Azizaxon Rasulova


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Azizaxon Rasulova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Terminologiya qanday fan, uning o‘rganish obyekti nima? 
2.
Terminga xos bo‘lgan belgilarni sanang. 
3.
Atamalar haqidagi olimlar fikrlarini keltiring. 
4.
Odatdagi leksik so‘zlar bilan terminlarning farqi nimada? 
5.
Sport sohasidagi atamalarni tasniflang. 
 
SOHA LEKSIKOGRAFIYASI 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2021-yilda O‘zbek tiliga davlat tili 
maqomi berilgan kun munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigi
2
da 
ta’kidlaganidek, hozirgi kunda yangi O‘zbekistonni barpo etishga 
qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga 
ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli 
bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom 
manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, davlat tilining leksik birliklarini 
o‘rganish, yangi qo‘llanmalar yaratish muhim ahamiyatga ega.
1
Саримсоков Х. Инглиз ва ўзбек тилларида спорт терминларининг чоғиштирма тадқиқи. 
Филол.фанл.б. фалсафа докт (PhD) дисс. Автореф. Тошкент – 2020. 
2
 
https://xs.uz/uzkr/post
 Prezident Shavkat Mirziyoevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi 
berilganining ottiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 


43 
Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan 
sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan 
biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‘rganish tilshunoslikning 
alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi.
Mustaqillikkacha bo‘lgan so‘z o‘zlashish jarayonida ayrim 
leksemalarning tilimizga rus tilining fonetik, leksik, morfologik yoki 
sintaktik hodisalariga moslashgan holda o‘zbek tili leksikasiga 
o‘zlashganini kuzatish mumkin. “Trenirovka” leksemasi ham shu hodisa 
mahsuli bo‘lib, ma’lum sifat-xususiyatlarga ega bo‘lish yoki ularni 
saqlab qolish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladigan mashqlar, 
mashg‘ulotlar tushunchasini ifodalaydi. Bu leksemaning asl varianti 
mustaqillikdan so‘ng 
trening
[ingl. training – o‘rgatish, tarbiyalash
mashq qildirish] shaklida o‘zlashtirildi. 
TRENIROVKA [r. < ingl. training] 
1. Ma’lum sifat-xususiyatga ega bo‘lish yoki ularni saqlab qolish 
uchun 
muntazam 
ravishda 
amalga 
oshiriladigan 
mashqlar, 
mashg‘ulotlar. 
2. Muayyan reja asosida sportchini, uning organizmini o‘z kuchini 
maksimal namoyon qilishga, chidamlilik, tezlik, chaqqonlikka va 
g‘alaba uchun intilishga tayyorlab borish. 
TRENING [ingl. training – o‘rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish] 
Trenirovka tizimi, mashq, mashg‘ulot rejimi. 
Trening
leksemasining faollashganini hozirgi paytda turli vaqtli 
matbuot sahifalarida ham kuzatish mumkin. Bu leksema 
seminar-
trening, o‘quv-trening
leksemalari tarkibida ham uchrab turadi. 
Psixoterapiya sohasida 
autotrening
(ichki a’zolar funksiyasi, harakat 
faoliyati buzilganda o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini boshqarish orqali 
shu holatdan forig‘ bo‘lishga olib keladigan psixoterapiya, ruhiy 
davolash usuli) sifatida ham ishlatiladi. Shunisi muhimki, bu leksema 
ingliz tilida keng ma’noda ishlatilsa-da, hozirda tilimizda ko‘proq o‘quv 
sohasiga xoslangan holda ishlatiladi. 
Umuman 
olganda, 
chempionat 
[r. 
chempionat 

ingl. 
championship], trenirovka [r. < ingl. training], tanketka [ingl. tankette – 


44 
kichkina tank], kovboyka [r. < ingl. cow-boy - otliq cho‘pon], trusi [r. 
trusi < ingl. trousers – shim] kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari 
elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq 
hisoblanadi. 
Jismoniy tarbiyada, masalan, behad ko‘p mashqlar qo‘llaniladigan 
gimnastikada, terminologiya juda muhim rol o‘ynaydi. Terminologiya 
mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchilar bilan o‘quvchilarning o‘zaro 
munosabatlarini yengillashtiradi, gimnastikaga oid adabiyot nashr 
qilishda gimnastika mashqlari ta’rifini soddalashtirishda yordam beradi. 
Gimnastika terminologiyasi gimnastikadan boshqa mashg‘ulotlarda ham 
keng qo‘llaniladi.
Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib uni 
o‘rganish 
qiyin. 
Shu 
sababli, 
ularni 
o‘rgatish 
jarayonida 
terminologiyaning ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Qisqacha termin-so‘zlar 
harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, ular mashqni bajarish uchun o‘zni 
tayyorlashga yordam beradi, o‘quv jarayonini esa yanada ixcham va 
maqsadga muvofiq qiladi.
Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika terminologiyasi ham jismoniy 
tarbiya taraqqiyoti bilan, jumladan, gimnastika taraqqiyoti bilan bir 
qatorda takomillashib bordi, chunki amaliyot va fanda nimaiki yangilik 
paydo bo‘lsa, u tilda muqarrar aks etib, uni boyita boradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə