Mening Jizzaxim Kalit so‘zlar



Yüklə 9,94 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü9,94 Kb.
#158246
Muqaddas


Mening Jizzaxim
Kalit so‘zlar:Tog‘,vodiy,daryo,ziyoratgoh,Jizzax,iqlim.
Qadim va navqiron nomi tillarda doston bo‘lgan viloyat bu Jizzax hisoblanadi.Jizzaxning go‘zaligi va maftunkorligi boshqa viloyat tabiatidan farq qiladi.Manbalarda turli nomlar bilan atalgan bu qadimgi o‘lka Usturshona, Kurushkat shaharlari o‘rnida paydo bo‘lgan.Bu o‘lkaning iqlimi xuddi hudud uchun xosdek.
Tabiatining go‘zaligi o‘ziga xos iqlimi insoning ruhiyatiga katta ta’sir o‘kazadi.Jizzaxga tashrif buyursangiz sizni kiraverishidan qadimgi va ulug‘vor tog‘lar bag‘rida joylashgan Amir Temur darvozasi kutib oladi.Bu darvoz buyuk bobokalonimiz Amir Temur nomi bilan bevosita bog‘liq.Amir Temur urushdan zafar quchganda zamin sayqali Samarqandga shu yerdan o‘tgan ekan.Amir Temur davrida bu darvoza qattiq qo‘riqlangan strategik jihatdan o‘ta muhim hudud bo‘lgan.Bu darvoza ikki tog‘ orasida joylashgan bo‘lib xuddi hudud uchun xosdek.Bu darvoza Jizzax davonining pastki qismida joylashgan.Keng va ravon yo‘l solingan Sangzor daryosi ham yo‘lning o‘ng tamonidan ilon izi kabi o‘qib o‘tadi.Sangzor daryosi tog‘lar bag‘ridan to‘lib-toshib oqib o‘tadi.Bu daryo o‘lka tabiatiga katta ta‘sir o‘tkazadi.Bu daryo o’zining go’zaligi va maftunkorligi bilan ajralib turadi.Avtomashinalar va poyezdlarni sharqni shimol bilan bog‘laydi. Bu yo‘l viloyatning turizimiga ta‘sir o‘tkazadi.Amir Temur darvozasi Nurota va Morguzar tog’lari ajratib turadi.Daraning sharq tomoni Zominga g‘arb tomoni Nurota tog‘lariga tog‘ri keladi.Bu darani mahalliy aholi ‘’Ilon o‘tdi darasi’’ham deb atashadi. Ko‘rinishidan ilon iziga ham o‘xshaydi,bu darvozaning kengligi 120-130 metrni ayrim joylari 35-40 metrni tashkil etadi. Daraning yuqori qismida qadimgi forsiy tillarda yozilgan yozuvlar ham mavjud. Bu yozuv o‘yib ishlangan bo’lib hali-hanuz saqlanib qolgan. Bu yozuvni Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek farmoni bilan yozilgan. Bu daraning paydo bo’lishi haqida turli afsonalar mavjud,balki bu afsonalar haqiqatan mavjud bo‘lgandir. Mahalliy aholida bir afsona bor, Amir Temur 200000kishilik qo‘shini bilan Marguzar va Nurota tog‘lari orasidan o‘tuvchi daraga kelib to‘xtaydi,bu qisqa yo‘ldan o‘ta olmasligini tushunadi va bu yo‘lni babokalonimiz bu yo‘lni kengroq qilishni buyuradi. Butun qo‘shin yo‘lni kengaytirish uchun kecha-yu, kunduz chumoli kabi ishlashadi,serqoya tog‘ jinslarini vayron qilib,toshlarni olib chiqishadi.Toki bahaybat palahsaga duch kelmaguncha,ish samarali tus oladi.Bu bahaybat toshlarni olish uchun afsungarlarni chorlaydi,ilohiy kuchlar bilan olishni buyuradi.Sehrgar esa ovulda yashovchi bir cho’pon ekanligi,bu cho’pon aql bavor qilmas kuchga ega ekanligi ma’lum bo’lib qoladi.,ilohiy kuchlar bilan olishni buyuradi.Sehrgar esa ovulda yashovchi bir cho’pon ekanligi,bu cho’pon aql bavor qilmas kuchga ega ekanligi ma‘lum bo‘lib qoladi.
Bu ulkan toshlarni cho‘pon bir nigohi bilan mayda bo‘laklarga bo‘lib yuboradi.Bu bo‘laklarga bo‘lingan toshlarni askarlar tozalab tashlashadi.Shu bilan ish yakunlanadi.So‘lim va betakror Jizzaxning boshqa hududlariga yuraverar ekansiz sizni turli ziyoratgohlar, majmualar kutib oladi. Shulardan biri Jizzax viloyatining G’allaorol tumanida joylashgan Sa’d ibn Abu Vaqqos ziyoratgohini misol keltirish mumkin.Bu ziyoratgoh Jizzax shahridan 40-45km shimoliy –sharqiy qismida joylashgan. Bu majmua G‘allaorol tumaning Avliyoota qishlog‘ida joylashgan.Bu majmuaning tarixiga to’xtalsak bu ziyoratgoh VIIasrda yashagan Muhammad alayhisalomning eng yaqin sahobalaridan biri bo’lmish Sa’d ibn Abu Vaqqos sharafiga qurilgan.Qurilish ishlari XIX asrda boshlangan taniqli usta quruvchilar tomonidan qurilgan. Bu majmuaning qurilishida usta Komil ,usta Qohir ,usta Zuhur, usta Mirziyolar o’z hissasini qo’shganlar.Shu tariqa majmua ziyoratgoh sifatida qad rostlaydi. Bu majmuaning maydoni 14.2gektarni tashkil etadi.Bu ziyorat tarixiga bir nazar solsak qadim o‘tmishdan mavjud bo‘lgan. Sa’d ibn Abu Vaqqos payg’ambarimiz davrida eng yaqin sarkardalari qatorida turgan.Sa’d ibn Abu Vaqqqos Makka ashroflaridan birining o’g’li bo’lgan.Muhammad payg‘ambarimizga vohiy kela boshlaganda Sa’d ibn Abu Vaqqos navqiron jasur yigit bo‘lgan.Shu vaqtda islom dinini qabul qiladi va sarkardalik qobilyatini namoyish qiladi.U hijratning o‘n oltinchi yili xalifa Xattobning Eron va Mavrounnahrga yuborgan qo‘shiniga yo‘l boshchilik qiladi.Hozirgi Avliyoota qishlog‘idagi jangda yaralanib sinchilog‘i uzilib tushadi, natijada xanaqoh o‘rniga qoni to‘kiladi. Sarkardaning sinchilog‘ini qishloqning shimoli tarafidagi qabristonga dafn etishadi. Hozirgi kunda bu yerda xonaqoh joylashgan bu tabarruk zotning qoni to‘kilgan joyda ham xanaqoh qurilgan.Bu tabarruk zotga bo‘lib o‘tgan vaqealar sog‘lig‘iga ko‘p ham ta’sir etmaydi,keyinchalik sahoba Arabistonga qaytib ketadi va uzoq umr ko‘radi. Lekin vafotiga yaqin jangda kiygan chakmonini keltirishini so‘raydi,chunki u ckakmoniga qoni to’kilgan edi.Sahoba shu chakmoniga kafanlanishini ‘’Badr jangida mushriklarga qarshi kurashida shu chakmonini kiyib kurashadi.’’ Uning vasiyatida Janobi Haq huzuriga ham chakmonda borishini istaydi.Shu bilan vasiyat qilingandek bajariladi. Sa’d ibn Abu Vaqqos ziyoratgohida sehrli buloq ham mavjud, bu buloqni Sa’d ibn Abu Vaqqos bulog‘i deb atashadi,bu yerda Qizil kitobga kiritilgan baliqlar ham mavjud. Hozirgi kunda Bu maftunkor va go‘zal ziyoratgoh minglab ziyoratchilarga xizmat qilmoqda.Bu ziyoratgohga tashrif buyursangiz ruhan yengil bo‘lasiz.Har bir ziyoratchiga xush kelishi aniq shuning uchun ham bu ziyoratgohga tashrif buyurishni har bir insonga maslahat sifatda beriladi.Tog‘lar bag‘rida dam olib hordiq chiqarilsa inson sog‘lom bo‘ladi.Keling siz ham dam olib hordiq chiqaring, zero inson nafas olar ekan tabiat in’om etgan narsalargan bahramand bo‘lishi kerak.
Faydalanilgan adabiyotlar;
1. ‘’Munjid va Sahobalar hayoti ‘’kitobidan .
2. od-press .uz.
3. www.jizzax.uz.
4. Meros.uz.
Yüklə 9,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə