Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Azizaxon Rasulova

imlo qoidalari
ishlab chiqiladi. Imlo qoidalarini tasdiqlashdan 
maqsad esa, yozma nutqda bir xillikni ta’minlashdan iborat. Demak, 
hozirgi vaqtda hech bir kishilik jamiyatini yozuvsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaganidek, yozuvni imlo qoidalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Fonetik me’yor
hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli va 23 ta 
undosh tovushning qabul qilinishi va ularning qo‘llanish tamoyillari, 
milliy tovush talaffuzlari asosida belgilanadi. Fonetik me’yor 
deyilganda, milliy tovush talaffuzi, so‘z ohangi va gap intonatsiyasi 
tushuniladi. O‘zbek tili musiqiy tillar guruhiga kiradi. So‘zlarning 
jarangdor va serjiloligi, purma’no va ohangdorligi, serqirra va 
ma’nodoshligi o‘zbek tilining zukkolik va zakovat omili ekanligini 
ko‘rsatadi; o‘zbekcha “askiyachi” so‘zi boshqa hech bir tilda 
uchramaydi. 


51 
Aksentologik (urg

uni to

g

ri qo

llash) me’yor
. O‘zbek tilidagi 
urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo ayrim o‘zlashgan 
so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham mumkin: 
hamma, jami, hamisha, afsuski
kabi. Bunday holatlardan xabardor 
bo‘lish adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilish imkonini beradi. 
Grammatik me’yorlar morfologik va sintaktik me’yor
lardan 
tarkib topadi. So‘zlarning morfologik shakli va ularning nutqda 
qo‘llanishini tartibga soluvchi qoidalar morfologik me’yorlar, 
so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi va gap tuzilishi bilan bog‘liq 
qoidalar esa sintaktik me’yorlar deb yuritiladi. Taassufki, adabiy 
morfologik me’yorlarning nutqda buzilishi tez-tez uchrab turadi. Bu 
me’yorlarning buzilishidagi eng keng tarqalgan holatlardan biri 
qaratqich va tushum kelishiklarini qorishtirishdir. Aslida bu kelishiklarni 
qo‘llash bilan bog‘liq qoida kuchli me’yor bo‘lishi kerak edi, chunki 
tilimiz tabiatiga ko‘ra qaratqich kelishigi keng ma’noda ot turkumidagi 
so‘zlarni bir-biri bilan bog‘lashga (
daraxtning bargi, O‘zbekistonning 
poytaxti
kabi), tushum kelishigi esa keng ma’noda ot bilan fe’lni 
bog‘lashga (
kitobni o‘qimoq, Vatanni sevmoq
kabi) xizmat qiladi. 
Ammo bu me’yor shevalar va og‘zaki nutq ta’sirida kuchsizlangan. 
Aytish mumkinki, hozirgi kunda o‘zbek tilining yetakchi shevalarida 
qaratqich kelishigi tushum kelishigi bilan aynan bir xil shaklda 
qo‘llanadi (
daraxtni bargi, kitobni o‘qimoq
kabi).
O‘zbek tilining o‘ziga xos 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə