Barkamol avlod



Yüklə 132,07 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü132,07 Kb.
#114660
festival (2)





XORAZM VILOYATI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI DIREKTORI BUYRUG‘I






1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni munosabati bilan “Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari!” shiori ostida bayram festivali tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2023-yil 17-may kuni "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2022/2023-o'quv yilini yakunlash hamda "So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlarini o'tkazishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida” o'tkazilgan videoselektor yig'ilishining 95-sonli bayoni hamda Xorazm viloyat hokimligining 22.05.2023 sanasidagi 309-sonli sonli yig'ilishning 4-1621-sonli bayonida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:



  1. Bayram festivali “Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari!” shiori ostida Urganch shahridagi “Amir Temur” nomli istirohat bog‘ida joriy yilning 1- iyun kuni 17:00 da markazlashgan holda tashkil etilsin.

  2. Viloyat, tuman, shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari jamoalari bayram festivalini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda ishtiroki ta’minlansin.

  3. Tuman va shahar “Barkamol avlod” bolałar maktablari direktorlariga:

bayram festivalida har bir maktab jamoasi 5 ta stolda yil davomida to‘garak mashg‘ulotlarida tayyorlangan eng sifatli ijodiy ishlarni ko‘rgazmaviy-sotuvini ta‘minlansin;
-har bir tuman(shahar) o‘z ko‘rgazmaviy-sotuv maydoniga ega bo‘lib, maydon bannerlar va ko‘rgazmali vositalar bilan bezatilsin;
-tuman(shahar) BABM maktablari eng faol, iqtidorli to‘garak a’zolari jamoasi tomonidan tayyorlangan madaniy chiqishlar bilan ishtirok etishlari ta’minlansin; (o‘quvchilar oq ko‘ylak va qora pastki kiyimda, bir xil formada)
- Har bir tumandan guvohnoma oluvchi o‘quvchilarning va festival ishtirokchilarning kelib ketishi, xavfsizligi tuman shahar “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari zimmasiga yuklatilsin.

  1. Moliya va xo‘jalik ishlari bo‘limi hisobchisi (S.Sharipova)ga:

  • sarf-xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larni sarflanishini va sovg‘alarni o‘z vaqtida harid qilish o‘rnatilgan tartibda nazorati vazifalari topshirilsin.

  1. Media bo‘limi (B.Rajabova)ga bayram festivalini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish vazifalari yuklatilsin.

  2. Monitoring mutaxassisi I.Karimboyeva tominidan ushbu buyruqni tuman va shahar "Barkamol avlod” bolałar maktablariga yetkazilishini ta’minlasin.

  3. Ushbu buyruqning ijrosini o‘z zimmamda qoldiraman.

Direktor: I.Jumaniyozova

Urganch sh,


2023-yil __-may
__-son
Yüklə 132,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə