1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Fermentlar, ularning xossalari va foydali xususiyatlari. Allosterik fermentlar haqida tushuncha


Fermentlarning ferment bo`lmagan katalizatorlarga o`xshashligi va farqlari



Yüklə 114 Kb.
səhifə3/8
tarix30.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#103627
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarning

Fermentlarning ferment bo`lmagan katalizatorlarga o`xshashligi va farqlari. Fermentlar va ferment bo`lmagan katalizatorlar katalizning umumiy qonuniyatlariga bo`ysungan holda quyidagi o`xshashliklarga ega: 1. Fermentlar faqat energetik imkoniyati bor reaktsiyalarni katalizlaydi.
2. Ular hech qachon reaktsiya yo`nalishini o`zgartirmaydi.
3. Fermentlar qaytar reaktsiya muvozanat holatini o`zgartirmasdan reaktsiyani tezlatadi.
4. Ular reaktsiya jarayonida sarf bo`lmaydilar. Shu sababli hujayradagi ferment biror bir parchalanish ta’siriga uchramaguncha ishlayveradi.
Ammo ferment biologik bo`lmagan katalizatordan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Farqlar fermentlarning murakkab oqsil molekulasi ekanligi va tuzilishinin o`ziga xosligiga bog`liq.
1. Fermentativ kataliz tezligi biologik bo`lmagan katalizatorlarga nisbatan ancha yuqori. Bunga sabab fermentlar oddiy katalizatorlarga nisbatan reaktsiyaning faollanish energiyasini yuqori darajada kamaytiradi. Masalan, vodorod peroksidining parchalanish reaktsiyasida faollanish energiyasi 75,3 kJ/mol bo`lib, uning ixtiyoriy parchalanishi juda sekinligi natijasida pufakcha holatida ajralib chiqayotgan kislorod umuman sezilmaydi. Reaktsiyaga anorganik katalizator – temir yoki platina qo`shilsa, faollanish energiyasi 54,1 kJ/mol ga kamayadi, reaktsiya esa 1000 marta tezlashadi va pufakcha holida ajralib chiqayotgan kislorod ko`rinadi. Vodorod peroksidini parchalovchi katalaza fermenti faollanish energiyasini 4 marta pasaytirgani holda peroksidning parchalanish reaktsiyasini milliard marta tezlashtiradi. Reaktsiya yuqori darajada jadallik bilan borishi natijasida ajralib chiqayotgan kislorod pufakchalari―qaynayotgan‖ga o`xshaydi.
Bitta ferment molekulasi odatdagi tana harorati (37°C) da, bir daqiqa
davomida moddaning mingdan milliongacha molekulalarini katalizlashi mumkin.
Anorganik katalizatorlar bunday tezlikdagi katalizga ega emas.
2. Fermentlar yuqori darajadagi spesifiklikka ega, ya’ni ularning katalitik ta’siri ma’lum turdagi kimyoviy reaktsiya bilan chegaralanadi. Ayrim fermentlar moddaning faqat birgina stereoizomeriga ta’sir qilgan, platina turli xil reaktsiyalarda katalizator sifatida ishlatiladi, Fermentlarning yuqori darajadagispesifikligi moddalar almashinuvini qat’iy oqim bo`yicha yo`naltirishga imkon beradi.
3. Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni ―yumshoq‖ sharoitda, ya’ni odatdagi bosim, yuqori bo`lmagan harorat (37°C atrofida) va muhit pH i neytralga yaqin bo`lgan sharoitda katalizlaydi. Bu xossalari bilan ular katta bosim, muhit pH i va harorat yuqori bo`lgan sharoitlarda ta’sir qiladigan katalizatorlardan farq qiladi.
Fermentlar oqsil tabiatli bo`lganligi sababli harorat va muhit pH ining o`zgarishiga sezuvchanligi nisbatan baland.
4. Fermentlar faolligini boshqarish mumkin, ushbu xususiyat anorganik katalizatorlarga xos emas. Fermentlar organizm moddalar almashinuvi tezligini muhit sharoitiga qarab o`zgartira oladi, ya’ni turli xil omillar ta’siriga moslashishiga imkon yaratadi.
5. Fermentativ reaktsiya tezligi ferment miqdoriga to`g`ri proporsional, anorganik katalizatorlarda esa bunday mutanosiblik yo`q. Mazkur ko`rsatkich ferment miqdori kamayganda organizmda moddalar almashinuvi tezligini pasayganligini va aksincha, qo`shimcha ferment miqdorini organizm hujayralarini sharoitga moslashish imkoniyatini oshganligini bildiradi.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə