1. Vitaminlar haqida umumiy maʼlumot. Fermentlar, ularning xossalari va foydali xususiyatlari. Allosterik fermentlar haqida tushuncha


Oddiy va murakkab fermentlar. Fermentlarning faol va allosterik markazlari



Yüklə 114 Kb.
səhifə4/8
tarix30.03.2023
ölçüsü114 Kb.
#103627
1   2   3   4   5   6   7   8
Fermentlarning

Oddiy va murakkab fermentlar. Fermentlarning faol va allosterik markazlari. Oqsillar struktura tuzilishining barcha xususiyatlari fermentlar uchun ham tegishlidir. Ular ham 4 ta tuzilish darajasiga ega: birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi. To`rtlamchi strukturaga ega fermentlar protomer (subbirliklar) dan tuzilgan. Fermentlar oqsillar singari oddiy (protein-ferment) va murakkab (proteid-ferment) ga bo`linadi. Murakkab fermentlarni oqsil qismi -apoferment va oqsil bo`lmagan qismi – kofaktorlardan iborat. Fermentlar kofaktorlari – metall ionlari va kofermentlar esa organik birikmalardir. Apofermen va kofaktor alohida bo`lsa ferment katalizatorlik sifatiga ega bo`lmaydi. Ularni birlashishi faol ferment strukturasini hosil qiladi va unga xoloferment deyiladi. Kofaktorlar termostabil moddalar, apofement qizitilganda ferment faolligini yo`qotadi.
Fermentlarning tasnifi va nomlanishi. Hozirgi vaqtda fermentlarni ikki xil nomlash qabul qilingan: ishchi va sistematik. Fermentlarning ishchi yoki rasional nomi enzim ta’sir etadigan modda (substrat) yoki reaktsiya nomining oxiriga qo`shimchasini qo`shish bilan tuziladi. Binobarin aza bilan tugaydigan so`zlar, albatta, ma’lum bir ferment nomini eslatadi. Masalan, oqsil (protein)ni parchalovchi ferment - proteinaza, gidrolizni tezlatuvchi ferment - gidrolaza, oksidlovchi ferment - oksidaza deb aytiladi. Shunga o`xshash kraxmal (amylum), yog` (lipos), glikozid, peroksid, siydikchil (urea) ga ta’sir etuvchi fermentlar amilaza, lipaza, glikozidaza, peroksidaza, ureaza deb ataladi. Ayrim fermentlarning ilmiy adabiyotlarga kirib qolgan trivial (tarixiy) nomlari ham saqlangan, masalan pepsin, tripsin, papain va boshqalar. Fermentlarning sistematik nomlanishi nisbatan murakkabroq. Bunda fermentning umumiy tasnifi uning kimyoviy tuzilishi yoki biokimyoviy vazifasiga, ya’ni ferment ta’sir etadigan reaktsiya xarakteriga, katalizlaydigan kimyoviy reaktsiya turiga, substrat nomiga aza qo`shimchasi qo`shilgan yig`indi nom bilan ataladi:
L-laktat : NAD+ → Oksidoreduktaza
I substrat II substrat kimyoviy o`zgarish turi
Ferment katalizlaydigan reaktsiyaga muvofiq tasniflanganda uziladigan bog`lar va ko`chiriladigan guruhlar xarakterini yoki ferment ta’sir etadigan substratlarning kimyoviy tabiatini asos qilib olinadi. Sistematik nom faqat yaxshi o`rganilgan fermentlarga beriladi.
Hozirgi vaqtda fermentlarning dunyo bo`yicha qabul qilingan umumiy tasnifi va indeksasiyasi bor. Xalqaro Biokimyogarlar jamiyati assambleyasi tomonidan 1961 yili Moskvada ma’qullangan tasnifga ko`ra barcha fermentlar 6sinfga bo`linadi. 1961 yildan boshlab ferment nomenklaturasiga o`zgartirish kiritilib, keyingi ma’lumotlar bilan to`ldirib borish uchun doimiy qo`mita tuzilgan.
6 sinfga taqsimlangan ferment qat’iy belgilangan tartib raqamiga ega:
1. Oksidoreduktazalar 4. Liazalar
2. Transferazalar 5. Izomerazalar
3. Gidrolazalar 6. Ligazalar (sintetazalar)
Har bir sinf nomi ferment katalizlaydigan reaktsiya turini belgilaydi. Bunga binoan ferment ishtirokida boradigan reaktsiyalar ham 6 turdan iborat. Sinflar kichik sinflarga, ular esa o`z navbatida eng kichik sinflarga bo`linadi. Kichik sinf ferment ta’sir etadigan substratning kimyoviy guruhi tabiatini aniqlasa, eng kichik sinf ferment ta’sir ko`rsatadigan substrat bog`ining tabiatini yoki reaktsiyada
ishtirok etadigan akseptor tabiatini yanada aniqlashtiradi.

Yüklə 114 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə