|
O’smirlik davri
|
səhifə | 1/4 | tarix | 01.06.2023 | ölçüsü | 106,5 Kb. | | #114955 |
| O’SMIRLIK DAVRI O’SMIRLIK DAVRI O’smirlik davrini o’tish, burilish, qiyin davr sifatida adabiyotlarda keng qo’llaniladi. O’smirlik davrining o’tish davri deyilishiga asosiy sabab bu vaqt oralig`ida bolalikdan kattalik holatiga o’tish davri yuzaga keladi, ya`ni psixik jarayonlarning o’quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurish bilan bog`liqdir. SHuning uchun o’smirlik yoshi o’zaro munosabat shakllaridan faoliyatni tashkil qilishda kattalar tomonidan rahbarlik qilishda qat`iy o’zgarishlarni talab qiladi. - O’smirlik davrini o’tish, burilish, qiyin davr sifatida adabiyotlarda keng qo’llaniladi. O’smirlik davrining o’tish davri deyilishiga asosiy sabab bu vaqt oralig`ida bolalikdan kattalik holatiga o’tish davri yuzaga keladi, ya`ni psixik jarayonlarning o’quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurish bilan bog`liqdir. SHuning uchun o’smirlik yoshi o’zaro munosabat shakllaridan faoliyatni tashkil qilishda kattalar tomonidan rahbarlik qilishda qat`iy o’zgarishlarni talab qiladi.
O’smirlik davrini ilmiy jihatdan o’rganish uchun asos bo’lgan omillar quyidagilardan iborat: - Fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat san`at va adabiyot ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarayotganligi.
- Ommaviy axborot ko’lamining kengayishi tufayli o’smirlar onglik darajasining ko’tarilganligi.
- O’g`il va qizlarning dunyo voqealaridan tabiat va jamiyat qonunlaridan tarixdan etarli darajada xabardorligi.
- Ularning jismoniy va aqliy kamolotining jadallashgani
- O’smirlar bilan ishlashda g`oyaviy, siyosiy, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi
- Oshkoralik ijtimoiy adolat demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotganligi.
- O’quvchilar uchun mustaqil bilim ongli ijodiy fikr yuritish, o’z-o’zini boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilganligi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|