Azizaxon Rasulova



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Azizaxon Rasulova

ADABIY TIL ME’YORLARI 
 
O‘zbek adabiy tili me’yoriy ko‘rinishlari ilmiy asarlarda 
quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Leksik-semantik me’yor
2. Talaffuz (orfoepik) me’yori 
3. Yozuv (grafika) me’yori
4. Imloviy me’yor 
5. Fonetik me’yor 
6. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash) me’yor 
7. Grammatik (morfologik va sintaktik) me’yor 
8. So‘z yasalish me’yori
9. Uslubiy me’yor
10. Punktuatsion me’yor 
Leksik me’yor
deganda nutq jarayonida umumxalq tilida mavjud 
bo‘lgan so‘zlarni to‘g‘ri tanlash va o‘rinli ishlatish tushuniladi. 
Ko‘pma’nolilik, sinonimlar va variantlar shaklidagi leksik birliklar 
doirasida tanlanish imkoniyatining ko‘pligi uning xususiy me’yorlari 
shakllanishiga ham sabab bo‘lgan. Tilimizdagi dialektizm, neologizm va 
okkazionalizm, pleonazm va boshqa leksik birliklarning me’yoriy 
xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritish leksik me’yor to‘g‘risidagi 
tasavvurimizni kengaytiradi.
Dialektizmlar va adabiy til me’yori doirasida me’yorni belgilash 
tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi. Chunki adabiy til 
sheva leksikasidan ularning ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan so‘zlarni 
tanlab oladi va uni o‘z leksik tarkibiga kiritadi (mas., sigir-siyir-inak; 
chaqaloq-jiji-ninnicha-buvak, tuxum-moyak-yumurta, chumoli-murcha-
qarinja-qumurusqa kabilar). 


50 
Orfoepik me’yorlar
aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi 
— jonli tildagi turlicha talaffuz ko‘rinishlaridan adabiy til an’analariga 
mos keladiganlari tanlanadi. Masalan, o‘zbek shevalarida bir so‘z 
turlicha talaffuz qilinadi: 
yo‘q-jo‘q, ko‘z-go‘z, ota-ata, aka-oka, anor-
onar
kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo‘shimchasi shevalarda 
-yap(ti), 
-op(ti), -utti, -vot(ti)
shakllarida qo‘llanadi: 
boryapti, boropti, borutti, 
borvotti
kabi. Adabiy tilda shulardan 
yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor, boryapti
variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan.
Adabiy me’yorning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, 
og‘zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, 
latifago‘y xalq shoir-baxshilari katta hissa qo‘shsalar, yozma adabiy 
me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib 
qoldiradigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir.
Grafika ham orfografiya ham yozuv bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ular 
mazmunan farqlanadi. Masalan: maktab so‘zidagi harflarning to‘g‘ri 
yozlishini (balandligi, kengligi, ulanishi, satrda joylashishi kabi 
jihatlarini) grafika aniqlasa, so‘z oxiridagi “b” undoshining og‘zaki 
nutqda jarangsizlanishi “p” tarzida aytilsa-da, “b” deb yozilishini 
(maktap – maktab kabi) imlo me’yorlari belgilaydi. 
Tilshunoslikda ma’lumki, yangi alifbo joriy etilsa, shu alifbo 
asosidagi 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə