Mavzu: elektron hukumat reja: “Elektron hukumat” tushunchasi va maqsadi



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü25,46 Kb.
#130917
  1   2   3
elektron hukumat


MAVZU: ELEKTRON HUKUMAT

Reja:
1.“Elektron hukumat” tushunchasi va maqsadi
2.Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda "Elektron hukumat" tizimining faoliyati.

1.Elektron hukumat tushunchasi va maqsadi.
Elektron hokum at - barcha ham “ichki”, ham “tashqi” aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish Aloqa (lotincha communicatio – umumlashtiraman, bogʻlayman) kibernetikada – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyalar mavjud.

Kibernetika (yun. kybernetile - boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan.



Bugungi kunda "elektron hukumat“ tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.

Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.

Elektron hukumat” tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda ItaliyaNorvegiyaSingapurAvstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va boshqalar) shugʻullandilar.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat tizimi ham).
1)G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga;
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.



Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə