Benkov nomidagi respublika rassomlik



Yüklə 35,49 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü35,49 Kb.
#136746
  1   2
Vizantiya naqqoshlik san’ati


BENKOV NOMIDAGI RESPUBLIKA RASSOMLIK KOLLEJI

San’at tarixi fanidan


MUSTAQIL ISH

Mavzu: Vizantiya naqqoshlik san’ati

Bajardi: Murodov Hojiakbar



Tekshirdi: _________________

Toshkent 2023-y

Vizantiya naqqoshlik san’ati
Reja:

  1. Vizantiya meʼmorchilik sanʼati

  2. Vizantiya sanʼatining oʻziga xos tomonlari


Vizantiya meʼmorchilik sanʼati

Yer yuzida feodalizm tuzumining paydo boʻlishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi tuzumga oʻrnini boʻshatib bergungacha boʻlgan davrdagi sanʼatni, odatda, oʻrta asrlar sanʼati deyiladi. Bu sanʼat turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII—XIV asrlardagi Italiyada shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashdi. Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII—III asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrning soʻngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus imperiyasi). Oʻrta asrning muhim madaniyat oʻchoqlaridan biri Vizantiya davlatidir. Sharqiy Rim imperiyasi oʻrnida 395-yili vujudga kelgan bu davlat 1453-yiIgacha hukmronlik qildi. Varvarlar hujumidan birmuncha chetda bolgan bu davlat uzoq vaqt antik hayot va madaniyat anʼanalarini saqlagan holda, asta-sekinlik bilan yangi tuzum-feodalizmga oʻta boshladi. Bu yerda antik sanʼat anʼanalari eʼzozlandi va davom ettirildi. Shu bilan birga, bu anʼanalar mustahkamlanib borayotgan feodalizm gʻoyalari, xristian dini gʻoyalari bilan boyitildi. Vizantiya sanʼatida ideal obrazga boʻlgan munosabat oʻz qiymatini saqlab qoldi. Inson qiyofasi xristian xudosi va avliyolar obrazida oʻz ifodasini topdi. Vizantiyada ilohiy kuch — Iso obrazi mavhum shaxs emas, balki real inson qiyofasida tasavvur qilinadi. Shuning uchun ham u antik dunyo bilan bogʻlanadi. Lekin vizantiyalik rassom uchun tashqi qiyofa emas, balki ichki his-tuygʻu, maʼnaviy-axloqiy mazmun yetakchi oʻrinni egallaydi. Iso obrazida shu ichki mazmunni ochish uning asosiy maqsadini belgilaydi

Yüklə 35,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə