B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Vertikal parenxima
ikkilamchi o‘tkazuvchi to‘qimalarning o‘rta qismidagi 
parenximatik xujayralar. 
Gadrom
traxeal elementlar va ular bilan bog‘liq ksilema to‘qimasining 
parenxima xujayralari. 
Galla
xitridiomitsetlar sinfiga mansub zamburug‘lardan sinxitrium 
turkumining o‘simlik yaprog‘i, barg bandi, poyasida hosil qilgan kichik qora yoki 
jigarrang tusli o‘simta. 
Gamefanpiy
o‘simliklarda erkaklik va urg‘ochilik gametalar hosil qiladigan 
bir yoki ko‘p xujayrali jinsiy qism. 
Gametanpiy
o‘simliklarni jinsiy xujayralari rivojlanadigan qismi. 
Gemerofil
kishilar faoliyatining tabiiy xoldagi o‘simliklar jamoasiga ta’siri 
natijasida tarqalishi arealini kengaytiradigan o‘simlik turi. 
Geokarpiya
gul tugunchasini tuproqqa botib kirib uni ichida meva hosil 
bo‘lishi; tuproq ichida mevaning rivojlanishi va etilishi. 
Geotropizm
erning tortish kuchi ta’sirida o‘simlik qismlarining 
ma’lumma’lum xolatni egallashi. 
Geofitlar
nish uruvchi kurtaklari tuproqda qishlaydigan ko‘p yillik 
o‘simliklar. 
Gerbariy
o‘quv yoki ilmiy maqsadlar uchun maxsus tayyorlanib quritilgan 
o‘simliklar kolleksiyasi yoki ular saqlanadigan muassasa. 
Dendrologiya
daraxt 
va 
butalarning 
morfologiyasi, 
sistematikasi, 
ekologiyasi, geografiyasi va xalq xujaligidagi ahamiyatini o‘rganadigan fan. 
Dendroxronologiya 
tarixiy voqealar va tabiiy hodisalarni daraxtlarning 
yillik xalqalariga qarab taxlil etish bo‘yicha ilmiy soha. 
Dermatogen
gulli o‘simliklar poyasi va ildizining o‘sish nuqtasidagi 
epidermis hosil bo‘ladigan qavat. 
Defoliatsiya
1. O‘simlik barglarini tashlab yuborishi; 2. O‘simlik barglarini 
sun’iy ravishda to‘ktirish. 
Diarx ildiz
birlamchi ksilemasida nursimon bog‘lamlar ikki yo‘nalishda 
joylashgan ildiz. 
Diatsit ustitsa
bir juft qo‘shimcha-yordamchi xujayralar bilan o‘ralgan 
paparotniklar va gulli o‘simliklarda uchraydigan ustitsa. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə