Bibliografiya lat p65



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/108
tarix13.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102394
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108
Библиография

Òanlangan asarlar
bir yoki bir necha jildlik bo‘lishi mumkin.
Asosan, bir muallif ijodiga oid bo‘ladi. Bu to‘plam mazmunini
bir yoki bir necha yo‘nalishdagi eng muhim asarlar tashkil etadi.
Masalan, A. Qahhorning 3 jildlik „Òanlangan asarlari“, Ò.
Malikning 3 jildlik „Òanlangan asarlari“, M. Qoriyevning 3 jildlik
„Òanlangan asarlari“, Oybekning „Òanlangan asarlari“va hokazo.


39
Ularda muallifning turli yillarda ma’lum bir yo‘nalishda yaratgan
asarlari yoki eng sara asarlari jamlanadi.
Asarlar to‘plami
muallifning jami ijodini yoki uning bir
qismini jamlashtiradi. Shunga ko‘ra to‘la asarlar to‘plami, asarlar
to‘plami, asarlar deb turlanadi va bir yoki bir necha jilddan
iborat bo‘ladi.
Òo‘la asarlar to‘plami qoidaga ko‘ra muallifning butun ijodini
yoki adabiy merosini qamrab oladi. Unda tugallangan asarlari,
maqolalari, xatlari, tarjimalari, nashrga tayyorlagan materiallari,
qo‘lyozmalari, konspektlari, eslatmalari ham beriladi. Bu
kitobxonga va tadqiqotchilarga muallif ijodini mukammal
o‘rganishga, to‘la tanishishga yordam beradi. Nodavriy nashrlar-
ning asosiy qismi yordamchi ilmiy-ma’lumot apparati bilan
ta’minlanadi. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydalanish shunchalik
oson bo‘ladi. Ilmiy-ma’lumot apparatlari kitobxonga nashr
tuzilishi, tarkibi, mazmuni bilan chuqurroq tanishish imkonini
beradi. Bular kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija, so‘nggi so‘z,
izohlar, eslatmalar, sharhlardan iborat. Ilmiy-yordamchi
apparatga yordamchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bular ismlar, xrono-
logik, predmet, geografik ko‘rsatkichlardir. Ular ma’lumotlarni
tez topishga, qidirishga, mazmunni ochib berishga yordam
beradi.
Vaqtli matbuot nashrlarining klassifikatsiyasi
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari ishiga alohida
e’tibor bilan qaraladi, chunki ayni shu to‘rtinchi hokimiyat deb
yuritiluvchi vositalar ommani dunyo miqyosidagi va mamla-
katimiz ichidagi siyosiy ahvol, madaniy-ma’rifiy yangiliklar,
voqealar, fan, texnika taraqqiyoti, kashfiyot va ixtirolar bilan
tanishtiradi, kishilarni ularda faol ishtirok etishga jalb qiladi,
badiiy, estetik didining shakllanishiga yordam beradi. Vaqtli matbuot
nashrlari ommaviy axborot vositalari va, umuman, axborot
resurslari orasida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimizda 120 dan
ortiq nomda o‘zbek, qozoq, tojik, rus tillarida gazeta va jurnallar
turli yoshdagi iste’molchilarga mo‘ljallanib nashr etiladi. Nashrning
har bir chiqishida uning nomi, qachondan boshlab chiqa
boshlagani, sanasi, tartib raqami, ta’sischi tashkilot nomi,
muharrir ism-sharifi, bosishga ruxsat etilgan sana, har bir
chiqish soni uchun javobgar shaxs, nashrning indeks raqami,


40
tahririyat va bosmaxona nomi, manzili, telefon va faks raqami,
bahosi ko‘rsatiladi.
Gazetalarning
chiqish sonlari va vaqti turlicha: haftalik,
kunlik, bir haftada bir necha marta chiqadigan gazetalar. Masalan,
„Afandi“, „Oila va jamiyat“, „Ma’rifat“, „Òàøêåíòñêàÿ
íåäåëÿ“, „Vatanparvar“, „O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati“,
„Darakchi“ gazetalari haftalik, „Òoshkent oqshomi“, „Âå÷åðíûé
Òàøêåíò“, „Xalq so‘zi“, „Íàðîäíîå ñëîâî“ gazetalari kunlik.
Gazetalar hududiy qamrab olish darajasiga ko‘ra respublika,
viloyat, shahar yoki tuman gazetalariga, mazmuniga ko‘ra universal
va ixtisoslashtirilgan gazetalarga ajratiladi. „Ma’rifat“ va
„Ó÷èòåëü Óçáåêèñòàíà“ gazetalari o‘qituvchilar uchun mo‘l-
jallangan va ixtisoslashgan. Gazetalar kundalik voqealar, sanalar,
muhim yangiliklar haqida axborot beradi, shuning uchun undagi
ma’lumotlar tez eskiradi va tezkor tarqatishni talab qiladi.
„O‘zbekiston ovozi“ gazetasi O‘zbekiston Xalq Demokratik
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə