Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi



Yüklə 36,04 Kb.
səhifə1/7
tarix11.12.2023
ölçüsü36,04 Kb.
#147153
  1   2   3   4   5   6   7
Banklarning kelib chiqishi



BANKLARNING KELIB CHIQISHI VA BANK TIZIMI
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo‘lishi bilan bir davrga to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos bo‘lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bo‘lganligini qayd etadilar.
Manbalarga ko‘ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do‘konlarda mahalliy pullarni xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to‘lov evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji bo‘lgan shaxslarga ma’lum to‘lov evaziga bera boshlagan.
Bankning kelib chiqish tarixini o‘rgangan bir qator iqtisodchi olimlarning xulosasiga ko‘ra dastlabki banklar Italiyaning Venetsiya va Genuya shaharlarida X asrda paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham bank so‘zi italyancha “banco” so‘zidan olinib “stol” degan ma’noni anglatadi. Garchi valyuta ayirboshlash operatsiyalari dastlabki banklarning 1-operatsiyasi bo‘lsada , hozirgi paytda banklarning jamiyatdagi o‘rni ularning kredit operatsiyalari bilan belgilanadi. Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “trapezida” (grekcha-stol), Qadimgi rimda “mensarilar”( lotincha-stol) deb atashgan1.
Qadimgi Bobilda er. av. VIII asrda faoliyat olib borgan Bobil bankining bajargan funksiyalari e’tiborni tortmay qolmaydi. Ular sirasiga: omonatga foiz to‘lovlari asosida pullar qabul qilingan, yozma shaklda ssuda va kredit berish, xattoki «gudu» (hudu-«gudu») deb nomlangan bank biletlarini chiqarish kirgan. Bobilda «Igibi» bankirlar uyining bir muncha murakkabroq vazifalarini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. «Igibi» banki mijozlar hisobiga vositachilik orqali savdo-sotiqda va to‘lovda ishtirok etish, pul omonatlari qabul qilingan, kredit berilgan (bunda omonatchi omonatiga foiz to‘lovlarini natural shaklda olgan, ya’ni omonatchi bankdan pul olgan shaxsning xosilini bir qismiga egalik qilish xuquqi berilgan), shartnomalarga kafil bo‘lish, turli savdo tadbirlarini moliyalashtirish, turli akt va shartnomalarni rasmiylashtirishda maslaxatchi hamda vakolatli shaxs sifatida ishtirok etganlar.
Qadimgi Bobildagi bank tizimini xuquqiy asoslari shox Xammurapi qonunlarida er.av. XVII asrda belgilab qo‘yilgan. Bu Qonunda sudxo‘rlik foizlarini ta’qiqlovchi qoidalar ham ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra yillik puldagi foiz mikdori 20% yoki hosilning 1/3 qismidan ko‘p bo‘lmasligi. Yana sudxo‘rlik foizlarini to‘lay olmagan insonlarni qullik bo‘lish muddatini 3 yil qilib belgilangan.
1401-yili turli savdo uyushmalari birlashtirilib, mashhur Muqaddas Grigoriy banki Genuyada ochildi. Bu bank shahar xokimligining ximoyasida bo‘lib, shahar meri xokimlik lavozimiga o‘tirayotganda bu bankni himoya qilishga qasam ichgan. Chunki bu bank Respublikaning kreditori vazifasini bajargan. 1463-yildan to 1505-yilgacha Rim papasigi bankning qarzdorlarini murtab deb e’lon qilish (cherkovdan chetlashtirish bunday takdirga uchraganlar ko‘p xuquqlardan mahrum bo‘lib, qattiq jazolangan) xuquqi berilgan hamda buning natijasida bankning qarzdorlari bo‘lmagan.Faqatgina 1675-yildagina bu bank jirobankka aylantirildi.
XV asrda Fransiyada tarixda birinchi marta Lombardlar paydo bo‘ldi, ular asosan sudxo‘rlik bilan shug‘ullanganlar. 1848 yillardan esa Prussiyada ham Lombardlar o‘z faoliyatlarini boshlaganlar.
XVI asr oxirlarida va XVII asrning boshlarida Gollandiyada kassirlar pul almashtiruvchilarning faoliyatini bajarardilar. SHuning uchun kassirlik hamda pul almashtiruvchi ixtisosliklari qo‘shilib ketish xavfi paydo bo‘ldi va kuchaydi. SHu xavfni oldini olish uchun Amsterdam xukumati 1609-yili Amsterdam jamoatchilik bankini tashkil qildi. Bu bank pul almashtirishda o‘rnatilgan rasmiy foiz stavkasi 5 % bo‘lgan hamda bank ma’lum muddat monopol bo‘lib faoliyat yurgiza boshladi. Ammo 1621-yili pul almashtiruvchi kassirlar faoliyati qaytadan tiklandi, natijada pul almashtiruvchi kassirlar va bank o‘rtasida raqobat kuchaydi. 1641-yili harakatdagi pullarni qiymatini o‘rnatilgan qonuniy narxlarga yaqinlashtirish uchun ba’zi monetalar «yaxshi bank pullari» deb nomlandi. Bank kreditor sifatida «yaxshi» pullardan, pul almashtiruvchi sifatida esa «kassa pullari» deb nomlangan pullardan foydalangan. 1651-yili shahar xukumati pul islohotini amalga oshirdi va harakatga mayda pul birliklari «gulden»lar zarb qilina boshlandi va nihoyat 1681-yili bu bank depozit va jirobank ko‘rinishini oldi.
Amstredamning tajribasiga tayangan holda xuddi o‘sha sabablar bilan Gamburg shahrida ham Gamburg Veksel Banki tashkil etildi hamda u 1812-yilgacha faoliyat olib bordi.
Bu banklarda pul almashinuvi asosiy operatsiya bo‘lganligi uchun ularda almashinuv birliklari paydo bo‘la boshladi. Ularning mashhurlari Hamburger-Mark Banco, Bankgeld Surantgeld va boshqalar.
Germaniyalik YA. Fuggerning (1450-1528) savdo uyi turli xildagi pulli va bank operatsiyalarini bajargan. Ammo bu savdo muassasasi 1637-yili Genuyaliklarga sotib yuborilgan. 1648-yili yirik fransuz savdogarlari Germaniyada birinchi xunarmandlik hamda savdogarlik tijorat bankini tashkil qilishdi. Bu bank «Germen Credit» deb nomlangan.
Shu tarzda banklar yangi-yangi jiro banklarning paydo bo‘lishi hisobiga rivojlanib bordi. Bu davr uchun xarakterli bo‘lgan bank operatsiyasi bir hisob raqamdan ikkinchi hisob raqamga o‘tkazish operatsiyasi keng qo‘llanilgan. Bu bosqichda depozit banklarning kurtaklari paydo bo‘la boshlagan. Ammo bu operatsiya keyingi davrda rivojlandi. Bu bosqichda hech bir bank banknotalar emissiyasi bilan shug‘ullanmagan.
Dastlabki banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan tashqari , odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish bilan ham shug‘illanganlar. Keyinchalik bankerlar shu narsani tushindiki , bankda harakatsiz yotgan pullarni ma’lum foiz evaziga berib daromad olish mumkin. Shu tariqa banklarning kredit operatsialari paydo bo‘lgan.
Bank deb pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasaga aytiladi.
Banklar paydo bo‘lishining asosi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining yuzaga kelishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda banklarning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan sub’ektlarga berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Izokrat va Demosfenlar ma`ruzalarining lotin tilida


Yüklə 36,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə