Bibliografiya lat p65


Guruhli bibliografik axborotlashtirish



Yüklə 371,14 Kb.
səhifə81/90
tarix19.04.2023
ölçüsü371,14 Kb.
#106141
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
s

Guruhli bibliografik axborotlashtirish


Guruhli bibliografik axborotlashtirish —axborotga bo‘lgan ehtiyojga ko‘ra bir guruhni tashkil etadigan kitobxonlarni bibliografik axborot bilan muntazam ta’minlab borish. Ommaviy kutubxonalarda tadbirkorlar, ijtimoiy soha vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari, tabiatshunoslar, ekologlar va boshqa guruhlar. Guruhli bibliografik axborotlashtirish vaqtiga ko‘ra doimiy yoki vaqtinchalik bo‘ladi, mazmuniga ko‘ra tarmoqlararo, mavzuli, muammoli-mavzuli bo‘ladi. U kundalik yoki retrospektiv xarakterga ega. Anketa o‘tkazish, suhbatlar olib borish, talablar yig‘ish orqali muntazam ravishda aniq kitobxonlar guruhining axborotga bo‘lgan ehtiyoji yig‘ilib, tahlil qilib, o‘rganib boriladi. So‘ng uni o‘tkazish vaqti, axborot bilan ta’minlash tartibi belgilanadi: ketma-ketligi, kuni, vaqti va boshqalar.
Guruhli bibliografik axborotlashtirishning turli shakllari mavjud: yangi hujjatlarning tarmoq va mavzuli ro‘yxatlari, mavzuli yoki kompleks ko‘rgazmalar, mavzuli bibliografik sharhlar, axborot stendlari, mavzuli papkalar, mutaxassis kunlari, axborot xizmati yoymalari va boshqalar.
Mavzuli ko‘rgazmalar yoki ko‘riklar retrospektiv xarakterga ega bo‘ladi. Ko‘chma ko‘rgazmalar qaysi tashkilotda tashkil etilsa, o‘sha joy rahbariyati bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshadi. Og‘zaki bibliografik sharhlar ham alohida olingan kitobxonlar guruhi uchun o‘tkaziladi va muhim ahamiyatga ega. Uni ko‘rik-ko‘rgazmalar vaqtida o‘tkazish yaxshi samara beradi, uning matnini saqlab qolib, boshqa kutubxonalarga foydalanish uchun berish ham mumkin. Boshqa kutubxonalar fondidan, internet orqali yoki elektron ma’lumotlar bazasidan olingan axborot hujjatlari asosida mavzuli papkalar, axborot-bibliografik to‘plamlar, o‘lkashunoslik mavzusidagi to‘plamlar tashkil etiladi.
Mavzuli axborot kunlari ham guruhli axborot berishda katta ahamiyatga ega va qiziqarli tadbir hisoblanadi. Uning maqsadi— mavzuga oid keng qamrovli adabiyotlarni namoyish etish, ular haqida ma’lumot berish va targ‘ib qilish. Mutaxassis kunlari avvaldan tayyorlangan reja asosida olib boriladi. Asosiy vazifa mutaxassislarni eng yangi zamonaviy axborot va kutubxonachilikbibliografik resurslar bilan tanishtirishdir. Mutaxassis kunlari dasturida tadbir haqida qisqacha so‘z, mutaxassis ma’ruzasi, maxsus adabiyotlar sharhi, yangi ilg‘or tajribalar haqida fikr almashish, tajriba almashish, ko‘rgazma, maqolalar muhokamasi, axborot qidiruvi haqida maslahat va boshqa tadbirlar aks etadi. Zamon talabidan kelib chiqqan holda axborot resurs markazlari, kutubxonalar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, mahalla qo‘mitalariga, xotin-qizlar bo‘limlariga, sog‘lom avlod, oila jamiyatlariga ularning ish faoliyatida zarur tadbirlar uchun axborot xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar.

Yüklə 371,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə