Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi


TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKSIYALARI



Yüklə 36,04 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü36,04 Kb.
#147153
1   2   3   4   5   6   7
Banklarning kelib chiqishi

TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKSIYALARI

Tijorat banklari bank tizimining quyi bo’g’ini bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va ularni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operasiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisoblanadigan barcha operasiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir.


Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir. Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari, xalq xo’jaligini mablag’ bilan taminlash, sug’urta operasiyalari, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqarishni amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi snfatida xalq xo’jalik dasturlarini muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar.
Bankka tashkilot nuqtai nazardan qarash ko’z oldimizga boshqaruv apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday korxona singari mustaqil xo’jalik subekti ekanligiga ishonch hosil qildiradi. Bank faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas. Haqiqatan ham, banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi», taqsimlash sohasida faoliyat ko’rsatib, tovarlar ayirboshlashini amalga oshiradi.
Bank etarli mikdorda mablag’ to’plab, turli qarz oluvchilar talabiga ko’ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda bank ikki subekt qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida vositachn rolini o’ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir qator xizmat turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni bajarishlari mumkin. Lekin bu bilan ular bank bo’la olmaydilar. Bank vositachi sifatida bir qator oddiy vositachilardan farq qiluvchi, yani ham qarz beruvchi, ham qarz oluvchi hamda ular o’rtasida aloqa bog’lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar vositachisidir.
Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog’liq birja agenti sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo’lgan. Bunda banklar mustaqil ravishda birja operasiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan bog’liq operasiyalarni bajarishi mumkin.
Nihoyat, banklar valyuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi, korxona va aholi tomonidan ko’yilgan bo’sh mablag’larga to’lovlar berish va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bogliq operasiyalarni amalga oshiradi. Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan kreditning rivojlanish natijasida paydo bo’lgan. Shu erda bank faoliyatining savdo tashkiloti sifatidagi tarifdan farqini qayd etish kerak. Savdoda tovar o’z mulk egasini o’zgartirsa, kreditlashda esa mulk egasi o’zgarmaydi.
Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (7-jadval).
Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk shakli bo’yicha aksioner va xususiy banklar hisoblanadi. Va hozirgi paytda ham omonatchilar, kichik va o’rta biznes korxonalarga xizmat ko’rsatish asosan unchalik katta bo’lmagan xususiy banklar hissasiga to’g’ri keladi. Xususiy banklar:
iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi yuqori ilgor investisiya-loyihalariga yo’naltirilgan mablag’larning ko’payishiga;
kichik va o’rta tadbirkorlarga bank xizmati ko’rsatish saviyasining oshishiga;
yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy tasir etadi.
Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil apreldagi «Xususiy tijorat banklarini tashkil etishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni mazkur jabhada muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Faqat 1998-1999 yillar ichida Toshkentda «Alp-Jamol-bank», «Turkistonbank», «XIFbank», Andijonda «Hamkorbank», Qarshi shahrida «O’ktambank», Qoraqalpog’istonda «Adiletbank», Samarqandda «Parvinabank» kabi banklar tashkil etildi.
Mustaqillik yillarida xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi banklarni tashkil etishga davlat tomonidan alohida etibor berildi. Hozirg’i paytda Respublikamiz hududida «O’zprivatbank», «KDF bank», va O’zbek-Turkiya «UT-bank»i hamda O’rta Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankining’ Toshkentdagi sho’ba banki, Eronning «Soderot» banki samarali faoliyat ko’rsatib kelmokda.
Hozirgi kunda Respublikamizda 2 ta davlat banki, 3 ta aksiyadorlik tijorat banki, 10 ta tijorat banki, 15 ta xususiy bank, 3 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar, 2 ta sho’ba va qator minibanklar faoliyat ko’rsatmoqdalar.
.Tijorat banklari o’z ustaviga ega bo’lib, shu ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Bank ustavida:
bankning (to’la va qisqartirilgan) nomi va qaerda joylashganligi (pochta manzili);
ustav kapitalining miqdori, muassislar ro’yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;
bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalarihaqidagimalumotlar;
bank auditi tartibi, shu jumladan, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

Yüklə 36,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə