Binar fayllarga



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü1,62 Mb.
#183555
1   2   3   4   5
binar fayl

Bir nechta sonli fayllar bilan ishlash. Arxiv-fayllar

File48. Bir xil turdagi va bir xil o’lchamdagi SA, SB, SC butun sonlar fayli va SD satr berilgan.Yangi SD nomli fayl hosil qilinsin va unda elementlar boshlang’ich fayl elementlari bir xil nomerlilari bilan joylashsin:
A1, B1, C1, A2, B2, C2……


File49. Bir xil turdagi va bir xil o’lchamdagi SA, SB, SC,SD butun sonlar fayli va SE satr berilgan. Yangi SE nomli fayl hosil qilinsin va uning elementlari boshlang’ich fayl elementlarining bir xil nomerlilari bilan joylashsin. (File48 masaladagi kabi).

File50. Haqiqiy sonlar o’sish tartibida S1 va S2 fayllariga joylashgantirilgan. Shu fayllarni yangi S3 fayliga shunday birlashtirilsinki natijada elementlar yana o’sish tartibida joylashsin. Ya’ni S1 faylda (1 2 3) S2 faylda (4 5 6) joylashgan bo’lishi mumkin. Yoki aksincha S1 faylda (4 5 6) S2 faylda (1 2 3) joylashgan. Har ikkala holda ham S3 fayl elementlari (1 2 3 4 5 6) tartibida bo’lishi kerak.

File51. Elementlari kamayish tartibida joylashgan S1, S2, va S3 haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayllarni yangi S4 faylga shunday birlashtirilsinki natijada elementlar yana kamayish tartibida joylashsin. (File50 masalasiga qarang)

File52. S0 satri, butun N(<=4) soni va S1,…,SN nomli N ta butun sonlar fayli berilgan. Ularning tarkibini quyidagi formatdan foydalangan holda S0 nomli yangi fayl-arxivda birlashtirilsin: fayl arxivning birinchi elementi sifatida N soni, keyingi N ta elementi esa har bir boshlang’ich fayllarning o’lchami (elementlar soni) va ulardan so’ng ketma ket har bir boshlang’ich fayllarning berilganlari joylashtiriladi.

File53. S satr, butun N(>0) soni va File52 masalada berilgan formatdagi bir nechta fayllar berilganlarini saqlovchi butun sonlar fayl-arxivi berilgan. Fayl-arxivdan N nomerli fayl tiklansin va S nomi bilan saqlansin. Agar fayl-arxiv N fayldan kam bo’lsa , u holda natijaviy fayl bo’sh holda qoldirilsin.

File54. S satr, butun N (>0) soni va File52 masalada berilgan formatdagi bir nechta fayllar (6 tadan ko’p bo’lmagan) berilganlarini saqlovchi butun sonlar fayl-arxivi berilgan. Arxivda saqlanuvchi har bir fayl uchun uning barcha elementlarini o’rta arifmetigi (haqiqiy son) topilsin va topilgan sonlarni (tartibini buzmagan holda) S nomli haqiqiy sonlar fayliga yozilsin.

File55. S0 satr, butun N (<=4) soni va S1,…,SN nomli N ta butun sonlar fayli berilgan. Ularning tarkibini yangi S0 nomli fayl-arxivga ketma-ket quyidagicha berilganlari yozilsin: birinchi boshlang’ich

ebook:file.html 25/12/2023
C++ da dasturlash asoslari Page 4 of 6

fayli o’lchami (elementlar soni) va faylning barcha elementlari, ikkinchi boshlang’ich fayl o’lchami va uning barcha elementlari,…, N- boshlang’ich fayl o’lchami va uning barcha elementlari.

File56. S satr, butun N (>0) soni va File55 masalada berilgan formatdagi bir nechta fayllar berilganlarini saqlovchi butun sonlar fayl-arxivi berilgan. Fayl-arxivdan N nomerli fayl tiklansin va S nomi bilan saqlasin. Agar fayl-arxiv N fayldan kam bo’lgan berilganlarni saqlasa, u holda natijaviy fayl bo’sh holda qoldirilsin.

File57. S1, S2 satrlar va File55 masalada berilgan formatdagi bir nechta fayllar berilganlarini saqlovchi butun sonlar fayl-arxivi berilgan. Yangi S1 va S2 butun sonlar fayli hosil qilinsin va ularning birinchisiga fayl-arxivdagi barcha fayllarning boshlang’ich elementlari, ikkinchisida esa -barcha fayllarning oxirgi elemetlari yozilsin (tartibini o’zgartirmagan holda).


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə