Baliqlarning ichki tuzilishi Reja: Ovqat hazm qilish sistemasi 2



Yüklə 12,88 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü12,88 Kb.
#156233
1   2   3   4
Baliqlarning ichki tuzilishi Reja Ovqat hazm qilish sistemasi 2-fayllar.org

Nerv sistemasi
Bosh miya. Tog’ayli baliqlarnmg bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli baliqlar bosh miyasiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. Bu birinchi navbatda tog’ayli baliqiarda oldingi miya yarim sharlari va miyachasining yirikligidan dalolat byeradi. Akulaning bosh miyasi besh bo’limdan iborat. Oldingi miya yarim sharlari birmuncha katta bo’lib, o’ng va chap pallalarga aniq ajralmagan. Yarim sharlarning oldida joylashgan hidlov bo’laklari esa juda yaxshi rivojlangan. Oldingi miya kevingi uchi bilan oraliq miyaga, oraliq miyaning qopqog’iga esa uzun dastali miya usti bezi — epifiz birikadi.
O’rta miya ko’ruv bo’laklari deb ataladigan bir juft bo’rtma bilan qoplangan. O’rta miya yaxshi rivojlangan, lekin oldingi miya yarim sharlariga nisbatan ancha kichik.Bosh miyaning to’rtinchi bo’limi miyacha juda yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, oldingi tomondan o’rta miya, keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustiga joylashgan bo’ladi.
Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi bo’limidir. Bosh miyaning bo’limi ustki tomonidagi rombsimon chuqurcha deb ataluvchi to’rtinchi miya qorinchasi aniq ko’rinib turadi. Bu chuqurcha odatda qon tomiriga boy parda bilan qoplangan. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri orqa miya bilan qo’shilib ketadi.
Bosh miya nervlari. Akulasimon baliqlar bosh miya bo’limlaridan bir-biriga simmetrik joylashgan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlari odatda ikki nom — tartib raqamlari va o’z nomlari bilan belgilanadi.
1-birinchi juft (Hidlov nervi-nervus olfaktorius) hidlov bo’laklaridan chiqadi. Nerv tolalari hidlov xaltasining shilimshiq pardasida joylashgan sezuvchi hujayralarning o’simtalaridan iborat bo’lib, faqat sezish xususiyatiga ega.
2-ikkinchi juft (Ko’ruv nervi-n.opticus) oraliq miyaning tagidan chiqib, ko’z kosasidagi ko’z soqqasining to’r pardasida tarmoqlanadi. Bu nerv ham faqat sezuvchi nervdir.
3-uchinchi juft (Ko’zni harakatlantiruvchi nerv-n.okulomotorius) o’rta - miyaning pastki yuzasidan chiqadi (uni ko’rish uchun o’rta miyani bir oz yon tomonga surish lozim). Bu nerv bosh skelet devorini teshib o’tib, to’g’ri ko’z muskullariga kirib shoxlanadi va pastki qiya, pastki va ichki hamda ustki to’g’ri ko’z muskullarini innervatsiyalaydi.

Yüklə 12,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə