Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Azizaxon Rasulova

Nutqning to‘g‘riligi.
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh 
kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi 
tomonlarning – so‘zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining 
bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri 
bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham 
bo‘lmaydi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi dastlab uning adabiy til 
me’yorlariga muvofiq kelishi hisoblanadi. 
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi asosan ikki me’yorga – urg‘u va 
grammatik me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So‘zlardagi ayrim 
bo‘g‘inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg‘uning 
tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, rus 
tilida urg‘u so‘zlardagi har xil bo‘g‘inlarga tushishi mumkin bo‘lgani 
holda, o‘zbek tilida u, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. So‘zga 
qo‘shimchalar qo‘shila borishi bilan urg‘uning o‘rni ham o‘zgarib 
boraveradi. Masalan: 
uy – uyi* – uyimi*z – uyimizda* – uyimizdagi* – 
uyimizdagila*r – uyimizdagilarda*n 
kabi. Talaffuzda ana shu me’yorni 
saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo ba’zi hollarda so‘zlardagi 
urg‘uning ko‘chishi bilan ma’noning ham o‘zgarib ketishi mumkinligini 
esdan chiqarmasligimiz kerak. O‘zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. 
Masalan, 
olma 
so‘zini olaylik. Bu so‘zni alohida, urg‘usiz olib 


60 
qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini bilish qiyin bo‘ladi. 
Urg‘u esa undagi ma’noning reallashuviga ko‘maklashadi, ya’ni 
o*lma
 
tarzida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushganda harakat, 
olma*
 
tarzida oxirgi 
bo‘g‘inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. 
Tilimizda bunday so‘zlar anchagina: 
qa*tlama – qatlama*, ho*zir – 
hozi*r, yigitcha* – yigi*tcha, o‘quvchi*miz – o‘quvchimi*z, ya*ngi – 
yangi* 
kabi. So‘zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urg‘uni 
noto‘g‘ri qo‘llash so‘zlardagi ma’noning buzilishiga olib keladi. So‘zlar 
talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari 
e’tibor berishlari va boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari lozim. 
Biz hozir urg‘uning so‘zlardagi qaysi bo‘g‘inlarga tushishi bilan 
ma’noning farqlanishi mumkinligini ko‘rdik. Shu holat gaplar doirasida 
ham kuzatiladi. Gap tarkibidagi so‘zlarni alohida urg‘u bilan qo‘llash 
ham gap mazmuni va ottenkasining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Masalan, 
men choy ichdim 
gapida kim ichganligi, nima ichganligi yoki 
nima ish qilinganligi nazarga olinib, gapdagi so‘zlarning har uchalasidan 
biriga urg‘u tushadi: 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə