Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «iqtisodiyot» fakul`teti



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə15/19
tarix26.05.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#113315
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Jumaniyozov S-diplom

Tf = (Tx – Tr) x Mts
Bu yerda:
Tf – bir birlik mahsulot reja va haqiqiy tannarxlari o`rtasidagi farq summasi;
Tx – bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi;
Tr – bir birlik mahsulotning reja tannarxi;
Mts – etishtirilgan mahsulotning miqdori (ts.)
Reja tannarx va haqiqiy tannarx o`rtasidagi farq summasi mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida «qizil yozuv» yoki «qo`shimcha yozuv» usullari bo`yicha aks ettiriladi. Bunda reja tannarxi haqiqiy tannarxdan yuqori bo`lgan hollarda «qizil yozuv» usuli, reja tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo`lganda esa «qo`shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Fermer xo`jaliklarida barcha etishtirilgan mahsulotlar bo`yicha haqiqiy tannarx va reja tannarx o`rtasidagi farq summalarining hisob-kitobi hamda ularni tegishli schyotlarda aks ettirish tartibi misol tariqasida quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
Dehqonchilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari to`g`risidagi ma’lumotlar maxsus «Ishlab chiqarish xarajatlari to`g`risida hisobot»da (18-shakl) jamlanadi. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi: - «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»; - «Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».
Hozirgi kundagi amaliyotdan kelib chiqib dehqonchilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobida qizil yozuvlar yoki qo`shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schyotlarga berilishini aniqlashda etishtirilgan mahsulotlarning to`liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak.
Chunonchi, to`liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo`yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o`rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schyotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo`yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schyotlar o`rtasida taqsimlanishi lozim. O`z maqsadlarida ishlatilgan mahsulotlar (masalan, em-xashaklarni chorva mollariga berilishi) bo`yicha reja tannarxi va haqiqiy tannarx o`rtasidagi farq mos ravishdagi ishlab chiqarish schyotlariga olib borilishi kerak.
Chorvachilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2020 - «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida chorvachilik sohalariga qarab turli schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin, masalan: 2021 -«Qoramolchilik»; 2022 - «Qo`ychilik»; 2023 - «Parrandachilik» va boshqalar. Chorvachilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorvachilik sohalarining yo`nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2023 - «Parrandachilik» schyoti bo`yicha quyidagi analitik schyotlarni ochish mumkin: tuxum; go`sht va boshqalar.
Chorvachilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining (2021, 2022, 2023) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Hozirgi kunda chorvachilik bilan shug`ullunuvchi fermer xo`jaliklarida buxgalteriyasida qizil yozuvlar yoki qo`shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schyotlarga berilishini aniqlashda olingan mahsulotlarning to`liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak.
Chunonchi, olingan naslning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o`rtasidagi farq summalari bevosita 1110 - «O`stirishdagi va boquvdagi mollar» schyotiga, to`liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo`yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o`rtasidagi farq summalari bevosita 9130 - «Sotish tannarxi» schyotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo`yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schyotlar o`rtasida taqsimlanishi lozim.
Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi:
- «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»;
- «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».
Ushbu schyotlarda asosiy podaga o`tkaziladigan xo`jalikdagi yosh mahsuldor va ish hayvonlarini o`stirish bo`yicha xarajatlar, asosiy poda uchun harid qilingan katta yoshdagi va ish hayvonlarining qiymati, hayvonlarni etkazib berish bilan bog`liq sarflarni ham qo`shgan holda, boshqa korxonalardan tekinga olingan kata yoshdagi hayvonlarni xo`jalikka olib kelish bilan bog`liq sarflar hisobga olinadi.
Kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar hisoblanmish tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olishning alohida ob’ektiga ajratiladi. Bu xarajatlar alohida ekinlar bo`yicha bajariladigan ish turlari yuzasidan hisobga olinadi. Keyingi, boshlangan hisobot yilida aytib o`tilgan xarajatlar alohida ekin turlari tannarxiga taqsimlash yo`li bilan o`tkaziladi. Fermer xo`jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishi bo`linma, brigada va shu kabilar bo`yicha hisobga olinishi kerak.
Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish tarmoqlaridan farqli 1 yillik hosildorlik bo`yicha xarajatlar 1 Ga maydonga qilinadigan xarajatlarni aniqlab har bir tur qishloq xo`jaligi mahsulotlari bo`yicha alohida ekiladigan umumiy ga maydonga ko`paytirish orqali aniqlanadi. Qishloq xo`jaligida 1 yillik yalpi mahsulot hosildorligi bo`yicha xarajat va tushumi hisoblanishining o`ziga xos xususiyatiga ega.
Fermer xo`jaligida etishtiriladigan mahsulot xarajatlarining tarkibi shu xo`jalikda ekilayotgan ekinlarning turlari bo`yicha alohida tannarx xarajati 1 Ga maydonga hisoblanadi. Bunkerdan olinadigan asosiy hosil (yiyoshtirib olinadigan) tsentnerda hisoblanadi va 1ts bahosiga ko`paytiriladi. Jumladan:
1. 1 Ga yer uchun qilinadigan xarajat;
2. 1 Ga yerga ketadigan urug`likni xarajatni hajmi;
3. GSM xarajatlari;
4. Mineral o`g`itlar xarajatlari;
5. Avtotransport xarajatlari;
6. Asosiy vositalarni amortizatsiyasi;
7. Asosiy vositalarni joriy remont xarajatlari;
8. Ish haqi xarajatlari.
Qishloq xo`jaligida 1 yillik umumiy Ga maydonga hosildorlik bo`yicha xarajatlarni hisoblash uchun yuqoridagi hisoblangan 1 Ga maydonga uchun qilinadigan xarajatlarni umumiy Ga maydonga ko`paytiriladi. Har bir assortiment etishtirilgan hosildorlikdan turlari bo`yicha alohida-alohida xarajatlar hisoblanadi va umumiy summa hisoblanadi.
Fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini alohida moddalar bo`yicha hisobga olish tartibini ko`rib chiqamiz. “Ijtimoiy sug`urta ajratmalari va mehnatga haq to`lash xarajatlari” moddasida bevosita ekin o`stirish bilan band bo`lgan ishchilar mehnatiga haq to`lash, navbatdagi va ko`shimcha ta’tillarga haq to`lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug`urta ajratmalari hisobga olinadi.
Bu xarajatlar boshlang`ich hujjatlar asosida bevosita tegishli ekinlar va ish turlariga o`tkaziladi. Bunda umumlashgan ma’lumotlar bo`yicha 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti(“Dehqonchilik” subschyoti))ning debetiga hamda 6710 - “Mehnatga haq to`lash bo`yicha hisoblashishlar” va 6510 - “Ijtimoiy sug`urta bo`yicha hisoblashishlar” schyotlarining kreditiga qayd qilinadi.
Fermer xo`jaliklarida dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha har bir alohida qishloq xo`jalik ekinidan olinadigan mahsulot turi kalkulyatsiya ob’ekti hisoblanadi. Bir ekindan ayni bir vaqtda har xil xususiyatdagi mahsulot olish tufayli dehqonchilik mahsuloti tannarxni kalkulyatsiya qilishda turli usuldan foydalaniladi. Masalan, xarajatlarni bevosita o`tkazish usulidan bir ekindan faqat bitta mahsulot turi olinadigan hollarda foydalaniladi. Bu eng oddiysi: mazkur ekinga sarflangan xarajatlar summasi olingan mahsulot miqdoriga bo`linadi. Ayrim qishloq xo`jalik ekinlari o`rtasida olinayotgan mahsulot turlari uchun umumiy bo`lgan belgilaridan birining miqdoriy qiymatiga mutanosib taqsimlash metodi ham qo`llaniladi.
Fermer xo`jaliklarida dehqonchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblashda qishloq xo`jalik ekiniga sarflangan ishlab chiqarish xarajatlaridan noqulay ob-havo sharoitlari tufayli olingan mahsulotga taalluqli bo`lgan va belgilangan tartibda zararga o`tkaziladigan sug`urta tovonlari summasi istisno (faqat hisobga olishda) qilinadi.
Fermer xo`jaliklarida ekinlar (ekin turlari) bo`yicha dehqonchilik mahsulotining tannarxi quyidagilardan tarkib topadi:
A) don, paxta, kungaboqar urug`i-franko-dala (xirmon yoki dastlabki ishlov beriladigan joy);
B) somon, xashak-franko-saqlash joyi;
V) qand lavlagi, kartoshka, poliz ekinlari, sabzavot, qand lavlagi tugunchali, ildiz mevalar-franko-dala (saqlash joyi);
G) mevalar, rezavor, uzum, tamaki, maxorka va choy bargi dorivor efir moy ekinlari va gulchilik mahsulotlari, himoya qilingan er sabzavotlari-franko-qabul (asrash) joylari;
D) zig`ir-poxol, ivitilgan zig`ir poya qayta ishlash (xo`jalikda) joyi;
E) o`t, zig`ir, sabzavot va boshqa ekinlar urug`lari-franko-asrash joyi;
J) ozuqa uchun ko`k massa-franko-iste’mol joyi;
Z) silos, o`t uni, senaj, granula uchun ko`k massa, franko-silos bosish, senaj qilish (minora, zovur, o`ra) joyi, o`t uni, granula tayyorlash joyi.
Fermer xo`jaliklarida joriy yildagi dehqonchilik mahsulotining tannarxiga yig`ilgan, ammo yanchilmagan yoki yig`ilmagan ekinlar bo`yicha xarajatlar kiritilmaydi. Agarda yil oxirida dehqonchilikda yanchilmagan ekinlar bo`lsa, haqiqiy xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi. Fermer xo`jaliklarida yig`ishtirib yanchilgan va yig`ilgan, ammo yanchilmagan ekin bo`yicha sarflangan haqiqiy xarajatlarning umumiy summasidan mahsulotni yanchish va daladan olib kelish xarajatlari chegiriladi. Ana shundan keyin qolgan xarajatlar summasi yig`ishtirib yanchilmagan ekin o`rtasida gektarlar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Yig`ishtirib yanchilgan ekinlar mahsulotining haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadlarida yig`ishtirilgan ekinlarga sarflangan xarajatlar summasiga ularni yanchish, tashish bo`yicha xarajatlar qo`shiladi. Kelgusi yilda tannarxni hisoblashda yanchilmagan ekinlar va yig`ishtirish bo`yicha xarajatlar mahsulotni yanchish, tozalash va tashish xarajatlariga qo`shiladi.
Fermer xo`jaliklarida don va don chiqitlarning tannarxini aniqlash uchun, avvalo unga tegishli jami xarajatlarda somonning belgilangan qiymati chegirib tashlanadi, qolgan xarajatlar don va don chiqitlarining tannarxini tashkil etadi. Donning tannarxini aniqlash uchun don chiqitlari (laboratoriyada aniqlangan donning miqdoriga qarab) sof donga aylantiriladi. So`ngra ularga tegishli jami xarajatlar shartli don miqdoriga bo`linib 1ts donning tannarxi aniqlanadi.
Fermer xo`jaliklarida chorvachilik mahsulotlari dehqonchilik bilan bir qatorda qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo`lib hisoblanadi. U ixtisoslashuvidan qat’iy nazar, odatda, har bir xo`jalikda bo`ladi. Bu tarmoqqa qoramol, cho`chqachilik, qo`ychilik, parrandachilik, baliqchilik va shu kabilar taalluqlidir.
Fermer xo`jaliklarida chorvachilik bo`yicha xarajatlarni hisobga olish ob’ekti - chorvaning alohida turlari va guruhlaridir. Masalan, sutchilik yo`nalishidagi chorvachilikda xarajat ob’ektlari - asosiy poda, yosh qoramol, bo`rdoqiga boqilayotgan katta yoshli mol, go`sht yo`nalishida - asosiy poda, yosh qoramol, sakkiz oylikdan katta yosh qoramol va bo`rdoqiga boqilayotgan katta mol guruhlari bo`lib hisoblanadi
Fermer xo`jaliklarida chorvachilik bo`yicha ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishini hisobga olish bo`linmalari, fermalar, brigadalar va shu kabilar bo`yicha amalga oshirilishi kerak. Chorvaning turi va guruhlari bo`yicha xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo`ycha aks ettiriladi:
1. Ijtimoiy sug`urta ajratmalari va mehnatga haq to`lash xarajatlari;
2. Hayvonlarni himoya qilish vositalari;
3. Ozuqa;
4. Ish va xizmatlar;
5. Asosiy vositalarni asrash xarajatlari;
6. Ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari;
7. Sug`urta to`lovlari;
8. Boshqa xarajatlar;
9. Chorvaning nobud bo`lishidan yo`qotishlar.
Fermer xo`jaliklarida yil oxirida mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va haqiqiy hamda rejadagi tannarxi o`rtasidagi aniqlangan farq qo`shimcha buxgalteriya yozuvi orqali to`g`rilanadi, agarda haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan past bo`lsa, teskari (qizil) yozuv yoki rejadagi tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo`lsa, oddiy qo`shimcha yozuv qilinadi.
Fermer xo`jaliklarida chorvachilik mahsulotlari bo`yicha kalkulyatsiya ob’ektlari alohida mahsulot turlari, chorva bolasi, tirik vaznning ortgan (o`sgan) og`irligi hisoblanadi. Chorvachilikda xarajatlarining analitik hisobi mahsulot turlari bo`yicha emas, balki chorva turi va guruhlari bo`yicha yuritiladi. Chorvaning bir turi yoki guruhidan ikki va undan ko`prok mahsulot turi olinganda ularning tannarxi belgilangan tartibda aniqlanadi.
Xo`jaliklarda chorva va parrandalarni boqish uchun yil davomida sarf qilingan xarajatlarga yil boshidagi ularga tegishli tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko`shib, yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib chorva mahsulotlarining tanarxi aniqlanadi. Tirik vaznining tannarxi-hisobot yili boshidagi boquvda va o`stirishdagi hayvonlar va parrandalar qiymatiga yil davomidagi ularni boqish va o`stirish xarajatlari, chetdan, asosiy podadan boquvga o`tkazilgan hamda hisobot yilida tug`ilgan hayvon bolalari qiymatlarini qo`shib, ularning tirik vazniga bo`lishi asosida aniqlanadi. Bunda nobud bo`lgan chorva va parrandalarning qo`shilgan vazni (moddiy javobgar shaxslar aybi bilan nobud bo`lganlar mustasno) hamda boquvga qo`yilmasdan so`yilgan yoki sotilgan, brakka chiqarilgan katta yoshli hayvonlar vazni hisobga olinmaydi.
Xo`jaliklarda bo`rdoqiga boqilayotganda o`lgan (moddiy javobgar shaxslar aybi bilan o`lgan va ulardan undirib olinishi lozim bo`lganlardan tashqari) yosh va katta yoshli mol, parranda, quyon, g`vvoyi hayvon va asalari oilalarini hisobga olishda 2610 - “Ishlab chiqarishdagi brak” schyotida hayvon, parranda va asalari oilalari tur va guruhlarga ko`ra aks ettiriladi. Tabiiy ofatlar tufayli o`lgan yosh chorva, parranda, asalari oilalari, quyon va bo`rdoqiga boqilayotgan kata yoshli hayvon qiymati moliyaviy natijalarga kiritiladi.



Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə