1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Fermentlar, ularning xossalari va foydali xususiyatlari. Allosterik fermentlar haqida tushuncha



Yüklə 114 Kb.
səhifə1/8
tarix30.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#103627
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarning


MAVZU: VITAMINLAR. FERMENTLARNING TUZILISHI VA SPESIFIKLIGI. ALLOSTERIK FERMENTLAR.
Reja:
1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot.
2. Fermentlar, ularning xossalari va foydali xususiyatlari.
3. Allosterik fermentlar haqida tushuncha.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yogʻ va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, toʻqimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmi koʻpchilik vitaminlarni faqat oʻsimliklardan oziq-ovqat bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning boʻlmasligi yoki yetishmasligi odam va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb ataladigan ogʻir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab boʻladi.
1880-yilda rus olimi vrach N.I.Lunin hayvon organizmi vitaminsiz hayot kechira olmasligini birinchi marta aniqlagan.
1912-yilda polyak olimi K.Funk “vitamin” terminini ishlatishni (vita - hayot, vitamin - hayot amini demakdir) tavsiya etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida amin guruhi boʻlsa kerak, deb faraz qilinar edi. Lekin vitaminlarning kimyoviy tarkibi aniqlangandan soʻng bu fikrning notoʻgʻri ekanligi maʼlum boʻldi. Hozir vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan boʻlsada, eski odat boʻyicha ular “vitamin” soʻzi va lotin alfavitining bosh harfi bilan ataladi.
Oʻsimliklar oʻsa boshlagan birinchi kundan boshlaboq toʻqimada vitaminlar BIOSintezi boshlanadi. Naʼmatak mevasi, qora smorodina bargi va mevasi, oʻrmon qulupnayi bargi va mevasi, chakanda mevasi va moyi, tirnoqgul guli, bozulbang guli, gazanda bargi, bodrezak (kalina) poʻstlogʻi va mevasi, jagʻ-jagʻ yer ustki qismi vitaminlarga boy boʻladi.
Vitamin C - askorbin kislota rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq eriydigan kristall modda. Odatda vitamin C shimoliy tumanlarda va yuqori togʻli yerlarda oʻsadigan oʻsimliklarda janubiy rayonlarda hamda pastliklarda oʻsadigan oʻsimliklarga qaraganda koʻproq boʻladi. Yorugʻlik taʼsirida vitamin C BIOSintezi tezlashadi, qorongʻulikda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi.
Vitamin B1 esa aksincha janubiy tumanlarda oʻsadigan kuzgi bugʻdoyda koʻproq sintezlanadi. Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, oʻsimliklar tarkibidagi karotin miqdori oshadi. Baʼzi mikroorganizmlar kislotali sharoitda vitamin B1 sintezini butunlay toʻxtatib qoʻyadi. Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi:
Suvda eruvchi vitaminlar — B1, B2, B6, PP, N, P, C va U vitaminlar, pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar, inozit va boshqalar.
Yogʻlarda eruvchi vitaminlar — A, D, E va K1 vitaminlar.
Odatda vitaminlar biologiya va farmatsevtik kimyo fanlari dasturiga kiradi va shu kurslarda toʻliq oʻrganiladi. Vitamin preparatlarining taʼsiri bilan farmakologiya kursi shugʻullanadi. Farmakognoziya kursi esa C, P, U va K1 vitaminlarga hamda karotinga boy boʻlgan gulli (yuqori) oʻsimliklarni oʻrganadi.
Mahsulot tarkibidagi vitaminlar mikdori doimo oʻzgarib turib, koʻpincha oʻsimliklarning gullash davrida yer ustki organlarida maksimal miqdorda toʻplanadi. Mevalarda esa, ular pishib yetilgan vaqtida koʻp yigʻiladi. Shuning uchun vitaminli mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib oʻtilgan vitaminlarga boy davrida oʻtkazilishi kerak.
Koʻpchilik vitaminlarning oʻzi turgʻun birikma boʻlsa ham maʼlum sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorugʻlik va boshqa faktorlar taʼsirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa oʻzgarishlarga uchrashi mumkin. Natijada vitaminlar oʻzining biologik faolligini yoʻqotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda yuqorida koʻrsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur.
Qoqi oʻt - Taraxacum pseudoalpinum Schischk. Barcha qismlarida sutsimon shira boʻlgan koʻp yillik oʻsimlik, ildizi yoʻgʻon, etdor boʻlib, kam shoxlanadi, uzunligi 60 sm ga, diametri 2 sm ga boradi. Barglari choʻziq nashtarsimon shaklda, ildiz yonida toʻp barglar hosil qiladi. Qoqi oʻt boʻyi 5-30 sm gacha boradigan ichi kovak gulpoyalar chiqaradi, gulpoyalari bir nechta boʻladi va uchiga tomon sal inchigka tortib boradi. Gullari sap-sariq boʻlib, diametri 3-5 sm keladigan yakka-yakka toʻpgullar-savatchalar hosil qiladi. Mevasi kumushsimon – qoʻngʻir tusli mayda urugʻ urchuq shaklida boʻladi.
Aprel-may oylarida gullaydi, may-iyun oylarida mevalari yetiladi.
Qoqi oʻt aholi yashaydigan joylarda, bogʻlarda, ekinzorlarda, ariq boʻylarida, va nam yerlarda oʻsadi. Qashqadaryo viloyatidan tashqari, respublikamizning Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Umumiy tarqalishi: Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Hindiston, Amerika, Avstraliya.
Ximiyaviy tarkibi: Qoqi oʻtning toʻpgullari bilan barglarida triterpek spirtlar, vitamin S va B12, shuningdek temir, kalsiy, ftor va boshqa moddalar bor. Ildizlaridan ham triterpek birikmalar – tarakseral, psevdotarakseral ajratib olingan. Bundan tashqari, qoqioʻt ildizlarida inullin, kauchik, achchiq glyukozid, shilimshiq moddalar, yogʻli moy organik kislotalar bor.
Ishlatiladigan organlari: ildizlari, baʼzida barglari bilan birga kavlab olinadigan ildizlari kuzda kavlab olinadi, barglari bilan ildizlari esa oʻsimlik gul chiqarmasidan ilgari bahorda yigʻiladi.
Taʼsiri va ishlatilishi: Xalq tabobatida qoqi oʻtdan ishtaha ochadigan achchiq dorilar tayyorlash uchun koʻproq foydalaniladi. Bundan tashqari, qoqi oʻt siydik va oʻt haydaydigan, terlatadigan, balgʻam koʻchiradigan, ichni yumshatadigan hossalarga ega. Qoqioʻtdan tayyorlanadigan galen preparatlardan kamqonlik, umuman quvvatsizlikda, nafas organlari kasalliklari, qandli diabetda, qorin damlab, qabziyat boʻlib yuradigan mahallarda, bavosil, sariq kasalligi, oʻt-tosh kasalligi va boshqalarda foydalaniladi.
Zamonaviy tabobatda qoqioʻtning ildizi damlama va kukun holida ishtaha ochish, oʻt haydash va ichni yumshatish uchun qoʻllaniladi. Uni umumiy darmonsizlik va koʻkrak ogʻrigʻi mahallarida ham buyuriladi. Qoqioʻt preparatlari qondagi xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi, shuning uchun aterosklerozda ham foydali deb hisoblanadi.
Chakandaning foydali xususiyatlari. Hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biri – aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari va dorivor vositalar bilan taʼminlash hisoblanadi. Respublikamizda dorivor oʻsimlikshunoslikni rivojlantirish, Oʻzbekiston florasidagi istiqbolli dorivor oʻsimliklarni madaniylashtirish, ularni sanoat plantatsiyalarida oʻstirishni yoʻlga qoʻyish farmatsevtika sanoati xomashyo bazasini yaratadi. Ana shunday istiqbolli dorivor oʻsimliklardan biri – jumrutsimon chakanda (oblepixa krushinovidnaya) – Hippophae rhamnoidesh hisoblanadi.
Chakanda jiydadoshlar (Elaeagnaceae L) oilasiga mansub, ikki uyli oʻsimlik hisoblanadi, tabiatda buta yoki kichik daraxt (8 m) koʻrinishida oʻsadi. Novdalari tikanli, lansetsimon, uzunchoq, eni 3–5 mm, uzunligi 4–9 sm boʻlgan, ustki qismi kulrang-yashil, ostki yuzasi esa qoʻngʻir-kumushsimon rangli barglariga ega. Gullari sariq rangda, juda mayda va shingilsimon boʻladi.
Mevasi sharsimon yoki ovalsimon – choʻzinchoq, bir urugʻli tillasimon-sariq, olovrang-qizgʻish va qizgʻish rangli boʻlib, sharbati nordon va undan ananas taʼmi kelib turadi. Ushbu oʻsimlikni yuqori quruq va issiq harorat, tuproq unumdorligining pastligi, shoʻrlanganligi kabi salbiy abiotik omillarga chidamliligi, qish sovuqlariga bardoshliligi ildiz bachkilari orqali teza koʻpayishi hamda meva sharbati dorivorlik xususiyatlariga koʻra, juda foydali oʻsimliklar toifasiga kiritish mumkin.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə