8-sinf Biologiya. Odam va uning salomatligi



Yüklə 195,07 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü195,07 Kb.
#131337
8-sinf biologiya.

8-sinf Biologiya. Odam va uning salomatligi

Mavzu: Qonning tarkibi va shaklli elementlari

  • REJA:
  • 1. Qonning tarkibiy qismlari.
  • 2. Qonning plazmasi bilan tanishish.
  • 3. Qonning shaklli elementlari bilan tanishish.

Qon

  • Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2—3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlariga ajraladi

Qon plazmasi.

  • Qon plazmasi.
  • Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelolar bo‘ladi. Plazma tarkibida o‘rtacha 90—92 % suv, 7—8 % oqsillar, 0,9 % tuzlar, 0,1 % glukoza, 0,8 % yog‘ bo‘ladi

Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o‘tadi va o‘zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qonga o‘tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelolar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo‘llaniladi.

  • Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o‘tadi va o‘zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qonga o‘tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelolar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo‘llaniladi.

Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi . Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi

  • Eritrotsitlar (qizil qon tanachalari).
  • Eritrotsitlar suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Yetilmagan yosh eritrotsitlarda boshqa hujayralardagi singari yadro bo‘ladi.
  • Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo‘qoladi, ya’ni odamning qoni tarkibidagi eritrotsitlar yadrosiz bo‘ladi. Ular o‘rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklga ega. 1 mm3 qonda 4—6 million, o‘rtacha 5 million dona eritrotsit bo‘ladi.

Eritrotsitlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrotsitlar suyak ko‘migida hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng o‘rtacha 120 kun yashaydi. So‘ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi

  • Eritrotsitlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur. Eritrotsitlar suyak ko‘migida hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng o‘rtacha 120 kun yashaydi. So‘ngra ular jigarda va taloqda parchalanadi

Leykotsitlar (oq qon tanachalari).

  • . Leykotsitlar yadroli qon hujayralari bo‘lib, Leykotsitlar mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib halok bo‘ladi . Yallig‘langan joyda to‘planib qoladigan yiring o‘lik leykotsitlar hisoblanadi. 1 mm3 qonda 6—8 ming dona leykotsit bo‘ladi. Leykotsitlar sonining ko‘payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykotsitlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfotsitlar) hosil bo‘ladi. Leykotsitlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykotsitlarning bu xossasini atoqli rus olimi I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykotsitlarning soni ko‘payib, 1 mm3 qonda 10—20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin.

Trombotsitlar (qon plastinkalari)

  • Trombotsitlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda hosil bo‘ladi. Yadrosi bo‘lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo‘ladi. 1 mm3 qonda 300—400 ming dona trombotsit bo‘ladi. Ular leykotsitlarga o‘xshab 2—5 kun yashaydi. Trombotsitlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ular soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi.

E’TIBORINGIZ

  • E’TIBORINGIZ
  • UCHUN
  • RAHMAT

Yüklə 195,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə