Azizaxon Rasulova


so‘z yasalishi me’yorlari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/69
tarix28.04.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#107327
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Azizaxon Rasulova

so‘z yasalishi me’yorlari
mavjud. Har 
qanday yasaladigan so‘z shu me’yorlar doirasida bo‘lmog‘i shart. Bu 
me’yorlarga amal qilinmasdan yasalgan so‘z tilning lug‘at tarkibidan 
o‘rin ololmaydi. Masalan, 
-gich
(-g‘ich, -qich, -kich)
qo‘shimchasi faol 
yasovchi qo‘shimchalardan bo‘lib, tilimizdagi mavjud so‘z yasalish 
me’yorlariga ko‘ra fe’lga qo‘shiladi va narsa-qurol, ya’ni fe’ldan 
anglashilgan harakatni bajaruvchi qurol otini yasaydi: 
suzgich, 
tekislagich, chizg‘ich, qirg‘ich, qisqich, ko‘rsatkich 
kabi. 
O‘zbek tilida quyidagi nutq uslublari farqlanadi: 1) so‘zlashuv 
uslubi, 2) rasmiy uslub, 3) ilmiy uslub, 4) publitsistik uslub, 5) badiiy 
uslub. Bu uslublarning har biriga xoslangan grammatik shakllar, so‘z, 


52 
so‘z birikmasi, gap va intonatsion vositalar mavjud. Ana shu xoslanish 
o‘zbek adabiy tili uslubiy me’yorlarining asosidir. Aniqroq aytiladigan 
bo‘lsa, 
uslubiy me’yorlar
muayyan sohadagi aloqani ta’minlaydigan 
nutqning mazmuni, maqsadi va vazifasi uchun mos keladigan til 
birliklarini tanlash qoidalaridir. Har bir uslubning o‘ziga xos til 
xususiyatlarini, demakki, uslubiy me’yorlarini bilmasdan turib tuzilgan 
har qanday nutq tom ma’nodagi madaniy nutq bo‘la olmaydi. 
Tinish belgilari me’yori – 
punktuatsion me’yor
yozma nutqqa 
xosdir. Tinish belgilari o‘z o‘rnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, 
sintaktik tuzilishi ham o‘zgaradi. Masalan, 
Siz yomon odam emassiz. – 
Siz yomon, odam emassiz. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1.
Adabiy tilga ta’rif bering. 
2.
Til birliklarini me’yorlashtirish nima uchun kerak deb o‘ylaysiz? 
3.
Nutq madaniyati uchun me’yor qanchalik ahamiyatli?
4.
O‘zbek adabiy tili me’yoriy ko‘rinishlari tasnifi haqida so‘zlang.
5.
Me’yorga rioya qilmaslikning nutq madaniyatiga qanchalik 
ta’siri bor?

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə