va mi’tadilligi xar bir o‘stirilayotgan produsentning fiziologik xususiyatlariga, oziqa muxit tarkibi
va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib, xar bir omil tadqiqot yo‘li bilan aniqlanadi.
O‘sayotgan kulüturani Havo bilan ta’minlash darajasi ko‘pincha o‘stirish usuli va ferment
produsentlarining fiziologiyasi bilan belgilanadi. Bu jarayon asosan uch maqsadni o‘z oldiga
qo‘yadi:
1.
O‘sayotgan mikroorganizmlarni o‘sish va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan kislorod bilan
ta’minlash;
2.
Gaz ko‘rinishidagi moddalar bilan ifloslangan Havoni chiqarib tashlash;
3.
Mikroorganizmlarning o‘sish jarayonida hosil bo’lgan bo‘ladigan issiqlikni qisman bartaraf
qilish yoki chiqarib yuborish.
Mikroorganizmlarni qattiq oziqa muxiti sirtida o‘stirishda vujudga kelgan issiqlikni chiqarish
masalasi katta axamiyatga ega. Shuning uchun mikroskopik zamburug‘larni o‘stirishda ularning
o‘sish bosqichlariga katta e’tibor berish kerak, chunki aynan shu gurux mikroorganizmlar qattiq
oziqa muxiti sirtida o‘stiriladi.
Birinchi gurux - zamburug‘ sporasi yoki konidiyalarini bo‘kishi va rivojlanishidir. Uning
muddati 10-12 soatga cho‘ziladi. Bu bosqich aytarli issiqlik ajralishi bilan kuzatilmaydi va oziqa
muxit komponentlari o‘zgarmaydi.
Oziqa muxiti sirtida po‘panak hosil bo’lgan bo‘lishi bilan ikkinchi bosqich (tropofaza)
miseliyalarning faol o‘sish bosqichi boshlanadi. U odatda 12-40 soat va shu bilan birga oziqa
muxitidagi moddalarni ko‘p miqdorda iste’mol qilishi,
isssiqlik, is gazi va suv ajratishi bilan
davom etadi. Bunda mikroorganizm oziqani miseliyalari bilan to‘liq o‘rab oladi. Aynan mana shu
bosqichda ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va umumiy ajraladigan issiqlikning 75-80% ini tashkil
qiladi.
1 t. kulütura bir soat davomida faol o‘sish bosqichida 7,6 m
3
ga yaqin kislorodni o‘zlashtiradi
yoki havoga bo‘lgan nisbatda esa 36,5 m
3
ni o‘zlashtiradi. Zamburug‘larni mo‘tadil o‘sishi
umumiy havoning sarfi o‘rta xisobda 1 t. kulütura uchun 600-650 m
3
ni tashkil qiladi.
Uchinchi bosqich (idiofaza) kulüturani morfologik va biokimyoviy ixtisoslashishi kuzatiladi,
ya’ni bunda mikroorganizmlar konidiyalarni va ikkilamchi metabolitlarni Hosil bo’lgan qiladilar.
Ushbu bosqichda mikroorganizmlar xujayra tashqarisiga chiqariluvchi fermentlarni Hosil bo’lgan
qiladilar. Bunda o‘stirish xonalarida xaroratni 3-4
0
S ga tushirish va Havo almashtirishni 3-5
martaga kamaytirish zarur.
Mikroorganizmlarni suyuq oziqa muxitlarida o‘stirish davomida xam Havo bilan ta’minlashga
va is gazi bilan ifloslangan Havoni fermentyordan chiqib ketish rejimiga e’tibor berish kerak.
Masalan, bir kulütura xar xil aerasiya sharoitlarida bir xil fermentni xar xil xususiyati bilan Hosil
bo’lgan qilishi mumkin. Umuman olganda Havo bilan ta’minlash mikroorganizmni o‘stirish
jarayonini va ferment Hosil bo’lgan qilishini tezlashtiradi.
O‘stirish davomiyligi xam muxim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u maksimum ferment ishlab
chiqarish samaradorligini belgilaydi. U juda ko‘p omillarga bog‘liq: oziqa muxiti tarkibi va uni
produsentga
uzatish usuli, muxitni Havo bilan ta’minlanganlik darajasi, produsent turi, ferment
xususiyati va boshqalardir. O‘stirish davomiyligi ko‘pincha
produsentning fiziologik
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: