Azizaxon Rasulova


SOHADA FIKRNI ANIQ IFODALASH YO‘LLARI



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Azizaxon Rasulova

SOHADA FIKRNI ANIQ IFODALASH YO‘LLARI 
 
Inson o‘z faoliyatida fikrni ifodalash uchun turli usul va janrlardan 
foydalanadi. Qadimdan shunday naql bor: “Insonning kimligi uning ikki 
jihati – xatti-harakati va so‘zi (nutqi), odamlar bilan o‘zaro muomalasida 
ayon bo‘ladi”. Mana shu ikki jihat fikrni to‘liq va mukammal ifodalashga 
yordam beradi. Fikrni go‘zal ifodalash – nutq madaniyatini egallashga 
bog‘liq. 
Muloqot jarayonida ayrim kishilar fikrini bayon etishda 
qiynaladi.Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o‘z vaqtida qayd 
qilgan edi: “…uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik – bu so‘zning 
voqelikka mos kelmasligidir, so‘zning predmetdan uzilib qolishi – bu 
buzilish, hatto ba’zan uning predmet (asosiy) ma’nosini yo‘q qilishdir. 
Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo‘lmaslikdan, 


53 
yozuvchilar 
o‘zlari 
chizayotgan 
narsa 
va 
hodisalarni 
yaxshi 
bilmasligidan kelib chiqadi
1
”. 
Bu jihatdan A.Qahhorning ijodi va til mahorati haqidagi ayrim 
mulohazalari diqqatga sazovordir. Ma’ruf Hakimning “Qahramonning 
o‘limi” hikoyasini tahlil qilgan yozuvchi 
Botir beliga qator beshta 
bomba qistirib…

Qo‘lida bomba ushlagan holda ko‘chaga yugurdi 
jumlalaridagi 
bomba 
so‘zining noto‘g‘ri qo‘llanganligini, yozuvchining 
bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi. A.Qahhor tahlilda 
davom etib, hikoyadan yana misollar keltiradi: 
Botir “Sulton akaning 
oyoqlarini 
silaganda 
qo‘liga 
yelimga 
o‘xshagan 
bir 
narsa 
yopishganligini sezdi: qorong‘ida nima ekanligini bilolmay qoldi”. Shu 
yerning o‘zida «Jenya… yigitning ko‘ziga uzoq tikilib qoldi». Qo‘lga 
tekkan qon ko‘rinmagan qorong‘ida ko‘z ko‘rinadimi, deydi yozuvchi. U 
yana yozadi: «Adabiyotda yolg‘onning katta-kichigi yo‘q. Hammasi ham 
baravar zarardir. “Uchrashuv” (M.Hakim)da mana bunday yolg‘on gap 
bor: “Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko‘kni bulut bosgan. Bironta 
ham yulduz yo‘q edi!” Shundan besh satr pastda: “Ahmad osmonga 
nazar tashladi. Haqiqatan uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarning 
ko‘rinishi xunuk edi”. Uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarni ko‘rish 
uchun havo qisman bo‘lsa ham ochiq bo‘lishi kerak. Bu yerda yo 
“ko‘kni bulut bosgan”i, bironta ham yulduz yo‘qligi yolg‘on yoki “uzoq 
ufqdan chiqib kelayotgan bulutlar” tog‘risidagi gap behuda
2

Bu kabi ma’no nozikliklarini payqamaslik ifodada g‘alizlikni 
keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, 
katta 
va 
uzun

qadam qo‘ymoq 
va 
qadam tashlamoq 
juftliklarini olib qaraylik: 
Bo‘yi mendan kattaroq,
 
o‘zi 
sap-sariq 
(O‘.Hoshimov). Uzun-qisqalik va katta-kichiklik ikki xil 
o‘lchov sanaladi, Birida ikki nuqta orasidagi masofa, ikkinchisida hajm 
o‘lchanadi. Shuning uchun bo‘yni katta deb bo‘maydi. Uni baland yoki 
uzun deyish ma’qul. Yana:
 Mustaqil hayotga qadam tashlayotgan 
yoshlarimiz nikohdan o‘tishganlaridan keyin qishloq markazidagi 
yodgorlik poyiga hurmat-ehtirom bilan gulchambarlar qo‘yadilar 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə