Biosfera va ekologiya tushunchalarini shakllantrish metodikasi Reja



Yüklə 32,23 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü32,23 Kb.
#165947
1   2   3
Biosfera va ekologiya tushunchalarini shakllantrish metodikasi R-fayllar.org (1)

Tabiatni muhofaza qilish
SNGda o‘simlik olami ya’ni florasi( flora bu o‘simlik olami so‘zidan iborat) 19 ming turdan iborat. O‘zbekistonda esa 4148 turga yetadi. Ularning orasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va meditsinada katta axamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklar tashkil etadi.
O‘simliksiz hayot yer yuzida bo‘lmagan bo‘lar edi.Odamlarning va hayvonlarning hayoti o‘simliklarga bog‘liq. masalan, nafas olishimiz va ovqatlanishimiz xam o‘simliklarga bog‘liq. O‘simliklar hayvoni O 42 0 bilan boyitib turadi, SO 42 0 gazini kamaytirib turadi. Oziq ovqat o‘simliklariga bug‘doy, arpa, makkajo‘xori , tariq, suli, sholi, mosh, loviya, no‘xat, kungaboqar, yeryong‘oq, zig‘ir, kunjut, g‘o‘za. Zig‘ir bilan g‘o‘zani oziq-ovqat hamda texnika o‘simliklariga kiritiladi. Dorivor o‘simliklarga kanakunjut, shaftoli, makkajo‘xori, yalpiz, mavrak, qora zira, archa (kubba preparatlari siydik xaydovchi, siydik yo‘llarini dizinfeksiya qiluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi xamda ovqat xazm qilish protsessini yaxshilaydi). Valerina, qarag‘ay kurtagi (archa qubbasiga o‘xshash, bargi singa kasalligini davolashda ishlatiladi), Kamfora daraxti, arpabodiyon bu o‘simliklarning mevasi va moyi ishlatiladi. Mevasi va moyi meditsinada bronxit kassaligida balg‘am ko‘chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, yel xaydovchi dori sifatida ishlatiladi. Moychechak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda va genekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi,og‘iz tamoq chayqashda shifobaxsht vanna tayyorlashda ishlatiladi), qora andiz balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida hamda meda va ichak kasalliklarida ishlatiladi, ermon ishtaxa ochadigan va ovqat xazm qilishni yaxshilaydigan xamda jigar, o‘t pufagi va gastirit kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bo‘ymadaron me’da - ichak kasalliklarini va qon to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Gulxayri, zupturum, gorchisa(xantal), achchiq bodom, achchiq bodom suvi bemorni tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dori, chuchuk bodom urug‘i ich yumshatuvchi emulsiya tayyorlashda ishlatiladi. Qoqio‘t ishtaxa ochuvchi, o‘t xaydovchi dori sifatida ishlatiladi, sanbit gul xonalarda o‘stiriladi, yurak-kasalligida, nashasimon kendir, adoniz, marvaridgul, erizimum, angishvona gul-jenshen aqliy va jismoniy jixatdan charchaganda,mexnat qobiliyati susayganda, qon bosimi pasayganda organizmning umumiy tonusini ko‘taruvchi dori sifatida ishlatiladi. Araliya, eluterokokk, xitoy limonnigi levzeya. Exinopanaks bular jenshenga o‘xshash ishlatiladi.
Serquyosh o‘lkamiz shifobaxsht o‘simliklarga boy. Muqaddas tuprog‘imizdagi xar bir giyex mo‘jiza, inson dardiga davo, umriga umr qo‘shadi. Biz ana shu giyohlarni yanada ko‘paytirish uchun qayg‘urishimiz kerak, zeroki bu giyohlar dardimizga davo, o‘lkamiz xusni.
Siz meditsina xodimlari shifobaxsh o‘simliklarni kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymang, ularni ko‘paytirish uchun yordam bering, qaysi vaqtda o‘simlikni yig‘ishni o‘zingiz bilib oling va boshqalarga o‘rgating.
Hayvonlardan olinadigan dorivor maxsulotlar ustida tuxtalib o‘tmoqchiman.
Ilon zahari.
O‘rta Osiyoda zaharli ilonlardan kqobra, ko‘lvor ilon (gyurza),charx ilon (efa), cho‘l qora iloni (gadyuka) uchraydi.
Kobraning tashqi ko‘rinishi yirik chipor ilonga o‘xshab ketadi. Kobra Xindistonda keng tarqalgan o‘tkir zaharli ko‘zoynakli ilonning kenja turidan biridir. Lekin u bo‘ynida ko‘zoynak rasmi bo‘lmasligidan va boshqa belgilaridan ko‘zoynakli ilondan farq qiladi. Kobra zaharli ilonlar ichida yiriklaridan biri xisoblanadi. Bo‘yining uzunligi 1,8 metrga yetadi.
Ko‘lvor ilon zaharli ilonlar orasida eng yirigi. Bo‘yining uzunligi 2 metrga yetadi.Tanasining usti jigar rang yoki to‘q kulrang tusda, qorin tomon oq bo‘lib juda ko‘p qora halqachalari bor.
Cho‘l qora iloni. Bo‘yining uzunligi 60 sm ga yetadi. Boshi uchburchak - yumaloq shaklda. Tanasining usti to‘q kulrang, xar xil shakldagi qoramtir dog‘lar bilan qoplangan. Dumi kalta, uchli bo‘ladi.
Charx ilon . O‘zining serxarakatligi bilan boshqa zaharli ilonlardan farq qiladi. Buyining uzunligi 70 sm gacha bo‘ladi. yuqoridan uchib ketayotgan qush shaklini eslatuvchi och rangli belgi bor.
Toshkent, Bishkek va boshqa shaxarlarda zaharli ilonlardan zahar olish maqsadida maxsus ilonxonalar tashkil etilgan. Bunday ilonxonalarda ayniqsa, ko‘lvorilon ko‘p boqiladi.Chunki bu ilon boshqa zaharli ilonlarga qaraganda ancha chidamli, tutqunlikda uzoqroq yashay oladi. va boshqalardan ko‘proq zahar beradi.
Kobra zahari birinchi navbatda nafas markazini,so‘ngra markaziy nerv sistemasini ishdan chiqarsa, ko‘lvorilon va charxilon zahari esa qonni ivitadi, qondagi qizil qon tanachalarini parchalaydi.
Ilonlarga tegilmasa ular ham tegmaydi.Ular yashirinishga harakat qiladi. Agar ko‘lvor ilonni bosib olinsa u qo‘qisdan xujum boshlab, yuqoriga uzun tishlari bilan yashin tezligida xuddi nayza urganday zarba beradi. Kulvor ilonning chaqishidan qush yoki hayvon 5-6 sekunga yetmay halok bo‘ladi. Agar tezda zaruriy tibbiy chora ko‘rilmasa, ko‘lvor ilon zahariga qarshi ishlatiladigan zardob qabul qildirilmasa, odam ham 4-5 soat o‘tgach halok bo‘ladi.
Ilon zaharini shisha idishlarga tishlatib yig‘ib olinadi.
Ilon zaharidan ilon chaqqanda zaharini kesadigan zardob ishlab chiqariladi. Meditsinada ilon zaharidan tayyorlangan preparatlar, artrit va turli og‘riqlar (belda paydo bo‘ladigan og‘riq, kuo‘ymich nervni yallig‘lanishi tufayli paydo bo‘ladigan og‘riq), nevralgiya, poliartrit, nafas qisishi, tromboz (qonning ivib qolishi) va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Ilondan zahar olish maqsadida 3000 ga yaqin zaharli ilon tutiladi. Lekin xalqimiz orasida surilib kelayotgan noto‘g‘ri tushunchalar meditsinada katta foyda keltirayotganidan xabarsizligi natijasida zaharli ilonlar bexudaga o‘ldirilmoqda. Siz meditsina xodimlari xalq orasida ilonlardan dorivor moddalarni shifobaxsh xususiyatlarini tushuntirishingiz lozim.
Zaharli ilonlarni yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘rta Osiyoda tog‘ o‘rmonlari va butazorlar kesilib ketdi. Yong‘oqzor va archazor maydonlari kamayib ketdi. Qimmatli pista ko‘mir olinadigan pistazorlar deyarli yo‘q qilib yuborildi.Tog‘lardagi daraxtzor va butazorlarning yo‘q qilinishi tog‘larning yemirilishiga sabab bo‘ldi. Qumlardagi tabiiy o‘simlik qoplamini yo‘q qilinishi qumlarning tarqalishi xamda qishloqlar va ekin dalalari, ariq va yo‘llarni bosadigan ko‘chma qum barxanlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Zo‘r berib ishlatilishi tufayli xom ashyo, dorivor yoki ovqat sifatida axamiyatga ega bo‘lgan ba’zi turlari yoki ularning zonasi kamayib ketgan(chuchuk miya, yersovun, anzur piyozi, qirqqovuq, itoron, chuxra va boshqalar).
Keyingi vaqtlarda tabiatni muxofaza qilish Davlat Komiteti tashkil qilindi.
Chiqarilgan qonunlarga asosan ayrim qimmatli daraxtlardan iborat o‘rmonlar himoya qilinadi. Yo‘qolib borayotgan nodir daraxtlar o‘sadigan maydonlar ham muxofaza qilinadi. O‘rmonlarni qayta tiklash yangi o‘rmonlar yaratish, yirik shaxarlar atrofida o‘rmon-bog‘ zonalari barpo qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘q bo‘lib ketayotgan o‘simlik turlari qizil kitobga yoziladi.
QIZIL KITOB TO‘G`RISIDA
Tabiatni muxofaza qilish,o‘simlik dunyosini hayvonot dunyosi bilan birga saqlashda qo‘riqxonalar muxim rol o‘ynaydi.
Qo‘riqxonalardan barcha tabiiy kompleks shundayligicha saqlanadi.Ularning territoriyasidagi daraxt va butalarni kesish,pichan tayyorlash, mol boqish, baliq va boshqa hayvon va qushlarni ovlash, meva va boshqa narsalarni yig‘ish taqiqlanadi. Davlat qo‘riqxonalarining asosiy vazifasi mazkur tabiat zonasi uchun tipik bo‘lgan zonani tabiyligicha saqlash va undagi o‘simlik, hayvon va qushlarni o‘rganishidir. Bu yerda qimmatli hayvon va o‘simliklar sonini tiklash bo‘yicha ulkan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Mashxur bo‘lgan qo‘riqxonalardan O‘rta Osiyeda qoraqum cho‘lida Repetek qo‘riqxonasidir. Orol dengizining cho‘l orolida Borsakelmas qo‘riqxonasi maydoni 18,5 ming Amudaryo orolidagi Payg‘ambar orol qo‘riqxonasi Tyan-Shan Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi, Sari-Chelak qo‘riqxonasi. Jizzax oblastida Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi.
Ekologik tarbiya berishda xalq og`zaki ijodidan foydalanish
Atrof muhit muvozanati va tabiat xolatidagi muvofiqliklar inson hayotining maromini belgilaydi. Insonning hayot maromini esa uni manaviyati belgilaydi. Manaviyati yuksak bo’lgan shaxsdagina ekologik ong va ekologik madaniyat shakllangan bo’ladi.
O’sib kelayotgan yoshlarga ekologik tarbiya berishda xalq og`zaki ijodidan foydalanish yaxshi natajalar beradi.
Inson va tabiat - so’z san’atining eng qadimiy va hamisha navqiron mavzusidir. Ona tabiat o’zining ko’rki, tarovati, noz – ne’matlari, sahovati bilan insonni doimo xayratga solib kelgan.
O’zbek xalqining tabiat va inson munosabati o’zaro aloqasi tabiatning sahovati-yu, insonni tabiatga mehr - muhabbati xalq og`zaki ijodi folklor asarlarida chuqur aks ettirilgan. Chunki xalqimiz tabiatdan alohida yashay olmasligini, undagi har bir giyoh, dovu – daraxt, gul – gulzor, xashoratlar-u — parrandalar, qushlar-u – ha`vonlar o’zlarining hayot kechirishlarida sog`lom bo’lishlarida ularni muhim rol o’ynashini tushinib etganlar. Shu boisdan foydalilarini ko’paytirishga, zararlilarni kamaytirishga intilgan.
Xalq o’z e’tiqodida tuproqni muqaddas bilish, o’tga, suvga ixlos bilan qarash tog` – toshlarini avaylab – asrash, qushlarni, ha`vonlarni urmaslik bog` - rog`larni payxon qilmaslikka katta etibor qaratgan va shularni farzandlari ongiga, ruhiga, qalbiga singdirishgan.
O’zbek xalqida tabiat va inson munosabatlari tabiatning inson kamolotida tutgan marifiy — tarbiyaviy ahamiyati aks etgan og`zaki ijod namunalari beqiyosdir.
Bularga dostonlar, ertaklar, qo’shiqlar, maqollar, topishmoqlar kabi asarlar kiradi.
Tabiatning inson taqdirida tutgan o’rni aks etgan og`zaki ijod asarlari ko’magida aql - idrok bilan ish yuritish tabiatdagi har bir daraxt, har bir giyoh, har bir toshning o’z o’rni va vazifasi borligi ularga nopisandlik bilan qarash muhit halokatlarga olib kelishini uqtiradi.
O’sib kelayotgan yoshlarga ekologik tarbiya berishda tabiat bilan bog`liq bo’lgan marosim va bayramlardan foydalanish muhimdir. Bular sarasiga:
1. Bahor mavsumiga aloqador: Navro’z, Ish boshi, Urug` qadash, Lola sayli, Qizil gul, Boychechak kabi bayram sayillari.
2. Yoz mavsumiga oid: Tut sayli, Shinni sayli, Qulipnay sayli, Suv sayli, Ko’kat sayli, Sust xotin marosimlari kiradi.
3. Kuz mavsumiga aloqador: Mehrjon, Qovun sayli, Shamol chaqirish, Yomg`ir chaqirish, marosimi va boshqa hosil bayramlari kiradi.
4. Qish mavsumiga oid: Birinchi qor, Qor xati, Laylak qorga men humor kabi bayramlari kiradi.
Yuqorida keltirilgan bayramlar va marosimlarni tabiat qo’ynida o’tkazish orqali yoshlar ongiga tabiatni asrash va unga nisbatan to’g`ri munosabatda bo’lish kabi bilimlar singdirib boriladi.
Xalq og`zaki ijodi namunalarida va tabiatga oid qadriyatlarda quydagi g`oyalar ilgari suriladi.
1. Tabiatni e’zozlash, saqlash, asrash, unga qo’l ko’tarmaslik.
2. Tabiat go’zalligi, tarovat va sahovatini e’zozlash.
3. Tabiat va inson muvozanatini saqlab turish.
4. Tabiat sahovatidan foydalanish, uni suiste’mol qilmaslik
5. Tabiat go’zalligi tabiiyligini buzmasdan u aВВal qanday bo’lsa shundayligicha kelgusi avlodga etkazish.
6. Tabiatdagi barcha jonli va jonsiz narsalar faqat inson uchun yaratilganligi, uning ravnaqi uchun xizmat qilishi ana shu narsalarni xor qilgan, albatta xorlik — zorlik tortishini ko’rsatishdir.
Ana shunday xalqchil va insonparvar g`oyalarni yoshlar ongiga singdirishda tarbiyachilar, o’qituvchi pedagoglar o’quv tarbiyaviy jarayonlarni to’g`ri tashkil etishlari va ekologik tarbiya berish jarayonining samaradorligini oshirishlari g`oyat muhimdir.

1



http://fayllar.org
Yüklə 32,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə