Bank ishi” fakulteti «Bank ishi va audit» kafedrasi


Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi



Yüklə 145,99 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü145,99 Kb.
#145531
1   2   3
Bank hisobi va tahlili

Bank hujjatlarining mazmuni, ahamiyati, turlari va ularning tavsifi.
Banklar o‘zining faoliyati jarayonida hujjatlar bilan ish olib boradi.
Buxgalteriya hisobida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hech bir operatsiya hujjatsiz amalga oshirilishi mumkin emas, chunki hujjatlar mol-mulkning talon-taroj qilinmasdan to‘liq saqlanishini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Misol uchun, pul mablag‘larini bankka topshirish yoki bankdan olishni to‘liq to‘ldirilgan va oldindan tekshirilgan maxsus hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin, o‘tkazib bo‘lingan operatsiyalarning naqadar to‘g‘riligi yoki qonuniyligi keyinchalik shu hujjatlar asosida tekshiriladi.
Hujjatlardagi operatsiyaning mazmuni, uni hisobga olish uchun kerak bo‘lgan barcha belgilar hujjatlarning rekvizitlari yoki ko‘rsatkichlari deyiladi. Hujjatlar va korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish haqidagi Nizomga muvofiq barcha hujjatlar uchun majburiy bo‘lgan rekvizitlar o‘rnatilgan. Hujjatlarning asosiy revizitlari quyidagilar:
Hujjatning to‘liq nomi (masalan: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshirig‘i)
Hujjatning to‘ldirish sanasi va uning nomeri.
Mahsulot sotuvchi va mahsulot oluvchi korxonalarning to‘liq nomi.
Shu korxona va tashkilotlarning bankdagi hisobvaraq nomerlari.
Ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning nomi, ularning kodi.
Operatsiyaning mazmuni.
To‘lanadigan summa (raqamlar va yozma ravishda).
Rahbar shaxslarning imzolari va korxonaning muhri.
Har bir hujjat xatosiz, yozuv mashinkalarida bir yo‘la bir necha nusxada to‘ldirilishi yoki komputerda terilishi kerak. Kassa operatsiyalari bo‘yicha ishlatiladigan hujjatlar bundan mustasno, bunday hujjatlar qo‘lda, ruchkalar yordamida to‘ldiriladi.
Bankda ishlatiladigan barcha hujjatlarni biz shartli ravishda 2 qismga bo‘lamiz.
1.Korxonalar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
2.Banklar tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar.
Hujjatlarning asosiy qismi korxona va tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilib, banklarga topshiriladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan to‘ldiriladigan hujjatlarga asosan naqd pulsiz hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar: to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasining ro‘yxati, cheklar ro‘yxati, kassa operatsiyalari bo‘yicha esa pul topshirish haqidagi hujjat (e’lon) pul cheki kabilar kiradi. Har bir hujjatlarga korxona rahbari va buxgalterining imzolari qo‘yilib, ular muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Hujjatlar sodir etiladigan operatsiyalarning hajmiga ko‘ra oddiy va yig‘ma bo‘lishi mumkin. Oddiy hujjatlarda faqat bitta xo‘jalik operatsiyasi aks etadi, yig‘ma hujjatlarda esa bir necha operatsiyalar jamlangan bo‘ladi. Oddiy hujjatlarga to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv ochish uchun ariza, kirim orderi va pul chekini misol qilish mumkin. Yig‘ma hujjatlarga esa yig‘ma to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasining ro‘yxati, cheklar ro‘yxati, kassa kirim jurnali, kassaning chiqim jurnalini kiritish mumkin.
- Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov talabnomalari to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga o‘sha kunning o‘zidayoq jo‘natiladi.

107 Tijorat bankining balansdan tashqari operatsiyalari deganda pul mablag’larining harakati bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, ammo kelgusida bank uchun ma’lum bir talab va majburiyatlarni yuzaga keltiradigan operatsiyalar tushuniladi. Mamlakatimizda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunga asosan banklar moliyaviy universal sifatida namoyon bo’ladilar. Ushbu Qonun va boshqa normativ xujjatlarga asoan banklar o’z daromadlari va risklarini differensatsiyalash ishlarini olib boradilar. Yana shu bilan birga bosh o’z kapitalini ko’paytirish yo’llarini izlamoqdalar. Ammo banklar o’z to’lov qobilyatlari (likvidligini) hamda daromadini diversifikatsiya qilishga majbur. Shuning uchun banklar asosiy xizmatdan boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. Tijorat operatsiyalari tijorat banklari tomonidan mijozlarning ishonchi asosida olib boriladi va qonun bilan cheklanmaydi. Tijorat banklari va boshqa banklarning operatsiyalari o’tkazish jarayonida mukofot oladi va o’z foydasi manbasini diversifikatsiya qiladi hamda o’zini tusatdan moliyaviy risklardan himoya qiladi. Ushbu operatsiyalar bankning balans hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi, ammo yuqori foyda keltiradi. Tijorat banklari balansdan tashqari operatsiyalari kelib chiqishining asosiy sabablari quyidagilar: 1. Banklararo raqobat sharoitida bank daromadlarining qisqarish tendentsiyasi kuzatilganligi. 2. Tijorat banklari kredit portfeli sifatining yomonlashuvi (qishloq xo’jaligi va energetika sohasida); 3. Nazorat organlari tomonidan tijorat banklari kapitali yetarliligiga qo’yiladigan talablarning oshirilishi. Balansdan tashqari operatsiyalarni amalga oshirish qanday avzalliklarga ega: * tijorat banklarining qo’shimcha foizsiz daromadlarining keng o’sishini ta’minlaydi; * riskli aktivlarning bir qismini balansdan tashqariga chiqarish yo’li bilan bank moliyaviy holatining umumiy holatini yaxshilaydi; * moliyaviy resurslarni joylashtirmay daromad olishi imkoniga ega bo’ladi. Tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarini 2 yirik guruhga bo’lishimiz mumkin: 1.Shartnomaviy majburiyatlar bo’yicha operatsiyalar; 2.Qo’shimcha ma’lumot (informatsion xisobvaraqlar) beruvchi operatsiyalar. Yuqorida ko’rsatkichlarni bankning boshqa operatsiyalari jumlasiga kiritadi va ularni majburiyat (shartnoma) turiga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin. Shartnomaviy majburiyat operatsiyalari – mijozning iltimosiga (talabiga) ko’ra ma’lum xizmatni kelajakda bajarilishini bankning o’z zimmasiga olishidir. Ushbu operatsiyada bank va mijoz o’rtasidagi shartnomaga muvofiq, belgilangan muddatlarda resurslar ajratish yoki to’lovlarning o’z muddatida amalga oshirilishi ta’minlanadi. Bu holatda mijozdan komission haq olish evaziga bank o’ziga majburiyatlarni oladi va mijozni riskdan sug’urtalaydi. Shartnomaviy majburiyatlar: 1. Savdo bitimlari bo’yicha majburiyatlar; 2. Bank kafolatlari. Savdo bitimlari bo’yicha majburiyalar odatda, banklar tomonidan qo’llaniladigan tijorat akkreditivi bilan bog’liq. Bunda akkreditiv ochgan bank uchinchi tomonga to’lovlarning to’lanishini kafolatlaydi. Shuningdek, mazkur operatsiyada trattalar aktseptlanishi orqali ham to’lovlar amalga oshirilishi mumkin. Ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning balansdan tashqari operatsiyalari jumlasiga kiradi. Ishonchli mulk (egasi) (trast)- ishonchli trast ta’sischisi, - ishonchli mulkdor (shaxs)- va benefislar (manfaatdor ist’emolchi). Uchinchi shaxs bo’lib - benefislar va mulk egasi (trast ta’sischisi) bo’lishi mumkin.




Yüklə 145,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə