Baholash ishi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/249
tarix28.05.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#113660
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   249
Baholash ishi

 
ЎҚУВ МАТЕРИАЛЛАРИ
16 
1-rasm. Baholash faoliyatini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning asosiy 
shakllari 
Qonunda baholashni o'tkazish davlatga to'la yoki qisman qarashli baholash 
ob'ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: 
· 
baholash ob'ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, 
ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati 
aniqlanayotganda; 

baholash ob'ektlaridan garov maqsadida foydalanilganda

baholash ob'ektlari sotilayotganda yoki o'zga shaxsga boshqa maqsadda 
o'tkazilganda; 

baholash ob'ektlari bilan bog’liq qarz majburiyatlaridan boshqaning 
foydasiga voz kechilayotganda; 

baholash ob'ektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida 
berilayotganda majburiyligi alohida ta'kidlangan. 
O'zbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati to'grisida"gi Qonuni 2009-
yilda qayta to'ldirilib va o'zgartirilib qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq 
mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, baholash xizmatlarining 
professional saviyasi hamda sifatini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini 
tartibga solishning samarali usullarini tadbiq etish, baholash ishlarining natijalari 
va xolisligi bo'yicha ularning mas'uliyatini kuchaytirish maqsadi qo'yilgan. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Baholash to'g’risidagi 
hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o'tkazish mexanizmini tasdiqlash 
haqida"gi qarori qabul qilindi. Amalda bo'lgan milliy standartlarga qo'shimcha 
tarzda mulkni baholash milliy standartlari joriy etildi (MBMS).
O'z o'rnida ta'kidlab o'tish joizki, MBMSlarining asosiy maqsadi - baholovchi 
tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuv va 
tamoyillarini, shuningdek mazkur qoidalarni qo'llashda ichki nazoratni tashkil 
qilish va tartibga solish talablarini birhillashtirishdir.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə