Biometrik pasportni qanday olish mumkin?



Yüklə 40,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.02.2022
ölçüsü40,35 Kb.
#83613
1   2   3   4
Biometrik pasportni qanday olish mumkin (1)

qanday joriy etiladi? – Davlatimiz rahbarining shu yil yil 5 yanvarda qabul qilingan farmoni bilan O’zbekiston Respublikasida pasport tizimi

to’g’risidagi Nizom va O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo’lmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati to’g’risidagi Nizom

tasdiqlandi. Ular biometrik pasport va harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibini belgilaydi. Pasportlarni

almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, ya’ni 2011 yil davomida biometrik pasportlar mamlakatimiz vazirliklari,

idoralari va muassasalari xizmatchilariga, xorijga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga to’lgan yoki

qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa sabablarga ko’ra pasport olayotgan fuqarolarga beriladi. 2012-2015 yillarda esa O’zbekiston

Respublikasining boshqa fuqarolari ham qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasportlarga ega bo’ladi. Amaldagi pasportlar esa butun

pasportlarni almashtirish davrida, ya’ni 2015 yil oxirigacha haqiqiy hisoblanadi. Yangi Nizomga binoan mamlakatimiz hududida ham, uning

tashqarisida ham yashayotgan 16 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportga ega bo’lishi shart. IKAO tavsiyalari inobatga

olingan holda, fuqaro pasporti 10 yil muddatga beriladi. Bundan tashqari, mamlakatimizdan chet davlatlarga chiqmoqchi bo’lgan 16 yoshgacha

bolalarga pasportlar 5 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Ayrim hollarda xorijga chiqayotgan paytda 15 yoshdan oshgan, ammo 16 yoshga

to’lmagan shaxslarga ham O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti berilishi mumkin. Bu, o’z navbatida, bola chet elda paytida uning huquqlari

davlatimiz tomonidan himoyalanishi kafolatini oshiradi. Jahon amaliyotini hisobga olgan holda, O’zbekistonda muntazam yashayotgan, fuqaroligi

bo’lmagan va mamlakatimizdan ketmoqchi bo’layotgan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati 5 yil muddatga beriladi. Ularning farzandlariga

ham mamlakatimizdan chiqish paytida shunday hujjat beriladi. – Yangi pasportlarni olish tartibi qanday? – Fuqarolar biometrik pasport olish

uchun o’zlari doimiy yashab kelayotgan joydagi hujjatlarni yig’ish punktlariga, ya’ni ichki ishlar organlarining xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni

rasmiylashtirish bo’linmalariga murojaat qilishlari mumkin. Ular buning uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan maxsus shakldagi

anketa-arizani to’ldirishi va unga shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat – amaldagi pasporti yoki birinchi marta olayotganlar tug’ilganligi haqida

guvohnomani ilova qilishi kerak. Biografik va biometrik ma’lumotlarni hujjatlarni yig’ish punktida ishlaydigan operator to’playdi, bunda

fuqaroning barmoqlari izi olinadi va raqamli fotosuratga tushiriladi. Ushbu barcha ma’lumotlar asosida elektron ariza tayyorlanib, maxsus

elektron tarmoq orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi. Bu yerda

jo’natilgan elektron arizalardan kelib chiqib, hujjatlar grafik va elektron personallashtiriladi, ya’ni biografik ma’lumotlar pasportni vizual

tekshirish zonasiga, biografik va biometrik axborot esa chipga kiritiladi. Ta’kidlash kerakki, biometrik pasportlar eng zamonaviy axborot

texnologiyalari asosida tayyorlanadi va barcha xalqaro standartlarga to’liq javob beradi. To’ldirilgan hujjatlar hududiy yig’ish punktlariga maxsus

pochta vositalari orqali yetkaziladi. Pasport faqat verifikatsiya jarayoni, ya’ni egasining biometrik parametrlari hujjatga tushirilgan ma’lumotlarga

mosligi kompyuterda tekshirilgandan so’nggina beriladi. – Yangi namunadagi pasport amaldagi pasportdan elektron chipdan tashqari




Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə