1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Fermentlar, ularning xossalari va foydali xususiyatlari. Allosterik fermentlar haqida tushuncha


Fermentlarning sinflarga bo`linishi va ularning tasnifi



Yüklə 114 Kb.
səhifə5/8
tarix30.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#103627
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarning

Fermentlarning sinflarga bo`linishi va ularning tasnifi.
1. Oksidoreduktazalar - oksidlanish –qaytarilish reaktsiyalarini katalizlaydigan fermentlar. Bu sinfga barcha degidrogenazalar, oksidazalar, peroksidazalar, sitoxromreduktazalar kiradi. Oksidoreduktazalar 17 ta kichik sinfga bo`linadi. Oksidoreduktazalar ta’sirida oksidlanadigan substrat vodorod donori sifatida qaraladi. Shu sababdan bu sinf fermentlari degidrogenazalar yoki reduktazalar deb aytiladi. Agar kislorod akseptor vazifasini o`tasa oksidaza atamasi qo`llaniladi. Bu fermentlarning sistematik nomi quyidagicha tuziladi: donor:akseptor – oksidoreduktaza. Oksidoreduktazalar vodorodning ko`chirilishi, elektronlarning tashilishi; molekulyar kislorod, gidroperoksid va boshqa oksidlovchi moddalar bilan oksidlanish reaktsiyalarni kataliz qiladi. Ayrim fermentlarning nomi quyidagicha tuziladi: donor (guruhni beruvchi) va akseptor (guruhni qabul qilib oluvchi) oksidoreduktaza. Masalan, alkogol: NAD – oksidoreduktaza; L-aminokislota; O2 – oksidoreduktaza. Oksidoreduktazalar ta’sir etadigan kimyoviy bog`lar va molekulalar (donor) xarakteriga qarab kichik sinflarga va har bir kichik sinf akseptor xarakteriga qarab eng kichik sinflarga bo`linadi. Oksidoreduktazalarfermentlarning eng katta sinfidir. Oksidoreduktaza vakillari, asosan, quyidagi guruhlarga kiradi:
Degidrogenazalar – substrat oksidlanishida vodorod (proton va elektron) ajratilishi (degidrogenlanish) bilan boradigan barcha reaktsiyalarni katalizlaydi.
Donordan ajralib chiqayotgan vodorod turli akseptorlarga ko`chiriladi: Fermentlarni amaliy asosda o `rganish XVIII va XIX asrlardan boshlandi. Bu sohada nemis kimyogari Yu.Libix, mikrobiologiya faniga asos solgan franstuz olimi L.Pasterlar achish jarayonini tirik organizmdagi maxsus kimyoviy moddalar (fermentlar) bilan bog`laganlar.
1926-yili Dj.Samner UREAZA fermentini kristall holda oladi va uni oqsil tabiatli ekanligini aniqlaydi. 1948-yilda Linus Poling fermentativ jarayonda fermentning faol markazi muxim ekanligini aniqlaydi.
Fermentlar haqidagi ta `limotning keyingi rivojlanishi fizika va kolloid kimyo fanlari erishgan yutuqlar bilan bog`liq.
• 1957-yili Viland va Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllarda-izoferment ekanligini isbotlaydi. 1960-yilda Fillips lizotstimni uchlamchi strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə