B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

1Ц в е т к о в В.А.
Ф инансово-промы ш ленны е группы в современном мире 
// П ромы ш ленная политика в Р Ф , 2000, № 6, с. 36— 47.
48


— bozorlarni tahlil qilish va bashoratlash, texnik yechimlar va 
yangiliklar to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, mehnat resurslarini ish bilan 
ta’minlash maqsadida har xil maslahat xizmatlarini ko‘rsatish. Bank 
shuningdek moliyaviy rejalashtirishni amalga oshiradi, korporatsiyani 
boshqarishni tashkil etish masalalarini hal etadi;
— sug‘urta ishiga kirish va bank mijozlariga depozit opera- 
tsiyalarining omonatchini sug'urta himoyasi bilan birgalikda aralashma 
xizmatlarini ko'rsatish;
— korporatsiya tarkibidagi korporatsiyalar horijiy sarmoyadorlarini 
ta’minlashda faol rol o ‘ynaydi, mahalliy eksportchilami kreditlash- 
tirishda, horijda mablag‘larni qo‘yish va to ‘g'ridan-to‘g‘ri ishlab 
chiqarish aloqalarida ishtirok etish.
Sanoat konsernlarining ishlab chiqarish faoliyati, asosan, yuqori 
texnologiyalar qo‘llash asosida yirik va ommaviy ishlab chiqarish 
rivojlangan (awalo bu qora va rangli metaliurgiya, po‘lat quyuv, kimyo 
va elektrotexnika sanoati, avtomobilsozlik va mashinasozlik sohalari) 
iqtisodiyotning bitta ma’lum sohasini qamrab oladi.
Germaniya moliyaviy-sanoat guruhlarini tahlil qilish borasida quyi­
dagi hulosalami qilish mumkin:
1. Germaniya moliyaviy-sanoat guruhlari «buzilmas konstruksiyalar» 
emas, balki egiluvchan tuzilmalardir va ularning bu xususiyatlari banklar 
tomonidan ta’minlanadi. Aynan shularning ta’sirida ayrim кофога- 
tsiyalami yutib yuborish yoki qo‘shish sodir etiladi.
2. Germaniya iqtisodiyotida guruh nazorati tizimida banklarning 
sanoat, savdo va sug‘urta kompaniyalar bilan shaxsiy birlashmalari 
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun Germaniya moliyaviy sanoat 
guruhlarini muvofiqlashtirish bir nechta mexanizmlar yordamida: bir 
vaqtda turli kompaniya va firmalar boshqaruvi a’zolari bo‘lgan mansabli 
shaxslaming nisbatan kichik doirasi mavjudligi hamda guruh tarkibiga 
kiruvchi moliyaviy-kredit muassasalarining boshqarish roli bilan 
ta’minlanadi. Shuningdek, guruh ichidagi integratsiyaga kapitalda 
o‘zaro ishtiroq etish ham hizmat qiladi.
Shunday qilib, korporativ boshqaruvning ifodalangan tarkiblari bir- 
birini inkor etmaydi. Dunyoning yetakchi mamiakatlarida ularning 
birgalikda mavjudligi shuni tasdiqlaydiki, biron-bir model, birinchidan, 
boshqa modelga nisbatan yaqqol ustunlikka ega emas, ikkinchidan, 
milliy iqtisodiyotlar uchun umumiy ham hisoblanmaydi. Bundan 
tashqari, o'tish davri iqtisodiy tizimlari sohasining yetakchi mutaxassislari 
кофога^у boshqaruvning turli modellari ayrim tarkibiy qismlarini
4
-
T-31-11 
49


uyg‘unlashtirish mumkinligiga ishora qiladi. Bu holatda korporativ 
boshqaruvning u yoki bu vositasini joriy qilishning iqtisodiy o‘sishga 
erishishga ta’sir ko‘rsatish darajasi mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Korporativ tuzilmalar rivojlanishining hozirgi qonuniyatlari quyida- 
gilardan iborat:
— kapitalning markazlashuvi (birlashish, strategik birlashmalar 
tuzish);
— faoliyatning globallashuvi (eng nufuzli xorijiy bozorlarda sho‘ba 
bo‘linmalar tuzish, tovar va xizmatlami tarqatish);
— kapitalning baynalminallashuvi (transmilliy kompaniyalarning 
o‘sishi, qaysi mamlakatdan kelib chiqqanidan qat’iy nazar arzonroq 
investitsiyalarni jalb etish);
— sanoat va moliya kapitali integratsiyasi;
— faoUyat shakllari va yo‘nalishlari diversifikatsiyasi;
— aloqani ta’minlash, boshqaruv va hisob-kitob-to‘lov vositala- 
rining yangi turlarini hamda muhitini yaratish uchun zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish;
— milliy bozorlami (kapital, tovar, xizmatlar, mehnat) tartibga 
solish bo‘yicha xalqaro standartlar talablarini inobatga olish.

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə