Biokimyo kafedrasi molekulyar biologiya


Hujayra komponentlarini ajratib olish



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə7/12
tarix23.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#123167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Молекуляр биология маъруза

1.4. Hujayra komponentlarini ajratib olish

Hujayrada kechadigan jarayonlar mexanizmini va ayrim organellalarning bu jarayonlarda ishtirok etishini aniqlash uchun molekulyar biologiya ham bioximiya kabi hujayra komponentlarini toza holda ajratib olib, ularni hujayrasiz sistemada tadqiq etadi. Hujayra ichidagi kiritmalarni shikast-lamay, ularni alohida-alohida to‘plash uchun barcha ishlar extiyotlik bilan, sovuq xonalarda bajariladi.


Birinchi bosqichda hujayra gomogenizator deb ataladigan maxsus shisha hovonchalarda elektr motor yordamida aylantiriladigan sopi yordamida ishqalanib, yanchilib mayin bir xil massa — gomogenatga aylantiriladi. So‘ngra gomogenatni katta tezlikda aylanadigan ultratsentrifuga probirkalarida aylantirib alohida-alohida fraksiyalarga bo‘linadi. Bu bosqichi differensial sentrifugalash deyiladi. Ultratsentrifuga grdamida yirik molekulalar va hujayra organoidlarini ajratish komponentlarning bir-biridan tig‘izligi (massasinnmg xajmiga nisbatiga qarab farq qilishiga asoslangan.
Gomogenat ultratsentrifuga kyuvetasida yoki probirkada katta tezlikda aylantirilganda, og‘irroq zarrachalar kamroq, tezlikda, kichikroq markazdan qochish kuchida, qisqaroq vaqt yengilroq zarrachalar cho‘kishi uchup kattaroq tezlik, kuchliroq markazdan qochish kuchi, ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Sentrifugalash probirkasida zarrachalarning markazdan qochish kuchi ta’sirida cho‘kishi avvalo mana shu kuchning kattaligiga, zarrachalarning o‘lchami, shakli va tig‘izligiga bog‘liq. Hozirgi ultratsentrifugalar yuksak vakuumda tez aylantiradigan elektrik dvigatellardan foydalanib, 1 min da 75000 marta aylantirish va markazdan qochish kuchi — Yerni tortish kuchi (§) ni 400000 gacha yetkazish mumkin. Zarrachalarning ana shunday kuch ta’sirnda cho‘kishi sedimentatsiya deyiladi.
Ultratsentrifugalashda komponentlarning cho‘kish tezligi sedi-mentatsiya koeffitsienti deb atalib, u zarrachalarning muhim xa-rakteristikasidir va markazdan qochish kuchining bir birligiga nis-batan ifodalanadi. Bu birlik shved olimi Svedberg nomi bilan atalib, 5 harfi bilan ifodalanadi. 1 3 eng kichik birlik, u vaqt o‘lchovida (sekundlarda) ifodalanadi va 1-10-13c ga teng; unga mos keladigan markazdan qochish kuchi bo‘lib, w — rotor aylanishining burchak tezligi va x — rotor markazidan eritma solingan probirkaning o‘rtasigacha bo‘lgan masofa. Molekulyar biologiya doirasida tekshiriladigan zarracha-larning sedimentatsiya koeffitsienti 1—2005 orasida. Sedn-mentatsiya koeffitsienti ayniqsa ximiyaviy tarkibi aniqlanmagan, ko‘pincha bir necha xil molekulalar assotsiatsiyasidan tashkil topgan yirik molekulalar, hujayra komponentlari va ularning fragmentlarini ta’rif etishda keng qo‘llanadi. Tekshirilayotgan molskula, subhujayra komponenti qancha zich va katta bo‘lsa, uning sedimentatsiya koeffitsienti ham shuncha yuqori bo‘ladi.



9- rasm. Ultratsentrifugalash yo‘li bilan hujayra kompo-nentalarinn fraksiyalarga ajratish.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə