3- laboratoriya ishi. Fermentlar xalq xo’jaligidagi ahamiyati Reja



Yüklə 381,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix19.10.2023
ölçüsü381,01 Kb.
#128056
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


3- laboratoriya ishi. Fermentlar xalq xo’jaligidagi ahamiyati 
Reja: 
 
1.
Qattiq oziqa sirtida o‘stirish usuli.
2.
Ekish materialini olish.
3.
Produsent -kulüturalarni o‘stirish. 
4.
Kulüturani quritish. 
5.
Suyuq oziqa muxitida o‘stirish usuli.
Fermentlar (enzimlar) - xilma-xil biokimyoviy va kimyoviy reaksiyalarni amalga oshiruvchi 
oqsil tabiatiga ega bo‘lgan biokatalizatorlardir.
Fermentlardan biologik katalizator sifatida odamlar, turli xil soxadagi amaliy faoliyatlarida 
keng foydalanib kelishmoqda. Fermentlar manbai xayvon to‘qimalari, o‘simliklar xujayralari va 
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. Xozirgi zamonda ikki mingdan ortiq fermentlar borligi 
aniqlangan, ulardan bir necha yuztasi aloxida modda sifatida toza holda ajratib olingan. 
Mikroorganizmlar fermentlar ishlab chiqaruvchi manba sifatida aloxida qiziqish uyg‘otadi, 
chunki ular arzon muxitda tez o‘sadilar. Ishlatiladigan ozuqa tarkibiga qarab, kerakli fermentni, 
xoxlagancha tayyorlash imkoniyatini beradilar. Buning ustiga ko‘pgina mikroorganizmlar 
fermentlarni o‘z xujayra qobiqlaridan tashqariga chiqaradilar, bu esa mikroorganizmlardan 
yanada faolroq foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Metabolizmning katta intensivligidan tashqari mikroorganizmlar biomassasini o‘sish tezligi 
juda kattadir. Bu qisqa vaqt orliqida ayrim vaqtlari 24-72 soat ichida ferment ajratish uchun juda 
katta miqdorda xam-ashyo olish mumkin, uni xayvon va o‘simlik xom ashyolari bilan solishtirib 
bo‘lmaydi. 
Ko‘plab mikroorganizmlarning muxim xususiyatlaridan yana biri ular ozuqa sifatida xar xil 
chiqindilardan foydalanib o‘sish qobiliyatiga egadirlar (sellyuloza, neft uglevodorodlari, metan, 
metanol va boshqalar). Mikroorganizmlar foydalana oladigan ayrim xom-ashyolar odam va 
xayvonlar uchun zaxarlidir. SHunday ekan mikroorganizmlar fermentlar sintez qilish bilan bir 
qatorda, atrof-muxit muxofazasi uchun xam xizmat qiladilar. 
Ayrim fermentlarning sintezlanish miqdori mikroorganizmlar xujayrasida juda yuqori bo‘lishi 
mumkin. Masalan: ribulezobisfosfatkarboksilazaning miqdori ayrim vaqtlarda fototrof 
bakteriyalar sintez qiladigan suvda eriydigan oqsilning 40-60% ni tashkil etadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek ko‘p mikroorganizmlar katta miqdorda kulütural muxitga 
chiqadigan fermentlar Hosil bo’lgan qiladilar. Bu fermentlar asosan oqsil, kraxmal, sellyuloza, 
yog‘larni va boshqa suvda erimaydigan moddalarni parchalaydigan gidrolazalarga ta’luqlidir. Bir 
qancha fermentlar faqat mikroorganizmlardagina uchraydi. Molekula xolidagi azotdan ammiak 
hosil bo’lgan qilishda ishtirok etadigan nitrogenaza fermenti azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan bakteriyalardagina uchrashi aniqlangan. 
Ayrim bakteriyalarning xarakterli xususiyatlaridan yana biri ularning anorganik substratlarni: 
ammiakni, nitritlarni, sulüfid va oltingugurtni boshqa birikmalarini, va shunga o‘xshash ikki 
valentli temirni oksidlash qobiliyatidir. Bunday jarayonlarni amalga oshishi mikroorganizmlarda 
aloxida fermentlarning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bir qancha bakteriyalar va suv o‘tlari 
molekula xolidagi vodorod Hosil bo’lgan qilishi xamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini olib 
boruvchi degidrogenaza fermentlari saqlashi aniqlangan. 
Ko‘pchilik bakteriyalar ularga metan, metanol, metillangan aminlarni, uglerod oksidini va 
boshqa bir xil uglerodli birikmalardan substrat sifatida foydalanib, o‘sish va rivojlanishga 
yordam beradigan fermentlarni sintezlash qobiliyatiga ega. Atrof muxitni, uni ifloslantiruvchi bir 
qancha moddalardan tozalash mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar xisobiga amalga 
oshiriladi, ular plastmassa, pestisidlarni va boshqa zaxarli murakkab birikmalarni oddiy tarkibiy 
qismga parchalab yuboradilar. 

Yüklə 381,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə