14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu:
Baliqlar sonini aniqlash.
Karpsimonlar
(Cyprinidae)
— zog‘orabaliqsimonlar: suyakli baliqlar sinfining
turlariga eng boy
oilasi, karpnamolar turku- miga mansub, 275 tacha guruhga bo‘linadigan 1500 dan ortiq turi bor.
Ular Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Karpsimonlar daryo, soy, ko‘l, suv
ombori va ariq kabi, asosan, chuchuk va ba’zi turlari qisman sho‘rroq suvlarda yashaydi.
O‘rta Osiyoda bu oilaning 57 ta turi uchraydi.
Karpsimonlar issiqsevar bo‘ladi. Shuning uchun sovuq to- monlarda kamroq, issiq tomonlarda
ko‘proq, ayniqsa, Osiyoning janubi-sharqida juda keng tarqalgan. Ularning, asosan,
chuchuk suv
baliqlari, likin, Orol sug‘yoni kabi o‘tkinchilari ham bor.
Bo‘yi 6—8 santimetrdan 180 santimetrgacha yetadi, lekin mayda va o‘rta bo‘ylilari ko‘proq
uchraydi. Jag‘ida tishlari yo‘q, halqum suyaklarida bir yoki 2—3 qator o‘rnashgan tishlari bo‘- lib,
ular ovqatni chaynash vazifasini bajaradi. Og‘zining atrofi ustki tomondan faqat jag‘oldi suyagi
bilan o‘ralgan bo‘lib, bu suyak ustki jag‘ bilan qo‘shilgan va harakatchandir. Mo‘ylovi ikki-uch
juftdan iborat, xolos. Suzuvchi pufaklari ichak bilan qo‘shilgan, ichaklarida oshqozon va pilorik
o‘simtalari yo‘q, usti yirik tangachalar bilan qoplangan, lekin ba’zilari tangachasiz bo‘ladi.
Ayrimlari (oq marka) yirtqich, boshqalari (zog‘orabaliq, qi- lichbaliq va hokazolar) umurtqasiz
jonivorlar bilan, yana bir xillari (oq amur, xumbosh va hokazo) o‘simliklar bilan oziqlanadi.
Chebaklar zooplanktonlar, ba’zan zoobentoslar bilan kun ko‘radi.
Karpsimon baliqlar chuchuk suvda uchraydi. Amur che- bakchasi kabilar uvuldirig‘ini qo‘riqlab
yuradi, ya’ni ularda nasli uchun qayg‘urish hodisasi uchraydi. Uvuldirig‘i tashqarida urug‘lanadi. Bir
ekologik guruhga kiradigan turlarning urchish muddati bir-biriga juda yaqin bo‘lgani sababli ularda
turlar va hatto urug‘lar orasida o‘zaro chatishib, duragay hosil qilish keng tarqalgan. Duragaylarning
ba’zi birlari urchishga ham layoqatli bo‘ladi.
Karpsimonlarning ko‘pgina turlari katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Torta, tovonbaliq,
zog‘orabaliq, oqcha vimba, sug‘yon, moybaliq, oq marka, tarashabaliq, shim va hokazo kabi turlari
Azov, Kaspiy va Orol dengizlarida ko‘p ovlanadi. Tovonbaliq, asosan,
oqmaydigan suvlardan
tutiladi. Karpsimonlar Osiyoning janubi-sharqidagi mamlakatlarda, chunonchi, Xitoy, Hindiston,
Birmada ham ko‘plab ovlanadi. Bu guruh baliqlarning zog‘ora- baliq kabi turlaridan chatishtirish,
sun’iy tanlash va parvarish qilish yo‘li bilan turli ekologik sharoitlarga moslashgan va sifati talabga
muvofiq zotlar yetishtiriladi. Ba’zi turlari iqlimga ham moslashtirilmoqda, chunonchi, xumbosh, oq
amur kabilar O‘rta
Osiyo respublikalarida, jumladan, O‘zbekistonda keng miqyosda iqlimga
moslashtirilgan bo‘lib, hovuz baliqchilik xo‘jaliklarida katta iqtisodiy samara ham bermoqda.
Kumush tovonbaliqdan esa arslonbosh, teleskop, kometa kabi
chiroyli akvarium baliqlari
yetishtirilgan.
Karplar
Cyprinus carpio
oilasiga mansub bo‘lib, uning asosiy obyekti iliq suvli baliqchilik
xo‘jaliklarida urchitiladigan asosiy zot hisoblanadi. Uning kishilar tomonidan madaniylashtirilgan
zoti sazan (zog‘ora) baliq hisoblanadi.
Respublikamizda, asosan, karplar oilasiga mansub bo‘lgan baliq zotlari yetishtiriladi. Karplar
iliqsevar bo‘lib, chuchuk suvlarda yashaydi, tez o‘sadi, serpusht bo‘ladi. Hovuzlarda bosh- lang‘ich
zanjir halqalarini egallaydi.
Karp yirik, tez o‘sadigan baliq hisoblanadi. U monokultura tarzida yoki oq do‘ngpeshana va
oq amur bilan birgalikda yetishtiriladi. O‘zbekistonning barcha tekisliklaridagi suv hovuz- larida
ushbu turning yovvoyi xili — sazan yashaydi. Mada- niylashtirilgan
karp turi baliqchilik
xo‘jaliklarida 1960-yillardan boshlab yetishtiriladi.
Karpning respublikamiz baliqchilik xo‘jaliklaridagi to‘dalari madaniylashtirilgan mahalliy shakli
ukrain va venger karplarning nasllaridan iboratdir.
Hovuz xo‘jaliklarida o‘stiriladigan 2 yoshligidan keyin tirik vazni 400 g dan 1000 g ga yetadi.
Karp turidagi baliqlar chuqur bo‘lmagan, oqmaydigan yoki sekin oqadigan, tagi yumshoq bo‘lgan,
yaxshi isiydigan hovuzlarda urchitiladi. Nafas olishi uchun kislorodga bo‘lgan talabi kam, jadal
o‘sishi uchun 6—7 mg//, o‘rtacha o‘sishi uchun 3—3,5 mg/l bo‘lishi kerak. Hatto eng past 0,7 mg/l
kislorodli suvda ham yashay oladi. Karp baliq- lari juda mahsuldorli, serurug‘, yoshi va tirik vazniga
ko‘ra o‘rtacha 700000—800000 dan to 1,5 mln gacha uvuldiriq beradi. Erkak baliqlar urg‘ochi
baliqlarga nisbatan bir yil oldin yetiladi, ya’ni jinsiy voyaga yetadi. Ko‘pincha
may-iyun oylarida
chuqur bo‘lmagan, oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan, tubi sero‘t bo‘lgan hovuzlarda suvning
harorati 17—19 °C bo‘lganda uvuldiriq ko‘payadi. Uvuldiriqning diametri 1,5 mm bo‘lib, yaltiroq
rangni eslatadi. Ular o‘simliklarning barglariga yopishib turadi.
Tuxumni ochib chiqishi suvning harorati 20 °C bo‘lganda molok (sperma) bilan otalangan
uvuldiriqlardan 3 kunda lichin- kalar hosil bo‘lganda yuz beradi. Harorat 16 °C bo‘lganda 5 kunda
ochib chiqqan lichinkalarning uzunligi 5—5,5 mm bo‘lib, to‘liq shakllanmagan bo‘ladi.
Lichinka uvuldiriqni ochib chiqqandan so‘ng tashqi oziqa- lar bilan oziqlanmaydi. 1—2 kun
harakat qilmasdan, tashqi muhitdan oziqlanmasdan sariq xaltadagi oziqa hisobiga o‘sim- liklarning
bargiga osilib yashaydi.
Rivojlanishi uchun qorin qismidagi suyuqlikni ishlatadi. Juda qisqa muddatdan so‘ng
qorin
qismidagi suyuqlikning ishla- tilishidan kelib chiqqan holda lichinkalar tashqi oziqalar bilan
plankton organizmlar mikroskopik suv o‘tlari bilan oziqlanishni boshlaydi.
Ikki-uch yoshda tanasining uzunligi 30—35 sm, dumi hisobda yo‘q. Ona baliqlar to‘dalarida 4—
5 va undan katta yoshdagi baliqlardan foydalaniladi. Tana uzunligi balandligiga nisbatan qariyb 3
marta uzun. Eng kattalari 20 kg gacha, uzunligi 1,5 m, tanasi qalin, yirik tangachalar bilan
qoplangan. Ikki juft mo‘y- lovi bor, tanasi tillarang.
Karp baliqlari hamma narsalarni yeyaveradi (hayvonot va o‘simlik dunyosidan),
haroratning
pasayishi bilan oziqlanish darajasi kamayadi. Kech kuzda suvning harorati 1—2 °C bo‘l- ganda,
suvning pastki qatlamiga joylashib, kam harakat qiladi va oziqlanmasdan qishni o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: