Azizaxon Rasulova


men  choy ichdim  (boshqa kishi emas) , men  choy



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Azizaxon Rasulova

men
 choy ichdim 
(boshqa kishi emas)
, men 
choy 
ichdim 
(boshqa narsani emas)
, men choy
 
ichdim
 
(ichmadim emas)

Bunday paytlarda mantiqiy urg‘u har bir so‘zdagi ma’noni ta’kidlash 
uchun zarur.
Nutqning aniqligi.
 
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ 
sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til 
omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning 
shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo‘lgan omillarni ham 
nazarda tutish lozim bo‘ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati 
turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi 
mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi 
o‘zidir. 
Boshqacha aytganda, tabiat va jamiyatdagi turli voqea-hodisalar
predmetlar, olamning geografik tuzilishi, kishilarning his-tuyg‘ulari, 
harakat va holatlari har bir tilda o‘z atamasiga – nomiga ega. Ana shu 
atamalar yordamida bu hodisalar inson tomonidan anglanadi, 
tushuniladi, idrok qilinadi va fikr almashinadi. Shuning uchun ham nutq 


61 
oldiga u aniq bo‘lishi kerak deb talab qo‘yilganda til birligi hamda u 
ifodalayotgan tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi 
muvofiqlik tushuniladi. Masalaga shu talablardan kelib chiqib 
yondashiladigan 
bo‘lsa, 
nutq 
aniqligi 
nutq 
madaniyati 
va 
mas’uliyatining g‘oyat zarur sharti bo‘lib qoladi. Alisher Navoiy, 
Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Erkin 
Vohidov, Abdulla Oripov, Shukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod va 
boshqa ko‘plab adiblarimizning tilga bo‘lgan munosabatlarini ana shu 
mas’uliyat samarasi deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. 
Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka 
mos va muvofiq kelishidir. 
Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu so‘z va uning 
ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ma’nosi hamda uning nutqda 
qo‘llanishi bilan muvofiq kelishidir. 
Ko‘rinadiki, aniqlik nutqning asosiy xususiyati sifatida, eng avvalo, 
til tizimidagi leksik daraja bilan bog‘lanadi. “Nutq aniqligi” atamasi 
ostida voqelik va uning tildagi ifodasi bo‘lgan leksik birlik – so‘zlar 
o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik anglashiladi. 
Xo‘sh, qaysi til birligi namunaviy nutqning yaratilishiga ko‘proq 
xizmat qiladi? Bu savolga sinonimlar, deb javob berish ma’qul bo‘ladi. 
Chunki ular mazmunan bir-birlariga yaqin bo‘lsa ham, ma’no qirralariga 
ko‘ra farqlanadi. Ana shu qirralardagi farqlar ularni tanlab ishlatish 
imkoniyatini beradi. Masalan, 
aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, 
oydin, ayon
sinonimlarini olib ko‘raylik. Garchi ular umumiy ma’noda 
bir sinonimik qatorni tashkil qilishsa ham, birining o‘rnida ikkinchisini 
qo‘llash hamma vaqt mumkin bo‘lavermaydi. 
Aniq eshitdim
deyish 
to‘g‘ri bo‘lgani holda 
oydin eshitdim
deyish mumkin emas, 
hamma 
narsa ayon, hamma narsa ravshan, hamma narsa aniq, hamma narsa 
oydin 
deyish mumkin bo‘lgani holda 
hamma narsa yorqin 
deb 
bo‘lmaydi. Chunki asosan 
aniq 
eshitishga, 
ochiq 
va 
oydin 
tushunishga, 
yaqqol 
va 
yorqin
ko‘rish va eshitishga, 
ravshan
ko‘rish va tushunishga 
xos. 


62 
Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham o‘ziga xos. 
Masalan u so‘zlashuv uslubida vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiy 
uslubda esa u tildagi tayyor, shtamp holidagi so‘z va iboralardan 
foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama va uning ifodalanish 
aniqligi asosiy o‘rinda turadi. Ommabop va badiiy uslublarda esa so‘z 
va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari 
yozuvchining maslagi, g‘oyaviy maqsadiga mos bo‘lishi va shunga 
xizmat qilishi lozim bo‘ladi. 
Ana shu sabablarga ko‘ra so‘z qo‘llash aniqligining chegarasini 
belgilash birmuncha murakkab ish bo‘lib, u tilni yaxshi bilishni va uning 
vazifaviy uslublar doirasida qo‘llanish imkoniyatlarini o‘rganishni 
taqozo qiladi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə