25
Muallifning fikricha, yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik
va hayvonot
dunyosining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
“Saydana”da Beruniy 1116 tur dorivorni ta’riflaydi. Shundan 750 turi
o‘simliklardan, 101 turi hayvonlardan va qolganlari minerallardandir.
“Tabiatda dorishunoslik” asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki,
unda A.R. Beruniy dorishunoslik o‘zi alohida fan bo‘lishi lozimligini ta’kidlab,
shu bilan farmakologiya fanini asoslaydi.
Boburnoma” O‘rta Osiyo, Afg‘aniston, Hindiston,
kabi mamlakatlar tarixi,
sotsial-iqtisodiy ahvoli, tabiati, etnografiyasi, geografiyasi, tibbiyoti kabi sohalarni
qamrab olgan genial asardir.
“Boburnoma”ning asosiy xislatlaridan biri shundaki, unda muallif yorqin
bo‘yoqlar
yordamida, sodda til bilan tabiat, geografik xususiyatlar, o‘simlik va
hayvonot dunyosi, xo‘jalik imkoniyatlari yaxlit tasvirlanadi.
Bobur
keng tarqalgan, ho‘jalik ahamiyatiga va davolash xususiyatiga ega
bo‘lgan o‘simliklar, o‘sha vaqtlarda insoniyatga qiron keltirgan bezgak kassaligi va
uning yuzaga kelish sabablari haqida ma’lumotlar keltiradi. Muallifning fikricha
bezgak kasalini yuzaga
keltiruvchi vositalar ob-havo, bezgak chivinlarning ko‘pligi
va ularning keng tarqalganligidadir.
Muallif O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston qishloq xo‘jaligi tarixi
to‘g‘risida to‘laqonli, qiziqarli faktik materiallarni izohlaydi.
“Boburnoma” o‘z mohiyati bilan o‘lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati,
etnografiyasi va madaniyati borasidagi beqiyos manbadir.
Bobur Hindiston, O‘rta Osiyoda gul, manzarali va mevali daraxtlarni
ko‘paytirish va o‘stirishga katta ahamiyat beradi. U ilgari o‘simlikninng ba’zi
navlari o‘smaydigan joylarda ularni o‘stirishga harakat qiladi.
U Hindiston va
Afg‘onistonning boshqa yerlarida o‘smaydigan mevali daraxtlar haqida ham ancha
ma’lumotlar beradi.
Dostları ilə paylaş: