Azizaxon Rasulova


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Azizaxon Rasulova

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Terminlarni o‘rgangan olimlar nomlarini keltiring. 
2.
“Trenirovka” so‘ziga izoh bering. 
3.
Trening
leksemasi qaysi sohalarda qay ko‘rinishda qo‘llaniladi? 
1
 
Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar| Инновации в педагогике и психологии| Innovations in 
pedagogy and psychology. №SI-2| 2020, 8-qism| Maxsus son.
 


46 
4.
Gimnastika mashqlarida qo‘llaniladigan terminlarga misol 
keltiring. 
5.
Jismoniy tarbiya va terminologiya fanlarining bog‘liqligi haqida 
gapiring.
SOHA TILIDA ADABIY TIL VA UNING ME’YORLARI 
 
Til o‘zligimiz, ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lib, xalqimizning boqiy 
qadriyatlari, madaniy merosi uning tilida namoyon bo‘ladi. Adabiy til 
tarixan shakllangan, so‘z ustalari tomonidan qayta ishlangan, sayqal 
berilgan, me’yoriy va jamiyatda kishi faoliyatining hamma sohalari 
bilan bog‘langan badiiy-publitsistik, ilmiy adabiyot tilidir. Boshqacha 
qilib aytganda, adabiy til barcha o‘zbeklar uchun namuna bo‘ladigan, 
umumxalq tilining eng yaxshi ifoda imkoniyatlari mujassamlangan 
tildir. 
Me’yor – jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan 
va ularga tushunarli bo‘lgan til birliklarining nutq jarayonida qo‘llanish 
holati va imkoniyatidir.
Nutq madaniyati to‘g‘risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda 
so‘zlarning o‘rinli va o‘rinsiz ishlatilishi to‘g‘risida ham bahs boradi. 
Qo‘llangan til birligini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyilganda, albatta, ma’lum 
bir o‘lchovga asoslanamiz. Mana shu o‘lchov tilshunoslikda adabiy til 
me’yori deb yuritiladi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy 
holatlarni o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu 
muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy 
turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari 
qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy 
jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga 
olmaslik ham aslo mumkin bo‘lmagan.
Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha 
yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo‘ladi. 
Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o‘tishi bilan 
o‘zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. 


47 
Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til 
madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Tildagi 
me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning 
imkoni yo‘q.
Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va 
tushunarli bo‘lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning 
vazifasi sanaladi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorga keltirilgan til 
birliklarining nutqda qo‘llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini 
nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum 
ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil 
qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo‘llari ko‘rsatib 
turiladi.
O‘zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o‘sib chiqqan 
bo‘lsa ham, unda mavjud bo‘lgan dialektlar va shevalardan
jargonlardan, oddiy so‘zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba’zi 
jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o‘zbek tilida 
uchraydigan barcha elementlarni o‘z ichiga oladi va ishlanmagan 
shaklda bo‘ladi. Adabiy til esa undan o‘zbek millati uchun tushunarli 
bo‘lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi 
hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.
Har qanday til me’yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy 
me’yorlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Me’yorga nisbatan qo‘llaniladigan umumiylik va xususiylik til 
me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga 
nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu ma’noda 
o‘zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig‘indisini umumiy 
me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni 
xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.
Shunday qilib, bir tomondan, o‘zbek tiliga tegishli bo‘lgan barcha 
me’yorlar yig‘indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi 
tomondan esa, qo‘llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma 
iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar 
bo‘lgan birliklar majmuyini anglaymiz. Masalan, 
daryo, suv, osmon, yer, 


48 
tosh, tog‘, bog‘, daraxt, uy, devor; oq, qizil, katta, kichik, uzun, qisqa, 
chiroyli, dono; bir, ikki, uch, yetmish, sakson, to‘qson, yuz, ming; u, bu, 
shu, siz, biz; bor, kel, ket, qo‘y, o‘t; tez, sekin, oz, kam, ko‘p; va, ham, 
ammo, lekin, biroq; -u, -ku, -da, -yu; oh, voh, voy, dod, uh
kabi.
Keltirilgan so‘zlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli – 
umumxalq tili doirasida qaraladigan lahja va so‘zlashuv nutqida ham 
qo‘llanilaveradi. Bu esa ana shu til vositalarini bir tilning umumiy 
me’yorlari qurshovida qarashga asos bo‘ladi. 
Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash 
shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab o‘tilgan o‘zbek adabiy tili, 
lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy 
me’yor sanaladi. Xususiy me’yorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan 
bo‘lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o‘zbek 
tilida mavjud bo‘lgan beshta – rasmiy, ilmiy, publitsistik, badiiy, 
so‘zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarni ham xususiy 
me’yorlar deb tushunishimizga to‘g‘ri keladi.
Adabiy til esa umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bo‘lib, 
uning boshqa ko‘rinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. 
Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan 
keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga mo‘ljallangan. 
Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va 
keng tarqaladi.
Millat manfaati va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan 
adabiy tilning o‘ziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq 
qiluvchi jihati ko‘p bo‘lib, ular orasida me’yoriylik markaziy o‘rinda 
turadi. O‘zbek adabiy tilining o‘zbek xalqi uchun umummajburiyligi, 
ko‘pvazifaliligi va uslubiy tarmoqlanganligi kabi xususiyatlarning 
birontasi me’yoriyliksiz amalga oshmaydi.
Garchi umumxalq tilining hamma ko‘rinishlarida, barcha til 
jamoalarida o‘ziga xos tarzda amal qiladigan me’yorlar mavjud bo‘lsa 
ham, kodifikasiyalashtirilgan, ya’ni ma’lum qoidalarga kiritilgan 
me’yorlar faqat adabiy tilga xos xususiyatdir. Faqat adabiy tildagina, – 
deydi V.A.Iskovich, – qanday gapirish va qanday gapirmaslik; me’yoriy 


49 
grammatikalarda, lug‘atlarda, ma’lumotnomalarda qayd etilgan; 
maktablarda o‘rganiladigan qoida va ko‘rsatmalar amal qiladi. Shuning 
uchun ham adabiy tilning umumxalq tilidan farq qiluvchi tomoni unda 
yagona me’yorning qat’iy amal qilishi hisoblanadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə