Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə11/238
tarix01.06.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#88543
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   238
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

Tahlil va sintez usuli. Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o‘rganish. Sintez – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo‘l bilan o‘rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum o‘rin egallaydi, iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə