Bayonnomas I



Yüklə 15,4 Kb.
tarix05.06.2022
ölçüsü15,4 Kb.
#88871
Hujjat (5)


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani 1-sonli umumta'lim maktabning Yoshlar ittifoqi a'zolari ishtirokidagi kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan majlisining 1-sonli
B A Y O N N O M A S I
2021-yil 10-sentabr Xo‘jayli shahri
Qatnashdilar: Ma'naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sabirova.F (majlis raisi)
Jarlikaganova.M (kotiba) va 20 nafar yoshlar ittifoqi yetakchilari.
Kun tartibi:
1.O‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasini yanada keng yoyish va o‘quvchilarning kitobga qiziqishini oshirish uchun chora-tadbirlar olib borish.
2.Maktab kutubxonasini ta'mirlash.
Eshitildi:Majlis raisi Sabirova.F kun tartibidagi masalalar bilan majlisdagilarni tanishtirib o‘tdi va maktab o‘quvchilari orasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilishda, avvalo,yoshlar ittifoqi yetakchilarining o‘zi ularga namuna bo‘lgan holda ko‘proq kitob mutolaa qilishi kerakligini uqtirdi. Jarlikaganova.M esa har xil bellashuvlar, adabiy kechalar o‘tkazish va faol o‘quvchilarni hammaning ko‘z o‘ngida rag‘batlantirish o‘quvchilarning qiziqishini oshirishini aytib o‘tdi. Shu o‘rinda yetakchilar ham bu masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Jumladan, Tairova.G «Kitobxon yoshlar» bellashuvini o‘tkazishni taklif qildi.Ilyasov.J esa sinflardagi sust o‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanish, ular uchun psixologik treninglar o‘tkazish kerakligini aytib o‘tdi.
Ikkinchi masala yuzasidan majlis raisi Sabirova.F o‘z fikr va takliflarini bildirdi.Jumladan, maktab kutubxonasini rekonstruksiya qilish va kutubxonani yangi asarlar bilan to‘ldirish kerakligini ta'kidladi.Yoshlar ittifoqi yetakchilaridan Yuldashev.A kutubxonani o‘quvchilarning yoshiga mos, asosan, o‘zbek adabiyotining eng saviyali, mashhur asarlari bilan to‘ldirish taklifini berdi va bu taklifni boshqalar ham ma'qullashdi.
Qaror:

    1. O‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish vazifasi sinflardagi yoshlar ittifoqi yetakchilariga yuklatilsin.

    2. «Kitobxon yoshlar» bellashuvini tashkillashtirish ishlari Tairova.G ga yuklatilsin.

    3. Maktabdagi sust o‘quvchilar uchun alohida «Maqsadim – kelajagim» nomli psixologik trening o‘tkazish maktab psixologi zimmasiga yuklatilsin.

2.1 Maktab kutubxonasini qayta ta'mirlash ishlarini o‘z zimmamga olaman.

Majlis raisi: (imzo) Sabirova.F
Kotib(a): (imzo) Jarlikaganova.M
Yüklə 15,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə