hamda maktab hamshirasi 9-10 -11sinf raxbarlari.

K U N T A R T I B I:
1.Kasb tipiga kiruvchi kasblar professiogrammasini birgalikda tayyorlaymiz va Kasbiy qiziqishlar to’g’risida
________________________________________________________________________
Maktab direktori M.Yo’ldoshev yig’ilishni kirish so’zi bilan ochib, ayni vaqtda davlatimizda O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, Prezidentimizning “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2019 yil
6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga binoan respublikamizda professional ta’limni yanada takomillashtirish masalasida, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlari joriy qilinganligi, ta’lim muassasalari o’quvchi-yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun sharoitlar yaratish hamda qo’llab-quvvatlash, shuningdek, ularning har tomonlama yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishlariga ko’maklashish hamda mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, kelajakda yetuk inson, o’z kasbini ustasi bo’lib ulg’ayishlari uchun kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining samaradorligini ta’minlashdan iboratdir deya to’xtaldi.
Shundan so’ng ma’ruza uchun so’zga chiqqan maktab amaliyotchi psixoligi V.Eshonqulov
Asosiy maqsad - umumiy o’rta ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etish, o’quvchilarda kasbiy bilimlarni va motivatsiyani, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko’nikmalarni shakllantirish.
Vazifalar:
- o’quvchilarni kasblar haqidagi fikrlarini kengaytirish, ularni qobiliyat va imkoniyatlarini amaliyotda qo’llashga o’rgatish;
- o’quvchilarning bilim motivlarini shakllantirish, intellektual va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish hamda ularning kasblar dunyosi haqidagi fikrini kengaytirish;
- o’quvchilarda kasbga nisbatan o’z qobiliyatlarini o’rganishga o’rgatish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni ma’lumotnoma va entsiklopedik adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish;
- o’quvchilarni uzluksiz kasb-hunarga yo’naltirish, psixologik-pedagogik diagnostik metodikalari asosida kasbiy qiziqishi, layoqati, moyilligi va qobiliyatlarini erta yoshdan aniqlash hamda yo’naltirib borish;
- o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda ota-onalarni va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
O’quvchilarning kasblarga bo’lgan qiziqishlari yuqori darajada. Turli xil kasblarni kichik bannerlarga yozib sinf xonaning o’quvchilarga qaratilgan joylarga ilib chiqdim. Trening borishda har bir o’quvchiga oq qog’oz berib chiqdim , qo’l bilan odam shaklini yasash va unga o’zi qiziqqan kasb nomini berishini taklif qildim va qog’ozdan yasalgan odamning oldi tomoniga kasbning ijobiy orqa tomoniga esa salbiy tomonlarini yozishni tushuntirdim o’quvchilar qiziqqanlik bilan odam shaklini chizib unga o’zlari qiziqqan kasb nomini yozib qo’ydilar va har bir o’quvchilardan tanlagan kasbini uning salbiy va ijobiy tomonlarini so’rab chiqdim o’quvchilar juda ko’p va yaxshi fikirlar bildirdilar, Va shu asosida ularning kasblarga bo’lgan qiziqishi va kasb tanlashda adashmaslik kerak ekanligini anglab oldilar.
O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida ,,Istayman’’ ,,Qila olaman’’ ,,Kerak’’ kabi metodikalarni o’tkazdim. Bu metodika yordamida , Kasbni to’g’ri tanlash uchun nima qilish kerak ? nima bilan mashg’ul bo’lishlari , kelajakda kim bo’lishni va qanday yutuqlarga erishish lozimligini yozdilar.

Yig’ilish davomida o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga etarli javoblar olindi.
.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda yig’ilish

Q A R O R Q I L A D I :


1. Maktab direktori M.Yo’ldoshev ma’ro’zasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktab o’quvchilarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni ta’minlash maqsadida turli maktab va maktabdan tashqari to’garaklarga jalb qilish sinf raxbarlari va maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Abdurazzoqovga yuklatilsin.
3.Mazkur yig’ilish bayoni qarori ijrosini ta’minlash maktab amaliyotchi psixologi Eshonqulov V va xotin qizlar qo’mitasi raisi Raxmonberdiyevalarga yuklatilsin.

Bayonnoma tuzuvchi: V.Eshonqulov









Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə