Bibliografiya lat p65


Bosma mahsulotlarni nashr etish. Nashriyotlar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/161
tarix13.04.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#85417
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161
bibliografiya

Bosma mahsulotlarni nashr etish. Nashriyotlar
1917- yilgi inqilobdan so‘ng hukumat hamma tushunadigan
tilda, usulda adabiyotlar nashr qilish, ayniqsa, savodni chiqarish
uchun zarur manbalarni nashr etish vazifasini ilgari surdi. Bu
esa ana shunday kitoblarni nashr etadigan nashriyotlar zarurligini
taqozo qildi. 1918- yili Òurkiston Respublikasi Maorif ijroiya
qo‘mitasining huzurida matbuot byurosi tuziladi va uning zimmasiga
matbaa sanoatiga rahbarlik qilish vazifasi topshiriladi. 1919- yil
oktabrida davlat nashriyotini ta’sis etish haqida qaror qabul
qilindi. 1920- yil mart oyida u rasman tasdiqlandi. 1920 — 21-
yillarda 1100 nomda 5373 ta kitob nashr etiladi. Òurkiston davlat
nashriyoti negizida 1925- yil fevral oyida O‘zbekiston davlat
nashriyoti — O‘zdavnashr tashkil etildi. 1925- yil 3- fevralda sobiq
O‘zbekiston inqilobiy qo‘mitasi O‘zdavnashr Nizomini tasdiqladi
va u qonuniy kuchga kirdi. Nashriyot poytaxt — Samarqandda
joylashgan edi.
1935- yildan ixtisoslashtirilgan nashriyotlar ajralib chiqa
boshladi. 1936-yil iyunida O‘zdavnashrning o‘quv adabiyotlari
tahririyati negizida O‘quvpeddavnashr, qishloq xo‘jaligi tah-
ririyati negizida Qishloq xo‘jaligi adabiyotlari davlat nashriyoti,
1938- yilga kelib, Meditsina, Bolalar va o‘smirlar adabiyoti
nashriyotlari, 1939- yilda yana 3 ta nashriyot hamda badiiy
adabiyot nashriyotlari tashkil etiladi. 1939- yilga kelib, O‘zbe-
kistonda 2 ta ko‘p sohali — O‘zdavnashr va Qoraqalpoq-
davnashr, 9 ta ixtisoslashgan nashriyot faoliyat olib boradi.
Nizomga ko‘ra „O‘zdavnashr“ga 45 kishidan iborat Pravleniye
rahbarlik qildi. Pravleniyening raisi sifatida iste’dodli va yetuk
bilimli ma’rifatparvar Saidahmad Nazirov ish olib borgan.
Undan keyin Ilyos G‘iyosxo‘jayev rahbarlik qiladi. O‘sha davrda
respublikamizda aniq fanlarga oid original asarlar yo‘qligi sababli
tarjima asarlarni nashr etishga ko‘proq e’tibor beriladi. 1926- yili


45
Ishchi dehqon taqvimini nashr etishga qaror qilindi, O‘rta
Osiyoning o‘quv xaritasini chop etish kun tartibiga qo‘yildi,
1931- yilgi nashriyot kengashida bolalar adabiyoti, texnikaga oid
adabiyotlar, o‘sha payt uchun zarur bo‘lgan savodsizlikni tuga-
tishga yordam beruvchi adabiyotlar nashrini kengaytirish,
atamalarni tartibga keltirish va nashr etish, ularning sifatini
yaxshilash maqsadida taqriz berish ishini yo‘lga qo‘yish masalasi
ko‘rib chiqildi va mahalliy aholi vakillari ko‘proq jalb etila
boshlandi. Natijada o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida
arab, adabiyotlar nashr etish boshlandi. Bosma nashrlar avval,
1927- yildan lotin, 1939- yildan yana kirill alifbosida nashr etildi.
Davlat rahbarlarining nutqlari, maqolalari, turli ijtimoiy-siyosiy
kompaniyalarga bag‘ishlangan rasmiy materiallar, Fitrat,
Cho‘lpon, Xurshid, A. Qodiriy, Oltoy, Botu asarlari, qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish, ayniqsa, paxtachilikka oid adabiyotlar
nashr etishga keng o‘rin ajratildi. Qishloq hayoti, undagi
o‘zgarishlar, yangiliklar, qishloq aholisi madaniy saviyasining
o‘sishi, turmush tarziga oid adabiyotlar, qishloq xo‘jalik xo-
dimlari, ayniqsa, dehqonlar uchun maslahatlar nashr etila
boshlandi. O‘zbekiston xalqlari tarixi, milliy davlatchilik, milliy
va madaniy meros, filologiya, tilshunoslik masalalariga oid kitob
va risolalar chiqarildi. „Matematika va fizikaga oid atamalar“,
„Ximiya va botanika atamalari“, „Geografiya atamalari“ kabi aniq
fanlarga oid ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar, qishloq xo‘jaligiga oid
ruscha-o‘zbekcha lug‘at, onalarga maslahatlar, sog‘liqni saqlash
yacheykalari, „Qizaloq“ nomli turkum nashrlar, Sharq astro-
nomiyasi tarixi, O‘rta Osiyo tarixi, Fan mo‘jizalari singari
nashrlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1925- yili birinchi o‘zbek
romanlari —„O‘tkan kunlar“, 1929- yili „Mehrobdan chayon“
romani nashr etildi. 1925 — 40- yillarda badiiy tarjima
asarlarining nashriga alohida e’tibor berildi. V. Shekspirning
„Xamlet“, „Otello“, M. Gorkiy, Pushkin asarlari nashrdan
chiqdi. Urush arafasi yillarida ixtisoslashtirilgan nashriyotlar
tugatilib, 3 ta nashriyotga birlashtirildi: O‘zdavnashr, Qoraqal-
poqdavnashr va O‘zbekiston FA nashriyoti. Urush boshlanishi
bilan asosiy e’tibor mamlakatda siyosiy birlikni mustahkamlash,
ommani vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadigan,
jangchilarni yuksak g‘oyaviylik, siyosiy hushyorlikka chaqira-
digan hajmi kichik va bichimi qulay asarlarga, omma uchun
adabiyotlarga, mudofaa mavzusidagi adabiyotlarga qaratildi.


46
G‘. G‘ulom, H. Olimjon, Oybek, Mirtemir, K.Yashin, Zul-
fiya, M. Shayxzoda asarlari dastlab shu yillarda nashr etildi.
H.Olimjonning „Qo‘lingga qurol ol!“ „Ishonch“ she’riy to‘p-
lamlari, „Muqanna“ nomli tarixiy dramasi, G‘. G‘ulomning
„Sen yetim emassan“, Zulfiyaning „Hijron kunlarida“, „Uni
Farhod der edilar“, Uyg‘unning „G‘azab va muhabbat“,
Shayxzodaning „Ko‘ngil deydiki“, H. G‘ulomning „Haykal“
she’riy to‘plamlari nashrdan chiqdi. O‘zbek tiliga tarjima qilingan
A. Gaydarning „Temur va uning komandasi“, A. Pervensevning
„Volodka — partizan o‘g‘li“ kabi asarlari nashrdan chiqarildi.
Urushdan keyin xalqning madaniy darajasini oshirishga mo‘ljal-
langan bilimning barcha sohalariga oid ommabop adabiyotlar
nashr etish kuchaytirildi. 1950- yillarga kelib mamlakatda 7 ta
nashriyot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1960- yilda ular soni 10
taga yetdi. „O‘zdavnashr“ zimmasiga endi, asosan, ijtimoiy-
siyosiy, qisman ishlab-chiqarish, texnika, qishloq xo‘jaligi
masalalariga oid adabiyotlar nashr etish topshirildi. 1947- yilda
71 nomda ijtimoiy-siyosiy adabiyot nashr etilgan bo‘lsa, 1958-
yilda ular 130 taga yetdi. O‘zbekistonni industrlashtirish,
elektrlashtirish, respublika tarixi, madaniyati, xalqlar do‘stligi
qardoshligiga oid ko‘plab ilmiy-ommabop nashrlar yuzaga keldi.
1950- yillarga kelib mamlakatda texnikaning taraqqiy etishi
uchun olib borilgan kurashlar, ixtirolar, kashfiyotlar, yangi
texnik ilg‘or ish tajribalarini korxonalarda joriy etish, tarix,
falsafa, adabiyotshunoslik masalalariga oid nashrlar ham
bosmadan chiqarildi. 1946 — 1958- yillarda qishloq xo‘jaligi
masalalariga oid umumiy adadi 10 mln nusxa bo‘lgan 900 dan
ortiq kitob va risolalar chiqarildi.
„O‘zdavnashr“ning o‘quv-pedagogik adabiyotlari tahririyati
negizida O‘quvpeddavnashr tashkil etilgandan so‘ng o‘quv
adabiyotlari nashriga e’tibor kuchaydi. 1960- yil u „O‘rta va oliy
maktab“, 1964- yili „O‘qituvchi“ deb ataldi. 1957- yili O‘zbekis-
ton davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958- yili Meditsina
nashriyoti, 1960- yili „Yosh gvardiya“ nashriyoti tashkil etildi.
1964- yili O‘zbekiston Davlat Matbuot qo‘mitasining 6- iyun-
dagi buyrug‘iga ko‘ra O‘zdavnashr „O‘zbekiston“ nashriyoti deb
nomlandi. 1970- yilga kelib, undan yana „Mehnat“ va „Ka-
malak“ nashriyotlari ajralib chiqdi. Bu yillarga kelib, nashriyot-
larda vazifalarni oydinlashtirish, tahririyatlarni ixtisoslashtirish
jarayoni nihoyasiga yetdi. Nashriyotlar faoliyatiga kitoblarning


47
mazmuni va badiiy jihatdan sifatini oshirish maqsadida, zarur
adabiyotlarni nashr etishni tezlashtirish maqsadida olimlar,
jamoat arboblari, san’at arboblari, o‘sha paytdagi hukumat
rahbarlari ham jalb etildi. Ijtimoiy-iqtisodiy adabiyotlar tahriri-
yati Òarix instituti, Iqtisodiyot instituti, ÒoshDU, ÒDPIning,
Xalq xo‘jaligi institutining „Falsafa“, „Tarix“, „Siyosiy iqtisod“
kafedralari bilan uzviy bog‘liqlikda ish olib borishdi. Paxtachilik,
qishloq xo‘jaligi adabiyotlari tahririyati Butunittifoq paxtachilik
ilmiy-tadqiqot instituti, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot
instituti, O‘rta Osiyo iðakchilik ilmiy-tekshirish instituti va
boshqa ilmiy hamda o‘quv muassasalari bilan hamkorlik qildi.
Ilmiy-ommabop adabiyotlar tahririyati „Bilim“ jamiyati,
FAning tarmoq institutlari bilan hamkorlik qildi. „Targ‘ibotchi
kutubxonasi“, „Ilg‘orlar minbari“, „Fan — qishloq meh-
natkashlariga“, „Ilg‘or tajriba — ommaga!“ „Vatanga ko‘proq
paxta beraylik“ kabi ruknlar nashr etila boshlandi, ma’lu-
motnomalar nashri kengaydi. Payvandchilar uchun, hay-
dovchilar uchun, chorvachilikni mexanizatsiyalash bo‘yicha,
qishloq xo‘jaligida zaharli ximikatlarni qo‘llash bo‘yicha
ma’lumotnomalar chiqdi. 1980- yillarda siyosiy mavzudagi
adabiyotlar nashri yana kengaydi, mamlakatda yuz bergan qayta
qurish, uning mazmuni, mohiyati, tamoyillari, sabablari,
uning ta’siri, demokratiya, oshkoralik kabi kunning muhim,
dolzarb masalalariga oid ko‘plab adabiyotlar ham nashr etildi.
1986- yil nashriyotning rejasi qayta ko‘rib chiqildi. „Ijtimoiy
adolat uchun“, „Xo‘jalik hisobi o‘z amrini o‘tkazmoqda“,
„Yangilanish“, „Dastlabki odimlar“ kabi matbuot to‘plamlari
chiqdi. 1990- yil Partiya tarixi institutining tarjima bo‘limi butun
shtati bilan „O‘zbekiston“ nashriyotiga o‘tkazildi. 1991- yildan
nashriyot zimmasiga oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini chiqarish vazifasi yuklatildi.
Mustaqillik yillarida nashriyot yanada takomillashdi, o‘zini
o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tildi. Òahririyatlar qisqartirildi,
tarixiy va madaniy merosni chuqur o‘rganishga oid adabiyotlar
chiqa boshladi. O‘zbekiston Respublikasining qonuniy xuj-
jatlar to‘plami, Konstitutsiya bir necha marta, I.A. Karimovning
asarlari, ichki va tashqi siyosat, mamlakatimizning boshqa
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligiga oid adabiyotlar,
„O‘zbekiston respublikasi“ nomli ma’lumotnoma o‘zbek va rus
tillarida chiqarildi. „Madaniy qadriyatlar“, „Ijodiy meros


48
masalasi“, „O‘zbek xalq dostonlari“ kutubxonasi tashkil etildi.
Unda „Alpomish“ dostonining 2 ta to‘liq nashri, darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, chet tillarni o‘rganishga oid qo‘llanmalar,
masalan, arab tili, fransuz tili, ingliz tili darsliklari, o‘zbek
adabiyoti tarixi, O‘rta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrning
shakllanishi va rivojlanishi, hayot falsafasi, til va madaniyat
masalalariga oid adabiyotlar nashr etildi. Nashriyot yangi
zamonaviy texnologiya bilan, harf terish mashinasi bilan
ta’minlandi. Nashriyotning o‘zida harf terish korxonasi ish
boshladi. Chet el korxonalari bilan hamkorlik kuchaydi.
Òurkiyaning „Remaksa-LTD“ shirkati bilan hamkorlikda
„O‘zbek-Remaksa“ qo‘shma korxonasi ochildi, uning maqsadi
o‘zbek va turk xalqlarini bir-birining madaniy merosi bilan
tanishtirish, xorijiy zamonaviy texnologiyalarni kiritish, jahon
talablariga mos keladigan adabiyotlarni nashr etishdan iborat.
Shunday hamkorlik natijasida Xiva va Qashqadaryo fotoalbomlari
Istambulda nashr etildi. Òurkiyadan matbaa bo‘yoqlari, Finlan-
diyadan esa a’lo sifatli qog‘ozlar keltirildi. Kitoblarni tarqatish
bo‘yicha „Noshir“ jamiyati, „O‘zbek-Remaksa“ qo‘shma
korxonasi, „Rautar“ kichik korxonasi, „Mersedes“ qo‘shma
korxonasi yordam beradi. Nashriyot oldi-sotdi shartnomalari
asosida va naqd pulga kitob tarqatish bilan shug‘ullanadi. Yana
zamonaviy usul — mavoza (barter) qo‘llaniladi.
„O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997- yil
20- martdagi qarori bilan O‘zbekiston respublikasi Matbuot va
axborot agentligi tizimida O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi,
soha ensiklopediyalari, izohli va ko‘p tillik lug‘atlar, ma’lumot-
nomalarni tayyorlash va nashr etish maqsadida tashkil etildi.
Bundan tashqari nashriyot xalqimizning tarixiga, milliy qadri-
yatlariga, madaniyati va san’atiga, tibbiyot, sog‘lom avlod,
onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga oid ijtimoiy-
siyosiy, badiiy va o‘quv adabiyotlarini ham nashr etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 11- iyundagi qaroriga
ko‘ra A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn
Sino nomidagi Òibbiyot nashriyoti qo‘shildi. Nashriyotda 11 ta
ilmiy tahririyat va bo‘lim, shuningdek, o‘quv adabiyotlari va
tezkor nashrlar tahririyati, sport va turizm tahririyati, ishlab-
chiqarish, dizayn, kompyuter va boshqa xizmat bo‘limlari
mavjud. Nashriyotga jamoatchilik asosida ishlaydigan Bosh


49
tahririyat ilmiy-metodik rahbarlik qiladi. Uning vazifasi
O‘zMEning g‘oyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini oshi-
rishda, maqolalar mezonini belgilashda, so‘zliklarni tasdiqlash,
murakkab va munozaraga sabab masalalarni hal etishda
qatnashish, har bir jild materiallarini ko‘rib chiqib, nashrga
tavsiya etishdan iborat. Har bir ilmiy tahririyat qoshida fan
sohalari bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga qarashli Ibn Sino
nomidagi Tibbiyot nashriyoti 1959- yil O‘zbekiston davlat
Tibbiyot nashriyoti sifatida tashkil topgan. 1964- yildan
„Meditsina“ nashriyoti deb nomlangan. 1990- yildan Oliy va o‘rta
maxsus o‘quv yurtlari uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari,
tibbiyotga oid ilmiy asarlar, shifokorlar uchun amaliy qo‘l-
lanmalar, sanitariya maorifi bo‘yicha ommabop tibbiy adabiyot,
lug‘at, ma’lumotnomalar, plakatlar va boshqa turdagi
adabiyotlar nashr etadi. 2004- yildan O‘zbekiston milliy ensik-
lopediyasi nashriyoti tarkibiga qo‘shildi.
Adabiyot va san’at nashriyoti 1957- yilda O‘zbekiston davlat
nashriyoti adabiy-badiiy bo‘limlari negizida O‘zbekiston davlat
badiiy adabiyot nashriyoti degan nom bilan tashkil etilgan. 1964-
yilda „Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti“ nomi berilgan.
1966- yil G‘afur G‘ulom nomi berildi. 1970- yildan o‘zbek
adabiyoti va folklor, adabiyotshunoslik masalalariga oid
adabiyotlar nashr etadi. O‘zbekistonda badiiy asarlar nashr
etishda muhim o‘rin tutadi. Hozirda mumtoz adabiyotimiz
namunalarini, xorijiy mumtoz asarlarning o‘zbek tiliga tar-
jimalarini nashr etishga alohida o‘rin ajratgan. 2010 yildan
nashriyot va bosmaxona birlashtirilib, G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi deb atalmoqda. Keyingi yillarda
maktab o‘quvchilari, o‘rta-maxsus kasb-hunar kollej va
litseylari, oliy o‘quv yurtlari uchun adabiyotlar nashr et-
moqda.
„Fan“ — O‘zFA ilmiy nashriyoti 1934- yilda O‘zbekiston Fan
qo‘mitasi huzurida bo‘lim sifatida tashkil etildi. 1943 — 63- yillar
FA nashriyoti, 1964 — 66- yillar „Íàóêà“ nashriyoti, 1966-
yildan „Fan“ nashriyoti deb ataldi. 1940- yil maxsus bosmaxonasi
ishga tushirilgan. Nashriyot O‘zFA tizimidagi institutlarning ilmiy-
tadqiqot ishlari natijalari, to‘plamlar, monografiyalar, ilmiy-
ommabop risolalar, mukammal va tanlangan asarlar hamda jo‘r
maqolalari tarzida ilmiy jamoatchilikka va ommaga yetkazib beradi.


50
Mumtoz va zamonaviy adabiyot namoyondalarining mukammal
asarlari, akademik nashrlari, bilimning hamma sohasi bo‘yicha
yirik ilmiy nashrlarni chiqaradi. Masalan, Alisher Navoiy
asarlarining mukammal 20 jildligi, oldingi 15 jildlik va rus tilidagi
10 jildlik asarlar to‘plami, Oybek asarlari to‘plamini eslatib
o‘tish mumkin. Shuningdek, u „Fan va turmush“, „Gelio-
texnika“, „O‘zbekiston tarixi“, „O‘zbekiston fizikasi“, „Mexanika
muammolari“, „Informatika va energetika muammolari“,
„O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“, „O‘zbekiston biologiya jurnali“,
„O‘zbekiston Kimyo jurnali“, „O‘zbekiston FA ma’ruzalari“,
„O‘zbek tili va adabiyoti“, „Farmatsevtika“ jurnallarini nashr
etadi. 1986- yil 1- oktabrdan boshlab G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyotining bolalar va o‘smirlar adabiyoti
bo‘limi bolalar va o‘smirlar uchun adabiyotlar nashr qiluvchi
nashriyot sifatida „Yulduzcha“ nomi bilan ajralib chiqdi. O‘rta
Osiyo respublikalarida birinchi bo‘lib 50 jildlik, har bir jildi
25 — 30 bosma taboqqa mo‘ljallangan „Jahon bolalari adabiyoti“
rukni tashkil etildi. Pushkin, Lermontov ijodidan, Alpomish
dostonlari, Rustamxon asarlari nashr etildi. 1992- yil unga
„Cho‘lpon“ nomi berildi va 2004- yil nashriyot va bosmaxona
birlashtirilib, nashriyot-matbaa ijodiy uyi deb ataldi, „Ming bir
sarguzasht“, 30 jilddan iborat „Jahon xalq ertaklari“ ruknida
arab xalq ertaklari, rus xalq ertaklari, hind xalq ertaklari va
boshqa adabiyotlar nashr qildi. 1991- yildan o‘zbek adabiyoti,
hamdo‘stlik davlatlari xalqlari adabiyoti, tarix va huquqshunoslik,
tibbiyot, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik, estetika, qishloq
xo‘jaligiga oid, ma’lumotnoma adabiyotlari, o‘quv adabiyotlari,
„Spitamen“, „Ibn Sino“ kabi tarixiy romanlar, bolalar uchun
adabiyotlar, bog‘cha va boshlang‘ich sinflar uchun „Ertaklar
dunyosi“, „Qiziq kitobcha“, „Bog‘chaga-do‘mboqchaga“, „Far-
zandlar baxti taronasi“, „Ma’naviyat va qadriyat“ ruknidagi
kitoblar, „Bolalar adabiyoti do‘stligi“, „Inson axloq-odobi“
ruknidagi adabiyotlar nashr etildi.
„Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi — gazeta-
jurnallar, bosma nashrlar chop etadigan kompleks. Respublika
miqyosidagi rangli jurnallar, yumshoq va qattiq muqovali kitoblar,
risolalar, yorliqlar, fotoalbomlar, tasviriy san’at mahsulotlarini
nashr qiladi. 1921- yilda bosmaxona sifatida tashkil topgan va
1924- yilda „Ñðåäàçêíèãà“ nashriyotiga va „Qizil O‘zbekiston“
gazetasining bosh idorasiga aylantirildi. 1947- yilda bosmaxona


51
bilan birlashtirilib „Qizil O‘zbekiston“, „Ïðàâäà Âîñòîêà“ va
„O‘zbekistoni Surh“ gazetalari birlashgan nashriyoti deb qayta
tashkil topadi. 1991- yildan O‘zbekiston respublikasi Prezidenti
devonining Ishlar boshqarmasi huzuridagi „Sharq“ nashriyot-
matbaa konserniga aylantirildi. 2002- yil oktabr oyidan boshlab
„Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi deb nom-
landi. Kompaniyada 1991- yil 9- sentabrda Bosh tahririyat tashkil
etiladi. Kompaniyaning tarkibiga „Andijon“ nashriyot-matbaa,
„Ishlab chiqarish tijorat markazi“ tarmoq aksiyadorlik jamiyati
hamda „Ovqatlanish va savdo kombinati“ kiradi.
O‘zbekiston respublikasi Matbuot va axborot agentligi
tizimidagi „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi 1936- yili
„O‘quvpeddavnashr“ nomi bilan tashkil etilgan. 1950 — 59 yillarda
yana shu nom bilan, 1941 — 49- yillarda O‘zbekiston davlat
birlashgan nashriyoti tarkibida faoliyat yuritgan. 1960- yildan
„O‘rta va oliy maktab“, 1964- yildan „O‘qituvchi“ nomi bilan,
2004- yildan „O‘qituvchi“ nashriyoti va Òoshkent kitob-jurnal
fabrikasi negizida „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil
etildi. U barcha turdagi umumta’lim maktablari, akademik
litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchi va o‘qituvchilariga, oliy
va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalariga, maktabgacha tarbiya
muassasalari xodimlariga, ota-onalarga mo‘ljallab darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy qo‘llanmalar, turli xil lug‘at va
ma’lumotnomalar, bolalar uchun adabiyotlar va boshqa turdagi
xilma-xil adabiyotlarni nashr etadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə