1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Fermentlar, ularning xossalari va foydali xususiyatlari. Allosterik fermentlar haqida tushuncha


Fermentlar bilan ishlash jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi



Yüklə 114 Kb.
səhifə6/8
tarix30.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#103627
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarning

Fermentlar bilan ishlash jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi:
1. Polyarometriya
2. Yadro magnit rezonans (YaMR)
3. Elektron paramagnit rezonans
4. Radioktiv izotop
5. Spektrofotometriya
6.Rentgenologik taxlil
7. Kristallografiya
8.Mass-spektroskopiya
Hujayra ichidagi va hujayra tashqarisiga chiqadigan fermentlarni ajratib olish va ularni tozalashni dastlabki bosqichida juda ham katta farq bor. Biomassani kultural suyuqlikdagi metabolitlardan, jumladan hujayra tashqarisiga chiqqan fermentlardan ajratish jarayoni unchalik murakkab bo `lmasdan, stentrafuga, separator hattoki oddiy filtrlash (zamburug`lar uchun) orqali amalga oshiriladi. Oqibatda kimyoviy tarkibi bo `yicha xilma-xil metabolitlar saqlovchi kultural suyuqlikni filtrati biomassadan ajratib olinadi.
Odatda, filtrat ajratiladigan fermentni 80%ga yaqinroq bo `lgan faolligini saqlaydi va keyingi texnologik manipulyastiyalarga tayyor eritma hisoblanadi. Amaliy enzimologiya fanining yutuqlari asosida hozirgi kunda 2000 dan ortiq fermentlar toza holda ajratib olingan. Fermentlar va noorganik katalizatorlar umumiy kataliz qoidalari asosida faoliyat ko `rsatib, ular o `rtasida o `xshash xususiyatlar bor:
 Energetik imkoniyati bor reakstiyalarni kataliz qiladilar;
 Reakstiya yo `nalishini o `zgartirmaydilar;
 Reakstiya jarayonida miqdoriy o `zgarish kuzatilmaydi;
 Reakstiya mahsulotlariga ta `sir qilmaydilar.
Fermentlar bir necha xususiyatlari orqali noorganik katalizatorlardan farq qiladilar:
 Fermentlarning noorganik katalizatorlardan asosiy farqi, ular kimyoviy tarkibi bo`yicha oqsillardir.
 Fermentlar “yumshoq” sharoitda, (past harorat, normal bosim, ma `lum RN qiymatiga ega bo `lgan muhit) eng yuqori faollikka ega bo `ladi. Fermentning yagona molekulasi bir minutda substratning bir mingdan bir milliongacha bo `lgan molekulasini katalizlaydi. Bunday reakstiya tezligi noorganik katalizlarda kuzatilmaydi.
 Har bir ferment faqat aniq bir reakstiyaning yoki moddaning hosil bo `lishi yoki parchalanishini katalizlaydi.
 Fermentlarning reakstiya faolligi boshqarilishi mumkin, neorganik katalizatorlarda bu amaliyotni bajarish mumkin emas.
 Fermentlar termolabil bo `lib, kislota va ishqorlar ta `sirida tez faolligini yo `qotadi. Fermentlarning eng faol nuqtalari 40-500S atrofida bo `ladi.
 Fermentlarning faolligiga aktivator va ingibatorlar ta `sir qiladi.
Fermentativ reakstiyalar, ularning ketma-ketligi muayyan vaqt va makonda genetik tizim orqali rejalashtiriladi.
Izofermenlar – bu fermentlar molekulyar va genetik informastiya jihatdan bir xil tuzilgan o`xshashdir. Izofermentlar molukulyar massasi, aminokislota tarkibi, termik stabilligi, optimal p, substratning o `ziga xosligi bilan farq qiladi.
Masalan, kreatinkinaza fermenti M va B kichik bo `limlardan tashkil topgan izomerik shakllaridir.
Kreatinkinaza-1 V tipi miya hujayralarida uchraydi;
Kretinkinaza-2 M va V tipi miokarda faollikka ega bo `ladi; Kreatinkinaza-3 asosan M tipi bo `lib sklet hujayralarida uchraydi

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə