Biokimyo kafedrasi molekulyar biologiya



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə5/12
tarix23.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#123167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Молекуляр биология маъруза

1.3. Hujayra organellalari

Hujayra a’zochalari, ya’ni organellalari (organoidlari)—bir butun sistemaning ayrim tarkibiy qismlari xujayradan kichik tuzilish va funksiyaga ega struktura bo‘lganidan ular subhujayra komponentlari deb ham yuritiladi. Ular qatoriga hujayra membranasi va yadrosidan tashqari, hujayraning nafas olish va unda energiyaning shaklini o‘zgartirish (trans-formatsiya qilish) organlari—mitoxondriyalar, turli sinte-tik jarayonlarda ishtirok etadigan endoplazmatik retikulum (xujayra ichidagi to‘r), oqsil sintezlovchi mashina sifatida ishlaydigan ribosomalar, ularning ribonuklein kislota (RNQ) zanjiriga tizilgan qatori polisomalar, o‘simliklar-



3- rasm. Eukariot hujayraning soddalashtirilgan sxemasi:
1 — vakuoli; 2—mikrovorsinkasi; 3— Goljn kompleksi; 4~ pinotsitoz bo‘rtnkllrn: 5 — pinotsitoz pufakchalari; 6 — pinotsitoz kanal; 7 — minotsitoz vakuola; 8— sentriol; 9 — endoplazmatik to‘r (Radir-budur); 10 — glikogen donachalarn; 11-ipchalar (flamentlar); 12 — mitoxondriya; 13 — lnzosomalar; 14—endoplaziatik tur (yassi); 15 — mikronaychalar; 16 — yo? tomchnlarn; 17 — yad-ro pardasn; 18—• ribosomalar va polisomalar; 19 — desmoeoma
da fotosintezni bajaruvchi xloroplastlar, sintezlangan oqsnl molekulalarini qabul qilib taxt qiladigan, membrana bilan o‘ralgan yassi pufakchalar, Golji kompleksi kiradi. Bu asosiy organoidlardan tashqari, hujayra ichida yana membrana tuzi-lishiga ega bo‘lgan bir qator a’zochalar — o‘zida turli fer-mentlar tutuvchi oqsil, peroksid, lipid tabiatli birikmalar parchalanishida, ba’zi sintetik jarayonlarda ishtirok etadi-gan alohida naychalar, xaltachalar shaklidagi lizosomalar, mchkrotanachalar, peroksisomalar, glikosomalar va nihoyat vakuolalar, ba’zi ehtiyot moddalar donachalari mavjud.
ligi hujayralarning tipiga qarab 30 nm dan 100 nm gacha bo‘lganidan, makromolekulalar, xususan, oqsil va nuklein kislota fragmentlarining katta parchalari ular orqali o‘tib turishi mumkin.
Yadroning ichki bo‘shlig‘i nuklsoplazma deb ataladi. Uning uchun ham nozik struktura xos. Elektron mikrofotografiyada uning tanasida juda ham tig‘iz RNQ molekulalariga boy doira — yadrocha ko‘rinadi. Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, yadro-cha ribosomalar RNK, si sintezlanadigan joy hisoblanadi. Nukleoplazmada yadrochaga qaraganda elektron oqimida uncha zich bo‘lmagan yana boshqa zona xam mavjud. Bu zona xromatin deb ataladi. Mana shu zonalarda (yadroli) hujayra DNK sining 95% ishqoriy tabiatga ega oqsil — giston bilan bog‘langan holda bo‘ladi.



Xromatin hujayraning tinch, bo‘linmayotgan davri — interfazada nukleoplazmada ozmi-ko‘pmi tekis taqsimlangan, turli uzunlikdagi to‘g‘ri, ba’zan bukilgan tayoqchalar shaklida ko‘rinadi. Hujayraning bo‘linish davrida yadroda qator ajoyib hodisalar yuz beradiki, ularning markazida xromatin donachalaridan xosil bo‘lgan xromosomalar — rangli (ishqoriy bo‘yoqlar bilan bo‘yaladigan) tanachalar bo‘ladi. Hujayra bo‘linishidan oyadin xromatin avval tig‘izlashadi va xarakterli tayoqcha shaklini oladi. Hujayraning bo‘linish davri — mitozda ular turli shaklga kiradi. Har bir xromosoma uzunasiga ikkiga bo‘linadi. Xujayrada murakkab iplar sistemasi paydo bo‘lib, ular xromosomalarning ikkala yarimta bo‘laklarini bir-biridan ajratib, xujayraning qarama-qarshi tomonlari-ga tortadi. Mana shunday ajoyib mexanizm tufayli ona hujayra bilan undan hosil bo‘lgan ikkita bola hujayralar xromosomalari to‘la identik (bir xil) bo‘lib chiqadi. Hujayra yadrosidagi informatsiya materiali xromosomalarda joylashgan DNK molekulalari bo‘lib, uning genomini tashkil qiladi. Binobarin, hujayra bo‘linishida xromosomalarning ikkita bola hujayralarga bir tekis taqsimlanishi tufayli ular teng va bir xil informatsiya bilan ta’minlanadi.





6- rasm. Ikkita xromosomali gipotetik Hujayra mitozining sxemasi. Hujayra va sentriollarning o‘zgarishi ko‘rsatilgan:


I — 3 profaza; 4 — prometafaza; 5 — metafaza; 6 — anafaza; 7—8 telofaza.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə