Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʼllash tartibini buzish javobgarlikka sabab boʼladi



Yüklə 219,67 Kb.
səhifə1/7
tarix21.10.2023
ölçüsü219,67 Kb.
#129282
  1   2   3   4   5   6   7
Nazorat kassa mashinalari\'


Gazna ishlari, nazorat kassa texnikai va terminallar


Nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qoʼllash tartibini buzish javobgarlikka sabab boʼladi



Tadbirkorlik subʼektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga taqdim qilingan xarid chekida tovarlar nomi, miqdori, qiymati (narxi), summasi, qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlganda qoʼshilgan qiymat soligʼi stavkasi va summasi, shuningdek QR-kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi. Ushbu maʼlumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.


Toʼlov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qatʼiy nazar xaridorga fiskal chek berilishi lozim.
Nazorat-kassa texnikasini qoʼllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos boʼladi.
Yaʼni, bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali toʼlovlarni qabul qilishni rad etganlik — besh million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
Soliq organlarida roʼyxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qoʼllagan yoki sotib oluvchiga kvitantsiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, — yetti million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq toʼlovchi tomonidan foydalanilishi, — yigirma million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.
Texnik talablarga muvofiq boʼlmagan yoki xizmat koʼrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, — yigirma million soʼm miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

Yüklə 219,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə