Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2019 yangi


-$. Qonning kimyoviy tarkibi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/51
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#135367
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha (2) 000

 
15-$. Qonning kimyoviy tarkibi. 
1.Qon tarkibi va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab ko'rsating: a-qon,b-oraliq moddasi, d-shaklli elementlari, e-
qon hujayralari, f-qizil ilik; 1-qon plazmasidan iborat, 2-suyaklarning g'ovak moddasida bo'ladi, 3-qizil ilik hujayralari 
hosil qilaydi, 4-suyuq biriktiruvchi to'qimadan iborat,5-qon hujayralaridan iborat. 
A)a-2,b-1,d-5,e-3,f-4 B)a-4,b-1,d-5,e-3,f-2 C) a-1,b-4,d-5,e-3,f-2 D)a-4,b-1,d-3,e-5,f-2 
2.Qon plazmasi tarkibidagi moddalar va ularning xususiyatlarini juftlab yozing: a-suv, b-shaklli elementlar, d-minerall va 
organik moddalar, e-oqsillar; 1-10% ni tashkil etadi, 2- 7%ni tashkil etadi, 3-eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar,4- 90% 
ni tashkil etadi. 
A)a-1,b-3,d-4,e-2 B)a-2,b-3,d-1,e-4 C) a-4,b-3,d-1,e-2 D) a-4,b-3,d-2,e-1 
3.Qon ivishi jarayonlarini tartib bilan ko'rsating: a-tromboplastin qon plazmasidagi protrombinni trombinga aylantiradi,b-
qon oqishi toxtaydi, d-qon tomirlari jarohatlanganda trombotsitlar yoriladi, e-fibrin tolalari jarohatlangan joyini qoplab 
oladi, f-tromboplastin qon plazmasiga chiqdi, g-trombin qondagi fibrinogen oqsilini fibringa aylantiradi. 
A)d,f,a,g,e,b B) d,e,a,g,f,b C) g,f,a,d,e,b D) d,f,b,g,e,a 
4.Quyidagilar orasidan bir xil bo'lmaydigan(lar)ni aniqlang? 
A)eritrotsitlar B)leykotsitlar C)trombotsitlar D) A va C javoblar 
5. Katta yoshdagi odamlarda qaysi modda massasi 1500 grammga yetadi? 
A)jigar B)g'ovak moddasi C)sariq ilik D)tig'iz moddasi 
6.Qon hujayralarining hosil bo'lishi va yemirilishida ishtirok etuvchi organlarga qaysilar kirishini to'g'ri belgilang? 
A)chuvalchangsimon o'simta,taloq,qizil suyak iligi,limfa sistemasi,qalqonsimon bez,yumshoq tanglay 
B) chuvalchangsimon o'simta,taloq,sariq suyak iligi,limfa sistemasi,ayrisimon bez,yumshoq tanglay 
C) chuvalchangsimon o'simta,taloq,qizil suyak iligi,limfa sistemasi,ayrisimon bez,yumshoq tanglay 
D)chuvalchangsimon o'simta,taloq,qizil suyak iligi,limfa sistemasi,ayrisimon bez,qattiq tanglay 
7.Fibrin(a),girudin(b) va geparin(s) degan tushunchalarni ma'nosi bilan to'g'ri juftlab ko'rsating: 1-qon ivimasligi; 2-
zuluklar so'lak bezi ishlab chiqaradigan modda,3-jigar ishlab chiqaradigan modda,qonning tomirlarda ivishiga to'sqinlik 
qiladi,4-fibrinogenga trombin ta'sir etishidan hosil bo'lgan erimaydigan modda. 
A)a-1,b-2,4, s-3 B)a-4,b-2,s-3 C) a-1,b-4, s-3 D) a-3,b-2,4, s-1
8.Fibrin tolalari qon tomirining jarohatlangan joyini nimaga o'xshab qoplab oladi? 
A)doiraga o'xshab B)daraxt shoxiga o'xshab C)to'rga o'xshab D)t.j.yo'q 
9.Quyidagi ta'rif qaysi shaklli elementga tegishli: dumaloq oval shaklda,diametri 3-4 mkm ga teng? 
A)eritrotsitlar B)trombotsitlar C)leykotsitlar D)fagotsitlar 
10.Quyidagi javoblardan qaysi birida qonning ivishida sodir bo'ladigan jarayonlar ketma-ketligi to'g'ri ifodalangan? 
A) tromboplastin-->fibrinogen oqsili-->trombin-->protrombin-->fibrin-->tromb 
B) tromboplastin-->trombin-->protrombin-->fibrinogen oqsili-->tromb-->fibrin 
C) trombin-->protrombin-->tromboplastin-->fibrinogen oqsili-->fibrin-->tromb 
D) tromboplastin-->protrombin-->trombin-->fibrinogen oqsili-->fibrin-->tromb 
11. Girudin nima? 
A)zuluklarning oshqozonosti bezi ishlab chiqaradigan modda B) C va D javoblar to'g'ri 
C)zuluklarning so'lak bezi ishlab chiqaradigan modda D)geparinga o'xshab ta'sir qiluvchi modda 
12.Quyidagi javoblardan noto'g'ri bo'lmagan javobni aniqlang? 
A)plazmaning tarkibi doimiy bo'lmaydi B)anorganik moddaning asosiy qismi 7% oqsildan iborat 
C)katta yoshdagi odamlarda qizil ilik 1500 g ga yetadi D)qon hujayralari sariq ilikda hosil bo'ladi 
13.Qon ivimasligi bu-_____________? 
A)anemiya B)gemofiliya C)kandidoz D)insult 
14.Yadroga ega qon hujayrasining vazifasini to'g'ri belgilang? 
A)immunitet B)qon ivitish C)kislorod va oziq modda tashish D)barcha javob noto'g'ri 
15.70 kg dagi odamda qonning massasi qancha ? 
A)4.9 kg B)3.9 kg C)4 kg D)4.7 kg

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə