Binar fayllarga



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü1,62 Mb.
#183555
1   2   3   4   5
binar fayl

Belgili va satrli fayllar

Satrli fayllar deb elemetlari satrdan iborat bo’lgan toifalangan faylga aytiladi.

File58. Hech bo’lmaganda bitta probel belgisi mavjud bo’lgan belgili fayl berilgan. Shu fayldagi birinchi kelgan probeldan keyin joylashgan barcha elementlar (probelni ham hisobga olgan holda) o’chirilsin.

File59. Hech bo’lmaganda bitta probel belgisi mavjud bo’lgan belgili fayl berilgan. Shu fayldagi oxirgi kelgan probeldan keyin joylashgan barcha elementlar o’chirilsin. (Shu probelni ham hisobga olgan holda)

File60. Hech bo’lmaganda bitta probel belgisi mavjud bo’lgan belgili fayl berilgan. Shu fayldagi birinchi kelgan probeldan oldin joylashgan barcha elementlar o’chirilsin. (Shu probelni ham hisobga olgan holda)

File61. Hech bo’lmaganda bitta probel belgisi mavjud bo’lgan belgili fayl berilgan. Shu fayldagi oxirgi kelgan probeldan oldin joylashgan barcha elementlar o’chirilsin. (Shu probelni ham hisobga olgan holda)

File62. Belgili fayl berilgan. Undagi elementlar kodlari o’sish tartibida joylashgan holda tartiblansin.

File63. Butun K (>0) soni va satrli fayl berilgan. 2 ta yangi fayl hosil qiling. 1 fayl satrli, 2 fayl belgili. Satrli fayl boshlang’ich faylning har bir satridan dastlabki K ta belgini o’zida saqlasin. Belgili fayl esa, faqat K belgini o’zida saqlasin. Qaralayotgan satr belgilari soni K dan kichik bo’lsa, satrli faylga to’liq yozilsin. Belgili faylga probel yozilsin.

File64. Satrli fayl berilgan. Boshlang’ich fayl tarkibidagi barcha eng kichik uzunglikka ega bo’lgan satrlarni saqlovchi yangi satrli fayl hosil qilisin. (Tartibini saqlagan holda).

File65. Satrli fayl berilgan. Boshlang’ich fayl tarkibidagi barcha eng katta uzunglikka ega bo’lgan satrlarni saqlovchi yangi satrli fayl hosil qilisin. (Tartibini saqlagan holda).

File66. Satrli fayl berilgan. Boshlang’ich fayldagi satrlarni liksografik tartibda, ya’ni satrdagi birinchi belgidan boshlab belgilarning kodlarini o’sish tartibida joylashishidan hosil bo’lgan yangi satrli fayl hosil qilinsin.

File67. Tarkibida “kun/oy/yil” formatdagi sanalar bo’lgan satrli fayl beilgan. Bunda kun va oy ikkita o’rinni yil esa 4 ta o’rinni egallaydi (masalan, “05/07/2012”). Ikkita butun sonlar fayli hosil qilinsin va ularning birinchisi boshlang’ich satrli fayldagi kunlar qiymatini, ikkinchisi esa shu kunlar uchun oylar qiymatini saqlasin. (tartibini saqlagan holda).

File68. File67 masaladagi formatdagi sanalarni saqlovchi satrli fayl berilgan. Ikkita butun sonlar fayli hosil qilinsin va ularning birinchisida boshlang’ich satrli fayldagi oylar, ikkinchisida esa shu oylar uchun yillar qiymatlari saqlansin (tartibni saqlagan holda).

File69. File67 masaladagi formatdagi sanalarni saqlovchi satrli fayl berilgan. Tarkibida boshlang’ich fayldagi barcha yozgi sanalarni saqlovchi yangi satrli fayl hosil qilinsin (tartibini saqlagan holda). Agar qo’yilgan shartdagi sanalar boshlang’ich faylda mavjud bo’lmasa, u holda natijaviy fayl bo’sh holda qoldirilsin.

File70. File67 masaladagi formatdagi sanalarni saqlovchi satrli fayl berilgan. Tarkibida boshlang’ich fayldagi barcha qishki sanalarni saqlovchi yangi satrli fayl hosil qilinsin (teskari tartibda). Agar qo’yilgan shartdagi sanalar boshlang’ich faylda mavjud bo’lmasa, u holda natijaviy fayl bo’sh holda qoldirilsin.

ebook:file.html 25/12/2023
C++ da dasturlash asoslari Page 5 of 6

File71. File67 masaladagi formatdagi sanalarni saqlovchi satrli fayl berilgan.Shu fayldan tarkibida bahorning eng erta sanasi bo’lgan satr topilsin. Agar talab qilingan sana faylda mavjud bo’lmasa, u holda bo’sh satr chop qilinsin.

File72. File67 masaladagi formatdagi sanalarni saqlovchi satrli fayl berilgan. Shu fayldan tarkibida kuzning eng kech sanasi bo’lgan satr topilsin. Agar talab qilingan sana faylda mavjud bo’lmasa, u holda bo’sh satr chop qilinsin.

File73. File67 masaladagi formatdagi sanalarni saqlovchi satrli fayl berilgan. Yangi satr fayli hosil qilinsin va boshlang’ich fayldagi sanalar kamayish tartibida joylashtirilsin.


Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə